Begona yurtlarda farishta yuzni
Tushda ham ko'rmadim hatto bir bora
Har kungidan ko'proq, har kuni sizni
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona
Ishdan kelganimda sovuq devorlar
Go'yoki " uf " tortib tirishib chorlar
Qo'limda qalamim, dilimda zorlar
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona
Qiynalaman aytmoq uchun bu so'zni
Uyalaman yoshga bermoqqa ko'zni
Lek tong saxar yopgan nonlaringizni
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona
Taqdirda bor ekan deya yuribman
Shu bilan o'zimni aldab turibman
Kunda ming xil bo'lib yashab yuribman
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona.
Shaxar nurga to'la, ichim bechiroq
Chunki men onamdan olisman, uzoq
Sizni har kun, har on hammadan ko'proq
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona..
SheRaLiYeV
Tushda ham ko'rmadim hatto bir bora
Har kungidan ko'proq, har kuni sizni
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona
Ishdan kelganimda sovuq devorlar
Go'yoki " uf " tortib tirishib chorlar
Qo'limda qalamim, dilimda zorlar
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona
Qiynalaman aytmoq uchun bu so'zni
Uyalaman yoshga bermoqqa ko'zni
Lek tong saxar yopgan nonlaringizni
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona
Taqdirda bor ekan deya yuribman
Shu bilan o'zimni aldab turibman
Kunda ming xil bo'lib yashab yuribman
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona.
Shaxar nurga to'la, ichim bechiroq
Chunki men onamdan olisman, uzoq
Sizni har kun, har on hammadan ko'proq
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona..
SheRaLiYeV
Yigit boshing egilib qolar,
Do'st eshigi bekilib qolar,
Minnatli osh tiqilib qolar,
Cho'ntagingda puling bo'lmasa
Yaqinlaring yo'qlay olmaysan,
Ko'nglingni hech to'qlay olmaysan,
Kechasi tinch uxlay olmaysan,
Cho'ntagingda puling bo'lmasa
Bolang yoshlik gashtin surmaydi,
G'am tashvishsiz o'ynab yurmaydi,
Hozir it ham qarab qo'ymaydi
Cho'ntagingda puling bo'lmasa
Erta tushar yuzingga ajin,
Kasalsanu olmagaysan tin,
Topolmaysan birorta do'st chin
Cho'ntagingda puling bo'lmasa
Ketmaydi hech ko'ngling qadog'i
Ortib borar yuraging dog'i,
Ko'payadi sochingni oqi
Cho'ntagingda puling bo'lmasa
Sheraliyev
Do'st eshigi bekilib qolar,
Minnatli osh tiqilib qolar,
Cho'ntagingda puling bo'lmasa
Yaqinlaring yo'qlay olmaysan,
Ko'nglingni hech to'qlay olmaysan,
Kechasi tinch uxlay olmaysan,
Cho'ntagingda puling bo'lmasa
Bolang yoshlik gashtin surmaydi,
G'am tashvishsiz o'ynab yurmaydi,
Hozir it ham qarab qo'ymaydi
Cho'ntagingda puling bo'lmasa
Erta tushar yuzingga ajin,
Kasalsanu olmagaysan tin,
Topolmaysan birorta do'st chin
Cho'ntagingda puling bo'lmasa
Ketmaydi hech ko'ngling qadog'i
Ortib borar yuraging dog'i,
Ko'payadi sochingni oqi
Cho'ntagingda puling bo'lmasa
Sheraliyev
Bunchalar sho'r mening peshonam
Tuz chiqadi, agar silasam
Bir kun kelib olib bag'riga
Yer qiynalar ,xattoki o'lsam!
Onam yig'lab ko'yidi ming bor
Janatlardan bo'lib umidvor
Men bir nodon,dunyo ishqida
Bosh egmabman, sajdaga bir bor
Ko'p sanadim topgan pulimni
O'ylamabman, ketar yo'limni
Oz vaqt topib, bukib, belimni
Bosh egmabman, sajdaga bir bor
Shukur aytib ,taxorat olib
Allohimga yuragim yorib
Xar juma kun ,masjidga borib
Bosh egmabman ,sajdaga bir bor
Ko'zlarim ko'r, yashabman goyo.
