Sheraliyev She'rlari
110 subscribers
71 photos
1 video
4 links
She'rlar muallif nomisiz ko'chirilmasin!

Zakaz she'rlarga buyurtma berish uchun: @Sheraliyev_Shoir
Download Telegram
Hammani o'zimdek bilibman
Beminnat yaxshilik qilibman
Men sizni do'stim deb yuribman
Tuzimni yeb tuflab ketganlar

Yo'q ekan hech biror saviya
Raxmatni ham aytdi nasiya
Shodligimni qildi taziya
Tuzimni yeb tuflab ketganlar

Ishi halol ekan eshshakni
O'zi harom ekan eshshakni
Qilishmadi ishin erkakni
Tuzimni yeb tuflab ketganlar

Yo'q qilmayman men sizni qarg'ish
Buning uchun yo'q menda xoxish
Yo'qlab kelmang endi tushsa ish
Tuzimni yeb tuflab ketganlar

Deyman kulib zamonda-zamon
Aslidachi men o'zim nodon
Ko'rsatishdi kim yaxshi-yomon
Tuzimni yeb tuflab ketganlar

Men jaydari qishloq insoni
Teng ko'ribman hissiz dunyoni
Sotibsizda vijdon iymonni
Tuzimni yeb tuflab ketganlar

To'ldirdingiz alamni ko'zga
Quloq soling eng so'ngi so'zga
Qaytar dunyo Hudo bor sizga
Tuzimni yeb tuflab ketganlar...

SheRaLiYeV
Qayting deding qayga qaytib boraman men?
O'sha o'tmish qolib ketgan ko'chagami?
Qayting deding qayga qaytib boraman men
Yolg'on sevgi yonib ketgan kechagami?

Qayting deding qayga qaytib boraman men?
Ketgan kuning qolgan edim alam bilan.
Bu bechora yuragi yo'q muhabbatni,
Sindirdingku ko'ksingdagi sanam bilan!

Qayting deding qayga qaytib boraman men..

Sheraliyev
Balki tushlarida meni ko'rgandir
Kelar deb Nonga sut izlab yurgandir
Yo'l boshida ilhaq kutib turgandir
Yo'limga intizor Onam bor mening..

SheRaLiYeV
Shaxarda shoxdek yurib
O'sib chiqmadi shoxim
Sen ham Onamdek kulib
Meni kechir Bagdodim

Farzand bo'ldim nomaqbul
Boylik desa bo'ldim qul
Ekmadim birorta gul
Meni kechir Bagdodim

Ana o'sha qo'sh chinor
Juda bo'ldim unga zor
Sendan ortiq nimam bor
Meni kechir Bagdodim

Bo'ldi a'za bo'ldi to'y
Ko'rsatmadim sira bo'y
Arazlarni endi qo'y
Meni kechir Bagdodim

Men notavon men gumrox
She'r bitdim ko'z suzsa mox
Unutibman seni oh
Meni kechir Bagdodim

©SheRaLiYeV
Sevging bilmaganim uchun
Qalbing tilganim uchun
Bevafo bo'lganim-chun
Meni Xudoga sol endi!

Ko'p bor hiyonatlar qildim
Yolg'on sevgi baytlar bitdim
Iymon ko'ylagini yirtdim
Meni Xudoga sol endi!

O'rzu umiding so'ndirib
Ishonchlaring chil sindirib
Qo'ydim ishonching o'ldirib
Meni Xudoga sol endi!

Bo'ldi meni yuzim ko'rma
Endi yo'lim poylab turma
Men nokasni sevib yurma
Meni Xudoga sol endi..!

SheRaLiYeV
Onamdan Xat

Og'lim jigargo'sham eshitgin nolam
Onang sog'inchingda ko'zlarida yosh
Xabar olmaysan xam sog'misan ham
Yo bo'lib ketdimi yurakkinang tosh

Gohida sog'inchga topolmay chora
She'rlaring o'qiyman bo'lar deb malham
Ovozing eshitsam bo'ldi bir bora
Bugun qo'ng'iroq qil iltimos bolam

Yetardi sog'liging sog'mikan bilsam
Uzoqda yuribsan chekarman qayg'u
Tushimga kirarsan uyg'onib ketsam
Tonggacha ko'zimga kelmaydi uyqu

Gohida yig'lasam yupatar otang
Kelib qolar bugun o'g'lingdan darak
Yaxshiyamki senla doimo akang
Lek xar biring boshqa xar biring bo'lak

Suratingga boqsam yoshlanar ko'zim
Ammo men boqarman ovunish uchun
Gohida aldayman o'zimni-o'zim
Shoir o'g'lim kelar albatta bugun

Ammo yana o'tar jim bo'lgancha kun
Yana bir o'ksinib qo'yadi ko'nglim
Mayliga qayerda bo'lsang bo'lginu
Doimo sog' omon yursang bas o'g'lim...

