Sheraliyev She'rlari
109 subscribers
71 photos
1 video
4 links
She'rlar muallif nomisiz ko'chirilmasin!

Zakaz she'rlarga buyurtma berish uchun: @Sheraliyev_Shoir
Download Telegram
Sevgini sexrini qaydan bilardi
Muxabbat bog'idan gul termaganlar
Ko'nglimni og'ritib nima qilardi
Meni kambag'al deb qiz bermaganlar

Meni ishqim otishdi soyga
Qizlarini sotishdi boyga
Meni yer o'zlarin teng ko'rdi oyga
Meni kambagal deb qiz bermaganlar

Ayriliq rishtasin tortib yo'limga
Armonli gullarni tutdi qo'limga
Ko'p bor ozor berdi meni dilimga
Meni kambag'al deb qiz bermaganlar

Men tomon ko'p bora toshlar otdilar
Har xil gaplar bilan dilga botdilar
Qizini qo'g'irchoq qilib sotdilar
Meni kambag'al deb qiz bermaganlar

O'zga yurtda yuraklar yig'laydi bedod
Avvalo baxt qasrin etinglar obod
Baxtni ham pul bilan o'lchaysiz nahot
Meni kambag'al deb qiz bermaganlar

Baxtini o'ylamay go'zal qizini
Yoshlarga to'ldirdi qaro ko'zini
Indamay Hudoga soldim men sizni
Meni kambag'al deb qiz bermaganlar...

SheRaLiYeV
Ko'ngil qurg'ur nolasini qo'ymaydi
O'zga yurtning samosidan og'rindim
Qovog' uygan bulutlari kulmaydi
Bag'dodimni osmonlarin sog'indim

Bezib ketdim shovqin suron shaxardan
Qadr degan yo'qchilikdan og'rdindim
Yashayapman umid qilib sahardan
Bag'dodimni qadrini ko'p sog'indim

Qayga shoshar odamlari bilmayman
Kimsa bilmas holatidan og'rindim
Endi ketsam sira qaytib kelmasman
Bag'dodimni odamlarin sog'indim

Bu yerlarda xil-xil pishmas mevalar
Uvol bo'lgan g'o'ralardan og'rindim
Asl tam ne bilmay yashar nechalar
Bag'dodimni dalalarin sog'indim

Quyosh kutib odamlari zerikdi
Yoz kunlari sovuqlardan og'rindim
Osmoni ham yomg'ir tutgan elakdur
Bag'dodimni oftoblarin sog'indim...

Qayda bo'lmay kindik qonim tortadi
Eh Bag'dodim hech yer sendan ortmadi...

SheRaLiYeV
O'zga yurta ishlab yuribman
Qattiq nonin tishlab yuribman
Qaytolmayin vatanimga xech
Sovuq kunda ishlab yuribman

Xasanni dard qiynar sanoqsiz
Hech kim bilmas sanab yuribman
Sog'inganda termulib Onam
Su'ratiga qarab yuribman

Sevgan qizim kutadi xamon
Nomarddayin aldab yuribman
Sog'inchlarda qiynab gulimni
Ko'zlarini namlab yuribman

Qaytay desam uyim bitmagan
Tashvishlarda kuyib yuribman
Hammadan men dardim yashirib
Zo'rlab o'zim kulib yuribman

Yana ozroq ishlayin deya
Qora terga botib yuribman
O'zim xo'rlab yigit boshimni
G'ururimni sotib yuribman

Oz qoldi deb o'zim ovutib
Majburlikdan chidab yuribman
Yana ozroq chidayin deya
O'z sabrimni sinab yuribman

Ex qanchalik baxti qoraman
Dardim dilga sochib yuribman
Ona va'da kuzga boraman
Ulgiray deb shoshib yuribman...

SheRaliYeV
Azizlar Mustaqillik va Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin!💐
Sen mehr chashmasi tuganmas yakun
Chidaysan har nega ko'rsang ham zavol
Jamiyki erkaklar baxtlari uchun
Yaxshiyam dunyoda sen borsan ayol

Payg'ambardek zotlar sendan yaralgan
Sendan hur jannatning isi taralgan
Yerdagi farishta nomini olgan
Yaxshiyam dunyoda sen borsan ayol!

Kimgadir Onasan, Kimga ayoli
Bir zum ham qolmaysan yumushdan holi
Hayotda baxt degan nomning timsoli
Yaxshiyam dunyoda sen borsan ayol!

Berkitib ba'zida ayrim kamlarni
Baxtdan shod qilasan doim ko'zlarni
Takroran aytaman ushbu so'zlarni
Yaxshiyam dunyoda sen borsan ayol!