Shayton tomon boqibman qiyo
Menga azob, endi U dunyo
Bosh egmabman, sajdaga bir bor
Xar kun turib, namozga shoshib
Xar qadamga, qadamlar qo'shib
Yoshim yigirmadan ham oshib
Bosh egmabman, sajdaga bir bor
Turli tuman ,rejalar tuzdim,
Erta deya, indinga cho'zdim
O'ylab ko'rsam be namoz yurdim
Bosh egmabman ,sajdaga bir bor...
SheRaLiYeV
Tuz chiqadi, agar silasam
Bir kun kelib olib bag'riga
Yer qiynalar ,xattoki o'lsam!
Onam yig'lab ko'yidi ming bor
Janatlardan bo'lib umidvor
Men bir nodon,dunyo ishqida
Bosh egmabman, sajdaga bir bor
Ko'p sanadim topgan pulimni
O'ylamabman, ketar yo'limni
Oz vaqt topib, bukib, belimni
Bosh egmabman, sajdaga bir bor
Shukur aytib ,taxorat olib
Allohimga yuragim yorib
Xar juma kun ,masjidga borib
Bosh egmabman ,sajdaga bir bor
Ko'zlarim ko'r, yashabman goyo.
Shayton tomon boqibman qiyo
Menga azob, endi U dunyo
Bosh egmabman, sajdaga bir bor
Xar kun turib, namozga shoshib
Xar qadamga, qadamlar qo'shib
Yoshim yigirmadan ham oshib
Bosh egmabman, sajdaga bir bor
Turli tuman ,rejalar tuzdim,
Erta deya, indinga cho'zdim
O'ylab ko'rsam be namoz yurdim
Bosh egmabman ,sajdaga bir bor...
SheRaLiYeV
Ko'nglim dardi o'zimga yetar
Shamollar xam qarshi esmoqda
Bu kunlar ham o'tadi ketar
Uyda Onam meni kutmoqda!
Yo'qligimida zorlanib kutgan
Dilimga bir alam botmoqda
O'zi yemay borini tutgan
Uyda Onam meni kutmoqda!
Dardlarimni kimga aytayin
Bugun Xasan alam yutmoqda
Bog'dodimga tezroq qaytayin
Uyda Onam meni kutmoqda!
Do'st bilganim begona bo'ldi
Xatto soyam nari ketmoqda
Telefon qilsam kel der ho'rsinib
Uyda Onam meni kutmoqda
Sog'indim men sizni Onajon
Masofalar yo'lim to'smoqda
Duosidan gullagan chaman
Uyda Onam meni kutmoqda!
SheRaliYeV
Shamollar xam qarshi esmoqda
Bu kunlar ham o'tadi ketar
Uyda Onam meni kutmoqda!
Yo'qligimida zorlanib kutgan
Dilimga bir alam botmoqda
O'zi yemay borini tutgan
Uyda Onam meni kutmoqda!
Dardlarimni kimga aytayin
Bugun Xasan alam yutmoqda
Bog'dodimga tezroq qaytayin
Uyda Onam meni kutmoqda!
Do'st bilganim begona bo'ldi
Xatto soyam nari ketmoqda
Telefon qilsam kel der ho'rsinib
Uyda Onam meni kutmoqda
Sog'indim men sizni Onajon
Masofalar yo'lim to'smoqda
Duosidan gullagan chaman
Uyda Onam meni kutmoqda!
SheRaliYeV
Goh omadim kelmay qolganda,
Goho qo'lim kalta bo'lganda,
Yurakka qil sig'may turganda,!
G'iybatimni qilishar takror,
Odamlarning nima ishi bor?
Tosh otsalar to'sib yo'limni,
Men duoga ochdim qo'limni,
Ming o'ksitib o'ksik dilimni,
Topdilarmi yo foyda biror,
Odamlarning nima ishi bor?
O'zi nechun dunyoga keldim,
Dard, alamga, baloga qoldim,
Yomonlarni xudoga soldim,
Shudir axir so'nggi bir qaror,
Odamlarning nima ishi bor?
Sal porlasang ko'rolmasalar,
Yiqilsangchi, berolmasalar,
Yo chin do'sting bo'lolmasalar,
Ortimdagi gaplari bekor,
Odamlarning nima ishi bor?
Cho'ntagingda puling bormi do'st,
Omad qushi doim yormi do'st,
Bu dunyoning senga yarmi do'st,
Bir kuningga kelmasalar kor,
Odamlarning nima ishi bor?