Sheraliyev
Kechiring sevgisi musaffo qizlar
Kechiring xatoga bosilgan izlar
Qachondir sevgidan ochilsa so'zlar
Meni bir go'zalning uvoli tutar

Sevishga sevdimu vafo qilmadim
Men bir farishtaning qadrin bilmadim
Umrimni sarhissob qilganda yillar
Men bir go'zalning uvoli tutar

Tanamni qilichdek tilar qoshlari
Bo'ynimga dor bo'lar uzun sochlari
Daryodek cho'ktirar ko'zin yoshlari
Meni bir go'zalning uvoli tutar

Kun kelib baribir albat o'larman
Oyog'in ostida tuproq bo'larman
Yolvorib tangridan najot so'rarman
Meni bir go'zalning uvoli tutar

Gohida o'zimga berarman dakki
Ey Xasan o'zinga qaytadi bular
Chindan sevgan qizning sevgisi xaqqi
Meni bir go'zalning uvoli tutar

Men kulib ketdimu yig'lab qoldi u
Bildirmay qizgina og'ular yutar
Erta kech ko'zimga kelmaydi uyqu
Meni bir go'zalning uvoli tutar

Xudoga yetganda uning nolasi
Ilondek bo'g'izlar sochin tolasi
Shu ilon go'yoki tiriklay yutar
Meni bir go'zalning uvoli tutar...

Sheraliyev
Bilaman juda ko'p mening gunohim
Falakni yondirar dildagi ohim
Vafo bilmas asli birkam dunyoda
Sodiq do'st birgina sensan Allohim

Dunyo vafosidan umidim uzdim
Bazi xoyinlar deb yurakni ezdim
Yolg'on dunyoyingdan rostmana bezdim
Sodiq do'st birgina sensan Allohim

Mayliga hazon qil mayliga xo'rla
Ammo yomonlardan doimo yorla
Yolvaray yoningga tez meni chorla
Sodiq do'st birgina sensan Allohim

Gohi chivin bilan quraman suxbat
Ular bir biriga qilmaydi hasad
Kechroq bo'lsa hamki angaldim albat
Sodiq do'st birgina sensan Allohim

Shunday odamlar bor jirkanchdan jirkanch
Yolg'ondan bo'larlar qalbinga yupanch
Ig'vodan yiqilsan bo'l menga tayanch
Sodiq do'st birgina sensan Allohim

Bazi sinovlaring olmayman yenga
Keng dunyo deydilar o'xshamas tengga
Aldamchi dunyoying yoqmadi menga
Sodiq do'st birgina sensan Allohim

Sevdim sevgilari ko'p soxta chiqdi
Nobakor muhabbat g'ururim yiqdi
Xijron o'z nayzasin bo'g'zimga tiqdi
Sodiq do'st birgina sensan Allohim

Naf bilmam telbaga o'xshamoqlikdan
Poyimga tikonlar to'shamoqlikdan
O'lish maqsad asli yashamoqlikdan
Sodiq do'st birgina sensan Allohim

Gohida tuz chiqar boldan shirindan
Hech voqif bo'lmadim oliy siringdan
Axir tushirgansan bitta qorindan
Sodiq do'st birgina sensan Allohim

Aytgin hayollarim qandayin jamlay
U dunyoying uchun savoblar g'amlay
Faqat seni deya ko'zlarim namlay
Sodiq do'st birgina sensan Allohim.

Yomon kundan do'stlar yurar yiroqda
Go'yo men yer qari ular samoda
O'zi besh kunligu bir kam dunyoda
Sodiq do'st birgina sensan Allohim...