SheRaLiYeV
Bo'ldi bas bilganing qilaver
Sabrim ham tugadi bariga
Hohlagan kishinga yozaver
Tupurdim bunaqa sevgiga

Zahrimni shu bugun sochaman
Oshiqlik to'nini yechaman
Bo'ldi bas baridan kechaman
Tupurdim bunaqa sevgiga

Gapimni bir tiyn olmaysan
Aqlli o'zingdan qolmaysan
Yo'qolib ketaman ko'rmaysan
Tupurdim bunaqa sevgiga

Bariga jim ko'nish mengamas
Mayli de meni bir yaramas
Hurmatim baland men sengamas
Tupurdim bunaqa sevgiga...

SheRaLiYeV
Meni qiynaydi firoq
She'rlar bilan ovundim
Sen ketding mendan yiroq
Seni juda sog'indim

Qiynaldim juda sensiz
Sen ham qoldingmi mensiz
Yurak yig'laydi unsiz
Seni juda sog'indim

Tushunib bu dardimni
Sinamasdan sabrimni
Qayt qiynama qalbimni
Seni juda sog'indim

Yuragimda jamoling
Tinch qo'ymaydi hayoling
Qizg'onma kel visoling
Seni juda sogindim

Koshki sen bilsang shuni
Qiynalaman har kuni
Buncha qiynama meni
Seni juda sogindim...

SheRaLiYeV
Umr daftarini varoqlab bo'lsa
Yirtib tashlar edim bir nechta varoq
Qaniydi xayotim ortiga qaytsa
Orzu qilmas edim, yashardim jo'nroq

Yoshlik davrimdan she'rim yirtardim
Imloyu so'rovi xato yozilgan
Hayronman nega qaramaganman
Tekshiruvsiz juda xunuk yozilgan

Yirtardim Bog'chaga borgan yoshlarim
Bola bo'lmay o'l degan qarindoshlarim
O'ksinib arosat ko'zda yoshlarim
Maktabda o'qimagan o'shal damlarim

Asta varoqlardim maktab chog'larim
Tirikchilik deb qalbda minglab dog'larim
Maktab yozilmabdi bir kun ham attang
Yozilgani bozorda arava tortganim!...

Chiptasi qani talabalikni?
Uning o'rniga moskovga bilet
Do'stlarning ismi hayotimda yo'q
Armonlarga to'ldi afsus barcha bet

Asta mutolaa qilardim shoshmay
Qo'limda bo'lganda umr daftarim
Yillab Rossiyadan uyimga bormay
Azobda, sovuqda ishlaganlarim

Faqat orzu yozilgan sahifalarni
Achchiqdan g'ijimlab, yulib tashlardim
Muhabbat yozilgan o'shal damlarni
"Hiyonat " degancha o'tga tashlardim

Yoqardim yoqardim, alanga qilib
Onamdan olisda yurgan xar kunni
Telbalarcha ho holab kulib
Mushtlardim olovdan chiqqan tutunni

Bozorda arava tortgan kunimni
Rossiyada sovuqda yotgan kunimni
Yoqardim hammasin bitta qo'ymasdan
Internet olamiga kirgan kunimni!..

Pul topib, odamga o'xshagan kunni
Parilar qo'ynida tunagan tunni
Yirtardim, yoqardim ayamasdim xech
Shodlik kunlarga ham qaramasdim xech

Bugun she'rlarimni insonlar ko'rib
Havas qilmoqdadir bilmagan odam
Lek qilgan yomon ishlarim ko'rib
Meni qarg'agandi sho'rlik o'z Onam...

Pul nima? Topiladi harakat qilsang
Lekin topilmaydi mehr va yoshlik
Shuncha yil Xasandan talab etildi
Faqat va faqat sabr bardoshlik

Umr daftarini varoqlab bo'lsa
Yirtib tashlar edim bir nechta varoq
Mabodo istagim amalga oshsa
Sarlavha dan boshqa qolmaydi varoq...

Chiptasi qani talabalikni?
Uning o'rniga Maskovga bilet...


SheRaLiYeV
Tug'ilganman jannati yurtda
Shukr deyman baxtim shu mening
Yurtboshimiz suyanchiq ortda
Bolasiman O'zbekistonning

Hali yoshman navqiron o'smir
G'am tashvish yo'q shukr biron bir
Eng baxtliman sababi shudir
Bolasiman O'zbekistonning

Har tomonda mehr g'amxo'rlik
Hursand yashar kattayu- kichik
Hotirjamman yurtimda tinchlik
Bolasiman O'zbekistonning

Shaxarlardan go'zal qishloqlar
Yomondan ko'p yaxshi odamlar
Havas qilar boshqa bolalar
Bolasiman O'zbekistonning!

Ko'z tegmasin yurtim hech sira
Tinchlikka boy bo'lsin har oning
Baxtlilardan baxtliman juda
Bolasiman O'zbekistonning

Shukr deyman baxtim shu mening
Bolasiman O'zbekistonning...!