Bu so'zlarim boshimga balo,
Bo'lsa afsus chekmayman hatto,
G'iybatlashar qolmaptiku or
Odamlarning nima ishi bor?
Bilmadim bu qanday zamondir,
Yomon hamma joyda yomondir,
Ko'plar inson sifat hayvondir,
Sizga nima Xasan nega zor
Odamlarning nima ishing bor?
SheRaliYeV
Goho qo'lim kalta bo'lganda,
Yurakka qil sig'may turganda,!
G'iybatimni qilishar takror,
Odamlarning nima ishi bor?
Tosh otsalar to'sib yo'limni,
Men duoga ochdim qo'limni,
Ming o'ksitib o'ksik dilimni,
Topdilarmi yo foyda biror,
Odamlarning nima ishi bor?
O'zi nechun dunyoga keldim,
Dard, alamga, baloga qoldim,
Yomonlarni xudoga soldim,
Shudir axir so'nggi bir qaror,
Odamlarning nima ishi bor?
Sal porlasang ko'rolmasalar,
Yiqilsangchi, berolmasalar,
Yo chin do'sting bo'lolmasalar,
Ortimdagi gaplari bekor,
Odamlarning nima ishi bor?
Cho'ntagingda puling bormi do'st,
Omad qushi doim yormi do'st,
Bu dunyoning senga yarmi do'st,
Bir kuningga kelmasalar kor,
Odamlarning nima ishi bor?
Bu so'zlarim boshimga balo,
Bo'lsa afsus chekmayman hatto,
G'iybatlashar qolmaptiku or
Odamlarning nima ishi bor?
Bilmadim bu qanday zamondir,
Yomon hamma joyda yomondir,
Ko'plar inson sifat hayvondir,
Sizga nima Xasan nega zor
Odamlarning nima ishing bor?
SheRaliYeV
Xudo qalam yaratib azal
So'ng taqdirni yozdirdi jadal
Yozilgandi sizni sevishim
Dunyo yaralmasidan avval..!
Xushimdan ayirgan xushfe'lim
Gaplarimni eshiting siz jim
Ming Romeo bo'lsa ham sizni
Xasanjondek sevolmas hech kim..!
Borliqqa rang bergan jilosiz
Hayotimsiz dilda siymosiz
Balki sizga hech kim emasman
Siz men uchun butun dunyosiz!
SheRaliYeV
So'ng taqdirni yozdirdi jadal
Yozilgandi sizni sevishim
Dunyo yaralmasidan avval..!
Xushimdan ayirgan xushfe'lim
Gaplarimni eshiting siz jim
Ming Romeo bo'lsa ham sizni
Xasanjondek sevolmas hech kim..!
Borliqqa rang bergan jilosiz
Hayotimsiz dilda siymosiz
Balki sizga hech kim emasman
Siz men uchun butun dunyosiz!
SheRaliYeV
Barcha alamlarni ichga etib jam
Menga g'azab-toshlar otolmaysan sen
Meni yomonlardan yomon desang ham
Mendan yaxshisini topolmaysan sen
Ayro ketarman deb urunma ey yor,
Axir bu taqdirdan qocholmaysan sen
Bo'lsa ham dunyoda yaxshilar bisyor
Mendan yaxshisini topolmaysan sen..!
SheRaLiYeV
Menga g'azab-toshlar otolmaysan sen
Meni yomonlardan yomon desang ham
Mendan yaxshisini topolmaysan sen
Ayro ketarman deb urunma ey yor,
Axir bu taqdirdan qocholmaysan sen
Bo'lsa ham dunyoda yaxshilar bisyor
Mendan yaxshisini topolmaysan sen..!
SheRaLiYeV
Boshimda ming g'avg'o yurakda hasrat
Dardimni tinglamas hattoki falak
Oldimda ishongan odam ko'p lekin
Chin do'stim yo'q ekan Onamdan bo'lak
Atrofimda to'la soxta do'stlarim
Barchasi men uchun chox qazib halak
Men dunyoga kelib angladim shuni
Chin do'stim yo'q ekan Onamdan bo'lak
Sevgiyu muhabbat yoki boshqasi
Bularning barchasi men uchun ertak
Ko'rdim men do'stlarning qancha-qanchasi
Chin do'stim yo'q ekan Onamdan bo'lak
Ona siz sirdoshim nurli quyoshim
Mehringiz menga suv havodek kerak
Bugun devorlarga urildi boshim
Chin do'stim yo'q ekan Onamdan bo'lak
Men har doim ko'cha tomon yugurdim
Atrofimga soxta do'stlarni yig'dim
S'ng o'zim ularga bo'ldim bir ermak
Chin do'stim yo'q ekan Onamdan bo'lak...