Sheraliyev
Xar bir sherda, dardimni yozdim
Qarang bugun yozyapman yana
Ich ichimdan aytaman rostin
Bag'dodimni sogindim Ona

Uy noniyu ,qora ko'k choyim
Senga ta'zim, qilay ostona
Uz vatanim, tug'ilgan joyim
Bag'dodimni sog'indim Ona

So'lim go'sha ona qishlog'im
O'g'lonlari, asli mardona
Qo'lga qalam ,ushlagan chog'im
Bag'dodimni sog'indim Ona

Omonmisiz do'stim sinfdosh
Bormi bizlar, o'qigan xona
Yodga olib, ko'zlarimga yosh
Bag'dodimni sog'indim Ona

Qadrin bildim ,qarindosh do'stni
Sog'inchimdan yonyapman, yona
Bitiray deb ba'zi kam ko'stni
Bag'dodimni sog'indim Ona

Yurt ichinda, eng go'zal shaxrim,
Gullagandir ,go'zal Farg'ona
Iftixorim ,vatanim faxrim
Bag'dodimni sog'indim Ona..

Sheraliyev
Bugun dilda shodlik bayram avjida
Sevinch yoshlar oqar shodon mavjida
To'yxonaga qilib qadam ranjida
Bir nigoh tashlab o'ktam bo'yimga
Kelasanmi taklif etsam to'yimga

Baxt gulim ham gulladiya zo'r bo'lib
Hijronlar yengildi oxir sho'r bo'lib
Jim tingolmay oxir sen ham jo'r bo'lib
Aytilajak mening bu baxt kuyimga
Kelasanmi taklif etsam to'yimga

Ko'zda tirqiragan shul jolang bilan
Qalbing to'la havas oh nolang bilan
Tillo rangli sariq soch tolang bilan
Havaslaring kelib shodon ko'yimga
Kelasanmi taklif etsam to'yimga

Unutib sen bari gina arazni
Haydab dildan o'shal yovuz g'arazni
Dasturxonga olib kelib orzu havasni
Mehr qandin solib asta choyimga
Kelasanmi taklif etsam to'yimga

Taklif qilsam bordur bilgin asosim
Baxtim bazmi axir ushbu marosim
Qalbimdagi o'chmagan ul qasosim
Men qoldirmay qiyomatu qoyimga
Kelasanmi taklif etsam to'yimga

Bu bazimlar xijron qaddin bukadi
Dilda yotgan xasrat yoshin to'kadi
Voh nihoyat Xasan she'ri tugadi
Kunlar kelib uylansam gar kimdirga
Kelasanmi taklif etsam to'yimga...?

Sheraliyev
Termulib ko'zguga topmadim o'zni,
Yo'q taniy bilmadim termulgan ko'zni,
Ikki qo'l to'sganda bu qaro yuzni
Eng kerak paytida do'stga bo'ldim yot,
Meni bu azobdan qutqargin hayot !

Arosat yo'ldaman ko'zlarimda nam,
Sogindim.. Tushimga kiradi Onam,
Yurtimdan olsida yonmoqda tanam
Shu sabab har kecha qilaman faryod
Meni bu azobdan qutqargin hayot !

Qalbimda dardlarim tengsiz, bedavo,
Ko'ngilga sig'maydi kuy, qo'shiq, navo,
Nafasim siqilar... Yetmaydi havo
Nahotki yoshligim bo'lmoqda barbod
Meni bu azobdan qutqargin hayot !

Vijdonim qiynalar, qiynalar Jonim,
So'zlay desam so'zga kelmas zabonim,
Ko'zimdan yosh bo'lib oqmoqda qonim
Qush bo'lib uchardim topsaydim qanot
Meni bu azobdan qutqargin hayot !

