Sheraliyev She'rlari
110 subscribers
71 photos
1 video
4 links
She'rlar muallif nomisiz ko'chirilmasin!

Zakaz she'rlarga buyurtma berish uchun: @Sheraliyev_Shoir
Download Telegram
Dardim qirov separ qop-qora sochga
Qordek orzularim chiqmoqda puchga
Bilmadim ertaga yo bugun kechga
Bemahal o'lishdan juda qo'rqaman

O'zligim yuribti sang'ib qay joyda
Saxrolar bag'rida yoki bir loyda
Bundayin yashashdan topmayin foyda
Bemahal o'lishdan juda qo'rqaman

Dunyoda hech kimsa emas abadiy
Bu Alloh qonuni aniq va qat'iy
Yurtga foydam tegmay moddiy manaviy
Bemahal o'lishdan juda qo'rqaman

Butun tanam to'lsa azobda dardda
Kim ham eslar meni deya bir mardda
Yurtimdan uzoqda musofir yurtda
Bemahal o'lishdan juda qo'rqaman

Kim g'olib kim mag'lub bu imtixonda
O'lim xaq,o'lish xaq, har lahza onda
Bahordami yoki yoz saratonda
Bemahal o'lishdan juda qo'rqaman

Bazan so'zlamoqqa topilmas so'zim
Dardim zo'ragidan achishar bo'g'zim
To'yib kulmasidan nam to'lgan ko'zim
Bemahal o'lishdan juda qo'rqaman

SheRaLiYeV
U yon bu yon chopyapman
Pulni yaxshi topyapman
Qarzlarim yopyapman
She'r yozgani vaqtim yo'q

Akamga to'y qilish kerak
Singlim uzatish kerak
Bular uchun pul kerak
She'r yozgani vaqtim yo'q

Loyga botib ishlayapman
Tonga yaqin uxlayapman
Makron palov pishiryapman
She'r yozgani vaqtim yo'q


Ba'zan yoshim oqib ketdi
Ishlar boshdan oshib ketdi
Paqir loydan toshib ketdi
She'r yozgani vaqtim yo'q

Pul topmasam baxt qayda
Orzu niyat axd qayda
She'r yozishga vaqt qayda
She'r yozgani vaqtim yo'q

SheRaLiYeV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega u siz kun o'tishi qiyin bo'lyapti
naxotki sevgi mani kundan-kun harob qilaveradi...

Naxotkı 20-yil usiz yashagan tanam
endı yasholmaydi...

Qiynalib ketdim,chanqab ketdim...

"Xayotdan ham achchig'roq choy ıchvorgim kelyapdı"

Ichsamu qaytib uygonmasam... Barini unutib mangu sokinlikka ketsam...😔😔😔

Tirik murda bo'lib yashash qiyin ekan...

#Sh_X

"O'tmishda qolgan Maktublar" turkumidan
Bunchalar sho'r mening peshonam
Tuz chiqadi, agar silasam
Bir kun kelib olib bag'riga
Yer qiynalar ,xattoki o'lsam!

Onam yig'lab ko'yidi ming bor
Janatlardan bo'lib umidvor
Men bir nodon,dunyo ishqida
Bosh egmabman, sajdaga bir bor.

Ko'p sanadim topgan pulimni
O'ylamabman, ketar yo'limni
Oz vaqt topib, bukib, belimni
Bosh egmabman, sajdaga bir bor.

Shukur aytib ,taxorat olib
Allohimga yuragim yorib
Xar juma kun ,masjidga borib
Bosh egmabman ,sajdaga bir bor.

Ko'zlarim ko'r, yashabman goyo.
Shayton tomon boqibman qiyo
Menga azob, endi U dunyo
Bosh egmabman, sajdaga bir bor.

Xar kun turib, namozga shoshib
Xar qadamga, qadamlar qo'shib
Yoshim yigirmadan ham oshib
Bosh egmabman, sajdaga bir bor

Turli tuman ,rejalar tuzdim,
Erta deya, indinga cho'zdim
O'ylab ko'rsam be namoz yurdim
Bosh egmabman ,sajdaga bir bor...

SheRaLiYeV
Yana Tong
Ravshan R.R ft NarKoo
Yana tong,asablarim yana tang...
Bo'g'zimni kuydirar bu dunyo hidi
Men ishq dunyosining adashgan iti
Mensizlikdan sen ham og'rinasanmi
Kunda bir bo'lsa ham sog'inasanmi...

SheRaLiYeV
Ko'p qiynama go'zalim meni
Sevishingni olaqolgin tan
So'raganman Hudodan seni
Seni onang men uchun tug'gan

Yashash uchun sevib sevilib
Yurmasin deb bagrini tilib.
Ko'zlaringni chiroyli qilib
Seni onang men uchun tuqqan

Jilmayasan so'zim uqqandek
So'zim dilginanga yoqqandek
Meni onam senga tuqqandek
Seni onang men uchun tuqqan

Sen borsan men yashayman kulib
Muhabbatga bahtga intilib
Menday oshiq borligin bilib
Seni onang men uchun tuqqan

Erkam buncha qiynama meni
Sevishingni olgin endi tan
So'raganman Hudodan seni
Seni onang men uchun tuqqan...!

SheRaLiYeV
Men devona bir telbanamo
Mast etuvchu o'sha maysan sen
Odamlarday odamsan ammo
Biror kimga o'xshamaysan sen...

Sheraliyev