SheRaLiYeV
Dardimni tinglamas hattoki falak
Oldimda ishongan odam ko'p lekin
Chin do'stim yo'q ekan Onamdan bo'lak
Atrofimda to'la soxta do'stlarim
Barchasi men uchun chox qazib halak
Men dunyoga kelib angladim shuni
Chin do'stim yo'q ekan Onamdan bo'lak
Sevgiyu muhabbat yoki boshqasi
Bularning barchasi men uchun ertak
Ko'rdim men do'stlarning qancha-qanchasi
Chin do'stim yo'q ekan Onamdan bo'lak
Ona siz sirdoshim nurli quyoshim
Mehringiz menga suv havodek kerak
Bugun devorlarga urildi boshim
Chin do'stim yo'q ekan Onamdan bo'lak
Men har doim ko'cha tomon yugurdim
Atrofimga soxta do'stlarni yig'dim
S'ng o'zim ularga bo'ldim bir ermak
Chin do'stim yo'q ekan Onamdan bo'lak...
SheRaLiYeV
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Muhammad Yusufning shu mavzudagi she'rini o'qib..
Sig'may qoldik yeru osmonga
Dilni otdik dardli ummonga
Ex kunimiz qoldi yomonga
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Topganimiz faqat dard bo'ldi
Olganimiz qalbga dard bo'ldi
Essiz sevgim juvarmak bo'ldi
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Ko'zda yoshim ko'ylagim yuvdi
Dard tugmasi tomog'im bo'g'di
Ikkimizni keng dunyo quvdi
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Bizga qarab turganmi ozor
Sanamlarning ig'vosi bekor
Endi bizni kutar lolazor
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Qo'y eslama endi u qizni
U sindirdi bizdagi dilni
Unitaylik o'sha ko'ngilni
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Yakka ketish men uchun qiyin
Sensiz ketsam o'lmog'im tayin
Ko'p siqilma bu dunyo o'yin
Yur muhabbat ketdik bu yerdan..
SheRaLiYeV
Muhammad Yusufning shu mavzudagi she'rini o'qib..
Sig'may qoldik yeru osmonga
Dilni otdik dardli ummonga
Ex kunimiz qoldi yomonga
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Topganimiz faqat dard bo'ldi
Olganimiz qalbga dard bo'ldi
Essiz sevgim juvarmak bo'ldi
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Ko'zda yoshim ko'ylagim yuvdi
Dard tugmasi tomog'im bo'g'di
Ikkimizni keng dunyo quvdi
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Bizga qarab turganmi ozor
Sanamlarning ig'vosi bekor
Endi bizni kutar lolazor
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Qo'y eslama endi u qizni
U sindirdi bizdagi dilni
Unitaylik o'sha ko'ngilni
Yur muhabbat ketdik bu yerdan
Yakka ketish men uchun qiyin
Sensiz ketsam o'lmog'im tayin
Ko'p siqilma bu dunyo o'yin
Yur muhabbat ketdik bu yerdan..
SheRaLiYeV
O'zga yurtda shoh bo'lguncha,
O'z yurtingda gado bo'l,do'stim.
So'zlarimni unutmagin sen,
Rossiyaga kelmagin, do'stim.
Yosh umringni hazon qiladi,
O'n sakkiz yoshingda qari qiladi
Ruslar seni pastga uradi
Rossiyaga kelmagin, do'stim.
She'rim kimdir safsatada der
Yolg'on gapi kim bu o'zi der
Yolg'on bo'lsa meni yutsin yer
Rossiyaga kelmagin do'stim.
Odamlar ko'p tulkidan o'tar,
Yo'ldan urar, shaytondan battar.
O'zbek xatto bir-birin sotar,
Rossiyaga kelmagin do'stim.
Kelding ishga ko'mib tashlaydi,
Hatto suv sho'r ichib bo'lmaydi
O'qigin o'qishga bari yetmaydi
Rossiyaga kelmagin do'stim
Pul deb ko'plar tomdan ham tashlar,
O'zbek tojik bir birin mushtlar
Yosh boshinga solma tashvishlar
Rossiyaga kelmagin do'stim.