SheRaLiYeV
Sen uni gul deya ardoqlaysanu
U bandiga qilmaydi tikan
Taqdiringga berib asta tan
Suymaganga suykalma ekan

Deysan biz yer sizchi oydasiz
Sochi sharqiragan soydasiz
Bu ishqing bilginki foydasiz
Suymaganga suykalma ekan

Oshiqlarni bo'lmaydi sog'i
Xijron sabab gullamas bog'i
Endi aqlim kiryapti chog'i
Suymaganga suykalma ekan

Sen uni de u der o'zgani
Ko'pdir ishqda xushdan ozgani
Yor deb majnunlardan o'zgani
Suymaganga suykalma ekan

Dardi bo'lar tog'dan ham ulkan
Hayot kemasida bo'lmaydi yelkan
Menga qara devona Xasan
Suymaganga suykalma ekan..

Sheraliyev
Duo qiling bugun Xudo hohlasa Jaxon chempionatini naqd qilamiz🤗🇺🇿🇺🇿
Mundial armon biz jaxon chempionatidan quruq qoldik 😭
Ichsam qalbim yengil qilaman
Ichsam ichimdagin she'rga solaman
Ichsam dardim unutolaman 
Ichaman ichaman yana ichaman.

Mast holda o'zga dil tilishga emas
Yoki jigarimni shilishga emas
Bu dunyo tashvishin unutib bir pas
Ichaman ichaman yana ichaman

Ichib yozsam onson to'ladi qog'oz
Ichib yozishimni qilmam etiroz
Bilmaysiz ichishga bordir ko'p asos
Ichaman ichaman yana ichaman

Balki kimga yoqmas sharobning ta'mi
Bilaman gunohdir ko'pi ham kami
Lek ichsam ketadi yurakning g'ami
Ichaman ichaman yana ichaman

Ichaman lek unga qo'ymayman ruju
Men uchun sharobga yo'q sira hushu
Ichimni qiynaydi dard alam qayg'u
Ichaman ichaman yana ichaman

Sharobdan yengildir Xasanning ruhi
Dilda alam bilan tuzilar sulhi
Ketsin deya qalbning hasrat anduhi
Ichaman ichaman yana ichaman

SheRaLiYeV
So'zlarida bor yolg'on
Odam qiyofa hayvon
Mehri yolg'on mehribon
Insonlardan charchadim

O'zgaga ig'vo qilgan
Orqamdan tuhmat qilgan
Yurak bag'rimni tilgan
Insonlardan charchadim

Boylik deya yugurgan
Oqibatga tupurgan
Ba'zi bir Hudo urgan
Insonlardan charchadim

Yuzi kulgan ichi qora
Dillarni qilgan pora
Ko'nglimni qilgan yara
Insonlardan charchadim

Yaxshini ko'rolmagan
Hasadsiz turolmagan
G'iybatsiz yurolmagan
Insonlardan charchadim

Mehribondek ko'ringan
Yomonlikka sig'ingan
Insofni yeb yuborgan
Insonlardan charchadim

Boylik uchun yugurgan
Ich-ichlarimni tilgan
Itdan battar quturgan
Insonlardan charchadim...

SheRaLiYeV
O'yin qilding sevgimni
Yuragim qattiq og'rir
Eshit so'ngi so'zimni
Senga ham Hudo bordir

Bo'lib qoldimku xorg'in
Azoblar menga yordir
O'ziga soldim barin
Senga ham Hudo bordir

Men ham yetarman baxtga
Vafoli yor bisyordir
Ko'mganing uchun dardga
Senga ham Hudo bordir

Tanishgandik hazildan
Ayrildik afsus chindan
Bu gaplarim chin dildan
Senga ham Hudo bordir...

SheRaLiYeV
Bir kun bilinadi meni yo'qligim
Yo'q bo'lib qolganim sezasan shunda
Har kuni eslaysan qidirasan jim
Doim ko'zlaringdan yosh oqar kunda

Bir kun bilinadi mening yo'qligim
Yo'q bo'lib qoladi o'sha vaqtlar ham
Qidirib topolmay qolasan o'zing
Yo'qolib ketadi menla baxtlar ham

Bir kun bilinadi meni yo'qligim
Hozircha yuribsan osmonlardasan
Oxiri qulflab berkitilgan yo'l
Afsus nadomatli xatolardasan

Bir kun bilinadi meni yo'qligim
Izlab-izlab sira topolmaysan hech
EyXudo qaytar deb ming bor yolvorsang
Sado kelar senga deya bo'ldi kech

Bir kun bilinadi meni yo'qligim
Meningsiz o'tmaydi shirin kunlaring
Har tongda eslaysan meni so'zimni
Ma'nosiz bo'ladi shunda kunlaring

Bir kun bilinadi meni yo'qligim
Yo'qotib qo'yganing sezasan bir kun
Balkim qachonlardir balkim ertaga
Balkim bilinadi aynan shu bugun...

Izlab izlab sira topolmaysan hech...

Sheraliyev