Sheraliyev She'rlari
110 subscribers
71 photos
1 video
4 links
She'rlar muallif nomisiz ko'chirilmasin!

Zakaz she'rlarga buyurtma berish uchun: @Sheraliyev_Shoir
Download Telegram
Channel created
Eski kanal ba'zi sabablarga ko'ra öchib ketdi.. Hammasini boshidan boshlimiz yangi sherlar bilan 😊birga bo'lasiz degan umiddaman. Do'stlaringizni ham taklif qiling...
Dard alamdan qochdingmi
Katta bo'lib qoldingmi
Ichib foyda toptingmi
Ichishni tashla do'stim

Gapim olma alamga
Dardim aytim qalamga
Kulgu bo'lmay hammaga
Ichishni tashla do'stim

Chida nomard bo'lmasdan
Oson yo'l o'ylamasdan
Alkash nomin olmasdan
Ichishni tashla do'stim

Ketgan bo'lsang ham to'lib
Ichma qolmaysan o'lib
Qani bir erkak bo'lib
Ichishni tashla do'stim...

Sheraliyev
Ehh gulim bu senga vasiyatnoma
Aytsam so'zlarimni hech og'ir olma
Tug'sang gar bir sodda yoki alloma
Iltimos og'linga mening ismim qo'y

Ketsam gar mendan shu ism me'rosdir
Kechir men g'aribni borim shu holos
Umidvor qalbimga taskin ber biroz
Iltimos og'linga mening ismim qo'y

Sof sevgim qalbingdan ketmasin o'chib
Eslatsin xar safar sog'insang quchib
Hech qachon qo'ymagin meni unutib
Iltimos og'linga mening ismim qo'y

Bo'lsin qilichdanda o'tkir so'zlari
Mening ko'zlarimday bo'lsin ko'zlari
Xasanjon deb chaqirsin barcha do'stlari
Iltimos o'g'linga mening ismim qo'y...

SheRaLiYeV
Sinovlar sochimning tolasidan ko'p
Ba'zan lol qolaman sabrimga Ona
Bariga jim ko'nib deya asta ho'p
Qadrimga yig'ladim,qadrimga Ona

Baxtimni bog'lashdi o'z ipim bilan
Yaxshilik qilishdi minnatlar bilan
Ko'zimdagi qotgan yoshlarim bilan
Qadrimga yig'ladim,qadrimga Ona

Qarashsin ko'nglimga qo'limga emas
Pulimga yurishdi yo'limga emas
Men ketgan o'sha mol pulimga emas
Qadrimga yig'ladim,qadrimga Ona

Bardoshim sanog'i dardlarimdan oz
To'ydim,hammasidan charchadim biroz
Faqat yig'lagani kuch qoldi holos
Qadrimga yig'ladim,qadrimga Ona

Yaxshilardan ko'pdir yomonlar soni
Ojizning qirqtacha bo'larkan joni
Hammasi ham yaxshi,eng-eng yomoni
Qadrimga yig'ladim,qadrimga Ona...

SheRaLiYeV