Yomon kunda chiqar nomardlar,
Sog'inchlardan o'tmas muddatlar.
Mehr ol topilmas Ota-Onalar
Rossiyaga kelmagin do'stim.
Yaxshini ham yomon qiladi
Pul deb inson nelar qiladi
Xasan senga shuni aytadi
Rossiyaga kelmagin, do'stim.
Gaplarim haqiqat ko'z yumib yurma,
Kech bo'lganda pushaymon bo'lma.
Yosh boshinga g'avg'olar solma
Rossiyaga kelmagin, do'stim.
O'z yurtingda ozod yurgin sen,
Tinchliginga shukr qilgin sen.
Bu yerlarni havas qilma sen,
Rossiyaga kelmagin, do'stim...
SheRaliYeV
O'z yurtingda gado bo'l,do'stim.
So'zlarimni unutmagin sen,
Rossiyaga kelmagin, do'stim.
Yosh umringni hazon qiladi,
O'n sakkiz yoshingda qari qiladi
Ruslar seni pastga uradi
Rossiyaga kelmagin, do'stim.
She'rim kimdir safsatada der
Yolg'on gapi kim bu o'zi der
Yolg'on bo'lsa meni yutsin yer
Rossiyaga kelmagin do'stim.
Odamlar ko'p tulkidan o'tar,
Yo'ldan urar, shaytondan battar.
O'zbek xatto bir-birin sotar,
Rossiyaga kelmagin do'stim.
Kelding ishga ko'mib tashlaydi,
Hatto suv sho'r ichib bo'lmaydi
O'qigin o'qishga bari yetmaydi
Rossiyaga kelmagin do'stim
Pul deb ko'plar tomdan ham tashlar,
O'zbek tojik bir birin mushtlar
Yosh boshinga solma tashvishlar
Rossiyaga kelmagin do'stim.
Yomon kunda chiqar nomardlar,
Sog'inchlardan o'tmas muddatlar.
Mehr ol topilmas Ota-Onalar
Rossiyaga kelmagin do'stim.
Yaxshini ham yomon qiladi
Pul deb inson nelar qiladi
Xasan senga shuni aytadi
Rossiyaga kelmagin, do'stim.
Gaplarim haqiqat ko'z yumib yurma,
Kech bo'lganda pushaymon bo'lma.
Yosh boshinga g'avg'olar solma
Rossiyaga kelmagin, do'stim.
O'z yurtingda ozod yurgin sen,
Tinchliginga shukr qilgin sen.
Bu yerlarni havas qilma sen,
Rossiyaga kelmagin, do'stim...
SheRaliYeV
Tutashmadi taqdirimiz ham
Hayot ekan aslida bir kam
Jonim ko'zing qilma sira nam
Qayda bo'lma sog'-omon bo'lgin
Yor yonida oydayin to'lgan
Ota-Ona so'ziga ko'ngan
Menga endi begona bo'lgan
Qayda bo'lma sog'-omon bo'lgin
Muhabbatga tekkanmi qarg'ish
Nahot endi bizlar notanish
Senga ortiq bo'lmasman tashvish
Qayda bo'lma sog'-omon bo'lgin
Achinma men xasta zoringa
Yarolmadim biror koringa
Shukur deyman asli boringa
Qayda bo'lma sog'-omon bo'lgin...
SheRaLiYeV
Hayot ekan aslida bir kam
Jonim ko'zing qilma sira nam
Qayda bo'lma sog'-omon bo'lgin
Yor yonida oydayin to'lgan
Ota-Ona so'ziga ko'ngan
Menga endi begona bo'lgan
Qayda bo'lma sog'-omon bo'lgin
Muhabbatga tekkanmi qarg'ish
Nahot endi bizlar notanish
Senga ortiq bo'lmasman tashvish
Qayda bo'lma sog'-omon bo'lgin
Achinma men xasta zoringa
Yarolmadim biror koringa
Shukur deyman asli boringa
Qayda bo'lma sog'-omon bo'lgin...
SheRaLiYeV
Sen meni sog'inmay yasha mayliga,
Hijron girdobiga tashla mayliga,
Ortimdan har xil gap tarqat mayliga
Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi.
Ko'z ochib bir meni ko'rishing shartmas,
Men deya hayollar surishing shartmas,
Nafratlanib desang ham meni yaramas
Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi.