SheRaLiYeV
Umidladim cho'kib ketar daryoda
Bevafo qahridan titrayman dir-dir
Azoblar juda ko'p ammo dunyoda
Eng katta azob bu sevilmaslikdir

Egningdan dard to'nin yecholmagaysan
Xijronning yodidan o'cholmagaysan
Jondan kechib undan kecholmagaysan
Eng katta azob bu sevilmaslikdir

Sog'inchi izlaydi har on har zumdan
Gu'ruring yo'lingni to'sadi zimdan
Bilmaysan alaming olasan kimdan
Eng katta azob bu sevilmaslikdir

Bag'ringda xasratlar shamoli esar
Qalbingda armonning gullari o'sar
Bu azob umidning qo'llarin kesar
Eng katta azob bu sevilmaslikdir

Bahor ham sen uchun aylanar kuzga
Xijronlar ajinlar soladi yuzga
Bu azob yurakni to'ldirar muzga
Eng katta azob bu sevilmaslikdir

Joning ham go'yoki murdadek yashar
Bu umring zavollar changiga o'xshar
Yorni o'ylab tunlar yuraging qaqshar
Eng katta azob bu sevilmaslikdir

Boringni bersang ham undan chiqmas sas
Gullaring u uchun ko'rinar bir xas
Xasan bu azobdan mustasno emas
Eng katta azob bu sevilmaslikdir..

SheRaLiYeV

SheRaLiYeV
Asablarim buzib atayin
Sal narsada janjallar tayin
Quloq solgin rostin aytayin
Qizg'onaman seni hammadan

Hozir ko'pda ahli yomonlar
Qizni ko'nglin doimo poylar
O'tsa hamki million zamonlar
Qizg'onaman seni hammadan

Hafa bo'lsang ham mendan mayli
Men majnunman sen bo'lgin layli
Juda kuchli sevgim tufayli
Qizg'onaman seni hammadan

Tug'ilganda atay qilgandek
Xasanga rashk qonga singigan
Huddi meni qizg'onganingdek
Qizg'onaman seni hammadan...


SheRaLiYeV
Bizni yomon deganlarni
Gul bering qo'llariga.
Bizni yomon deganlarni,
Rayhon eking yo'llariga.

Bizni yomon deganlarga
Xaykal qo'ying ko'ngildan.
Bizni yomon deganlarga,
Baxtlar so'rang Tangrimdan.

Bizni yomon deganlarni,
Uzoq bo'lsin umrlari.
Bizni yomon deganlarni,
Nurga to'lsin qabrlari.

Bizni yomon deganlarga
Ayting sizlar farishtasiz.
Bizni yomon deganlarga,
Benuqsonsiz xar ishda siz.

Bizni yomon deganlar
Kimligimiz bilib qo'ysin.
Bizni yomon deganlar,
Oldin bizdek yashab ko'rsin...

SheRaLiYeV
Biz baxtli bo'lamiz dedik barobar
Chunki xudo xoxlab uchrashgan edik
Biz baxtli bo'lamiz xudo xoxlasa
Xoxlagani uchun uchrashdik dedik

Kunlar o'taverdi ortidan oy yil
Gumon oraladi ishonchimizga
O'zicha o'y sura boshladi xar dil
Mezbon bo'ldi andux quvonchimizga

Yulduzlar sanadim yolg'iz termulib
Sensiz kechalarda ko'kka oy chiqqan
Bilsam onang seni chiroyli qilib
Xasan emas o'zga yigitchun tuqqan

Xusni betakrorim jonim Nigorim
Chiroyingga boqib ko'zlarim to'ymas
Olamni yaratgan qodir xudoyim
Mendek baxtiqaroni senga yor qilmas

Mana yo'llarimiz bo'lakcha bo'ldi
Bo'lmasa biz bugun ayrilarmidik
Sen baxtli bo'lasan xudo xoxlasa
Xudo xoxlamasa ajrasharmidik...!

SheRaliYeV
Yuragimga sepilgan bu sevgi
hoki
O'shal sabab so'kilganda
dilning choki
Hasta tanda jonim
omon ekan toki
Sog'inganman
sog'inyapman sog'inaman

Bedorlikka bog'lab qo'yib tun
kechani
Telbalardek kezib chiqib har ko'chani
Qadrin bilgan qadrim
bilmas ul qizchani
Sog'inganman
sog'inyapman sog'inaman

Bilmaydida goh sovqotib goho
yonib
Va hattoki tomrimdagi
qonga qonib
Nafratlanib o'z-o'zimdan goho tonib
Sog'inganman sog'inyapman
sog'inaman.

Kulib turgan vasli yoddan ketmas nari
Kulib kulib gaplashardik avvallari
Biz begona bo'lsak hamki borgan sari
Sog'inganman
sog'inyapman sog'inaman.