Kelsang gul ochilar saxro cho'limda,
Nur bo'lib uchrading taqdir yo'limda,
Qaniydi hammasi bo'lsa qo'limda...
Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi........!
Sheraliyev
Hijron girdobiga tashla mayliga,
Ortimdan har xil gap tarqat mayliga
Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi.
Ko'z ochib bir meni ko'rishing shartmas,
Men deya hayollar surishing shartmas,
Nafratlanib desang ham meni yaramas
Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi.
Kelsang gul ochilar saxro cho'limda,
Nur bo'lib uchrading taqdir yo'limda,
Qaniydi hammasi bo'lsa qo'limda...
Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi........!
Sheraliyev
Tunda yig'lab yolg'izlikdan
Ado bo'ldim xolsizlikdan
Pulsizlikmas yuzsizlikdan
Charchab ketdim Onajonim
Tundan qora kunlarimdan
Uyqusiz bu tunlarimdan
Qochib ketay bu yerlardan
Charchab ketdim Onajonim
Ig'vo kasbli odamlardan
Yor qoldirgan alamlardan
So'zi yolg'on sanamlardan
Charchab ketdim Onajonim
Vafosi yo'q ulfatlardan
Ular bergan kulfatlardan
Ming xil nayrang tuhmatlardan
Charchab ketdim Onajonim
Xasan bezdi qaxrlardan
Aldamchi bu mehrlardan
Kuf-suf degan sehrlardan
Charchab ketdim Onajonim
Hayot meni qildi xarob
Orzularing bo'ldi sarob
Chidolmadim ichdim sharob
Charchab ketdim Onajonim...
SheRaliYeV
Ado bo'ldim xolsizlikdan
Pulsizlikmas yuzsizlikdan
Charchab ketdim Onajonim
Tundan qora kunlarimdan
Uyqusiz bu tunlarimdan
Qochib ketay bu yerlardan
Charchab ketdim Onajonim
Ig'vo kasbli odamlardan
Yor qoldirgan alamlardan
So'zi yolg'on sanamlardan
Charchab ketdim Onajonim
Vafosi yo'q ulfatlardan
Ular bergan kulfatlardan
Ming xil nayrang tuhmatlardan
Charchab ketdim Onajonim
Xasan bezdi qaxrlardan
Aldamchi bu mehrlardan
Kuf-suf degan sehrlardan
Charchab ketdim Onajonim
Hayot meni qildi xarob
Orzularing bo'ldi sarob
Chidolmadim ichdim sharob
Charchab ketdim Onajonim...
SheRaliYeV
Bir tush ko'rdim tushimda,
Xali baxor kelgan yo'q.
Onamdayin mehribon,
Buvijonim o'lgan yo'q.
Xasan to'yin ko'rgan yo'q,
Yuragimni teshdi o'q
Tushlarimda bolam der
Buvijonim o'lgan yo'q.
Yangi uylar qurardik
Orzuimiz so'ngan yo'q.
Uxlar yangi uyida,
Buvijonim o'lgan yo'q.
Yomgir bo'ldi ko'z yoshim,
Xali xamon tingan yo'q.
Xech ishongim kelmaydi,
Buvijonim o'lgan yo'q.
Qon qaxshadi yuragim
Avvalgidek urgan yo'q.
Xudoyimga keragim,
Buvijonim o'lgan yo'q.
Diydor qoldi maxsharga,
Boshqa taskin qolgan yo'q.
Yuragimda yashaydi,
Buvijonim o'lgan yo'q!!!
SheRaliYeV
Xali baxor kelgan yo'q.
Onamdayin mehribon,
Buvijonim o'lgan yo'q.
Xasan to'yin ko'rgan yo'q,
Yuragimni teshdi o'q
Tushlarimda bolam der
Buvijonim o'lgan yo'q.
Yangi uylar qurardik
Orzuimiz so'ngan yo'q.
Uxlar yangi uyida,
Buvijonim o'lgan yo'q.
Yomgir bo'ldi ko'z yoshim,
Xali xamon tingan yo'q.
Xech ishongim kelmaydi,
Buvijonim o'lgan yo'q.
Qon qaxshadi yuragim
Avvalgidek urgan yo'q.
Xudoyimga keragim,
Buvijonim o'lgan yo'q.
Diydor qoldi maxsharga,
Boshqa taskin qolgan yo'q.
Yuragimda yashaydi,
Buvijonim o'lgan yo'q!!!
SheRaliYeV