Gado
xatto kular menga nazar qilib
Hamma meni telba deydi qarab turib
Mayli ketgan bo'lsa hamki
hazar qilib
Sog'inganman
sog'inyapman sog'inaman...

Sheraliyev
Xayot o'zi oliy bir hakam
Tirik jon bor tugamaydi kam
Shukur Tangrim yolg'iz qo'ymading
Yonimda bor qadrdon Akam

Yodimdadur bolalik chog'im
O'ynab o'sgan ul go'zal bog'im
Hozir esa suyangan tog'im
Yonimda bor qadrdon Akam

Havas qilib yuraman doyim
Sizni sevar qancha guloyim
Panohingda asra Xudoyim, Yonimda bor qadrdon Akam

Yovlardan men sira qo'rqmasman
Yoningizda arslon yo'lbarsman, Bo'lmasa gar oddiy bir hasman
Yonimda bor qadrdon Akam

Shodligimda quvnoq ko'raman
Yiqilganda tirgak bilaman
Yo'q bo'lsa gar nima qilaman
Yonimda bor qadrdon Akam


Aytar so'zi men uchun o'git
Qo'llab turar meni u har dam
Haqiqiy mard haqiqiy Yigit
Yonimda bor qadrdon Akam

Jigargo'sham yolg'iz qalqonim
Erkalab der Onam polvonim
Menga aziz yaqin insonim
Boringizga Shukrlar Akam...

SheRaLiYeV
Do'stlarim ko'p bo'lardi
Omad menga kulardi
G'amgin ko'nglim to'lardi
Agar boy bo'lganimda

Eshitmas edim tan'a
She'rlar yozardim yana
Bo'lar edi tantana
Agar boy bo'lganimda

Bekor yurardim kunda
To'yib uxlardim tunda
Yurmasdim yamoq shimda
Agar boy bo'lganimda

Doim ichardim ko'k choy
Kiymimda yurmasdi loy
Tor vagon bo'lmasdi joy
Agar boy bo'lganimda

Armon nima bilmasdim
Yurak bag'rim tilmasdim
Rossiyaga kelmasdim
Agar boy bo'lganimda..

Sheraliyev
Har kim Ona yurtda yursin
Do'stlarila diydor sursin
Yoshligimni xarob qilgan
Musofirlik kuni qursin!

Kindik qon yurt tortib turar
Sog'inch har kun ortib turar
Yozda ham qor yog'ib turar
Musofirlik kuni qursin!

Har-xil chet el yurtda bo'lib
Qancha go'zal yurtni ko'rib
Deysan oxir, turib-turib
Musofirlik kuni qursin!

Tinch qo'ymaydi vatan xissi
Chorlar jambil rayhon isi
Xar joy bordir tarozisi
Musofirlik kuni qursin!

Sheraliyev
Behudaga to'kibla qonim
Yaqin do'stim tamidan xo'plar
O'z holiga qo'ymayin jonim
Yuragimni og'ritar ko'plar

Hayot qattiq gohida mayin
Natijasi nomalum o'yin
Boshqa banda yo'qdek atayin
Yuragimni og'ritar ko'plar

Tikon hokin sochib ostimga
Somon tiqib ketar po'stimga
Ig'vo nishin sanchib ko'ksimga
Yuragimni og'ritar ko'plar

Tushunmaslar tushunmaydilar
G'iybatimsiz hech unmaydilar
Yaxshi gapga hech ko'nmaydilar
Yuragimni og'ritar ko'plar

Ko'z achishar g'iybat changidan
Choy ichaman og'u bargidan
G'urbat izlab tirnoq tagidan
Yuragimni og'ritar ko'plar

Bir kulbadir dil nomli uyim. Unda yotar dardlar bir uyum
Azoblardan kiydirib kiyim
Yuragimni og'ritar ko'plar

Unga faqat xasrat ravo deb
Na dardi bor na bedevo deb
Yurishi ham telba navo deb
Yuragimni og'ritar ko'plar

Quloq solmay qalbim ohiga
Meni tashlar g'amlar chohiga
Xaridor bo'p dil gunohiga
Yuragimni og'ritar ko'plar

Yozsam juda ko'pdir yozgulik
Qalam qog'oz mendan bezgulik
Yosh boshimga solib ko'rgulik
Yuragimni og'ritar ko'plar..

Sheraliyev