Dardlarni o'ziga do'st bilar tana
Ularga kulbadir bu ko'ngil xona
Bag'ringizga jim boshimni qo'yib
Yig'lagim kelyapti yig'laymi Ona
Do'stim bosib o'tdi qadrim ustidan
Dushmanlarning jonga qilgan qastidan
Soddadil ko'ngilning dardi dastidan
Yig'lagim kelyapti yiglaymi Ona
Ishonganim doimi qalbim kamsitar
Telbahol ishqimni mudom o'ksitar
Do'stim do'stingmann deb dilim og'ritar
Yig'lagim kelyapti yiglaymi Ona
Yaxshilik qilsamu qaytsa yomonlik
Shunda ham ularga tilab omonlik
Naxot ayting qildim katta nodonlik
Yig'lagim kelyapti yiglaymi Ona
Baribir bir ojiz inson ekanman
Hammani bir ko'rgan nodon ekanman
Aslida hammaga yomon ekanman
Yig'lagim kelyapti yiglaymi Ona
Kechirgin notavon Xasan og'lingni
Puch yong'oqqa to'ldirdima butun qo'yningni
Ko'z yoshim ko'ribla ezma ko'nglingni
Yig'lagim kelyapti yig'laymi Ona...
SheRaLiYeV
Ularga kulbadir bu ko'ngil xona
Bag'ringizga jim boshimni qo'yib
Yig'lagim kelyapti yig'laymi Ona
Do'stim bosib o'tdi qadrim ustidan
Dushmanlarning jonga qilgan qastidan
Soddadil ko'ngilning dardi dastidan
Yig'lagim kelyapti yiglaymi Ona
Ishonganim doimi qalbim kamsitar
Telbahol ishqimni mudom o'ksitar
Do'stim do'stingmann deb dilim og'ritar
Yig'lagim kelyapti yiglaymi Ona
Yaxshilik qilsamu qaytsa yomonlik
Shunda ham ularga tilab omonlik
Naxot ayting qildim katta nodonlik
Yig'lagim kelyapti yiglaymi Ona
Baribir bir ojiz inson ekanman
Hammani bir ko'rgan nodon ekanman
Aslida hammaga yomon ekanman
Yig'lagim kelyapti yiglaymi Ona
Kechirgin notavon Xasan og'lingni
Puch yong'oqqa to'ldirdima butun qo'yningni
Ko'z yoshim ko'ribla ezma ko'nglingni
Yig'lagim kelyapti yig'laymi Ona...
SheRaLiYeV
Tanimaydi birov otimni
Kimga aytay arzu dodimni
Mening adabiyot o'qituvchim
Payqalmagan iste'dodimni
Katta odam bo'lmasam hamki
Katta shoir bo'lardim balki
Ustozlarim qilishgan chakki
Payqalmasdan iste'dodimni
Shoir bo'lish orzuim edi
Dardli dardlar mavzuyim edi
Topganim shu she'rlarim edi
Payqalmagan iste'dodimni
Men bolaydim menda ayb yo'q
Ichmaganda menda kayf yo'q
Qancha she'rlar bo'ldi hayf yo'q
Payqalmasdan iste'dodimni
Meni g'ishtga yo'naltirishdi
Pul topgin deb o'ylantirishdi
Rossiyaga so'ng yuborishdi
Payqalmasdan iste'dodimni
Mardikorman qalbim lek toza
Internetda nomim ovoza
Iste'dodim borligi rost a
Payqalmagan iste'dodimni...
SheRaLiYeV
Kimga aytay arzu dodimni
Mening adabiyot o'qituvchim
Payqalmagan iste'dodimni
Katta odam bo'lmasam hamki
Katta shoir bo'lardim balki
Ustozlarim qilishgan chakki
Payqalmasdan iste'dodimni
Shoir bo'lish orzuim edi
Dardli dardlar mavzuyim edi
Topganim shu she'rlarim edi
Payqalmagan iste'dodimni
Men bolaydim menda ayb yo'q
Ichmaganda menda kayf yo'q
Qancha she'rlar bo'ldi hayf yo'q
Payqalmasdan iste'dodimni
Meni g'ishtga yo'naltirishdi
Pul topgin deb o'ylantirishdi
Rossiyaga so'ng yuborishdi
Payqalmasdan iste'dodimni
Mardikorman qalbim lek toza
Internetda nomim ovoza
Iste'dodim borligi rost a
Payqalmagan iste'dodimni...
SheRaLiYeV
Uyi dang'illama,qurgani qasr
Ko'rsang Tojmahalday dala xovlisi
Ammo jiyanlari burda nonga zor
Majbur tanin sotar beva singlisi
Bu holni ko'rdim-u ezildi qalbim
Noinsof boylarga insof ber Robbim..!
Sheraliyev
Ko'rsang Tojmahalday dala xovlisi
Ammo jiyanlari burda nonga zor
Majbur tanin sotar beva singlisi
Bu holni ko'rdim-u ezildi qalbim
Noinsof boylarga insof ber Robbim..!
Sheraliyev
Uzoq yashamoqdan umid bor bo'lsa
Yurakda orzular rangi qor bo'lsa
Agar senga sog'lom tana kor bo'lsa
Sevish kerak bo'lsa o'zingni sevgin
Dilni dard kuyiga o'ynatmay desang
Vujudni hasratga o'rgatmay desang
Bekorga qalbingni qiynatmay desang
Sevish kerak bo'lsa o'zingni sevgin
Ilonlar chaqmasin desang qo'yningni
Har yerga tiqmagin do'stim bo'yningni
Erta qarimasin desang ko'nglingni
Sevish kerak bo'lsa o'zingni sevgin
Manzilga yetmagay yo'lda shoshgani
Uzoqqa bormagay haddan oshgani
Foyda bermas ekan sevsang boshqani
Sevish kerak bo'lsa o'zingni sevgin
Oshiq gadolardek kuylanmay desang
Hammaga kulgu ham bo'lmayin desang
Xasandek har kecha o'ylanmay desang
Sevish kerak bo'lsa o'zingni sevgin...!
SheRaLiYeV
Yurakda orzular rangi qor bo'lsa
Agar senga sog'lom tana kor bo'lsa
Sevish kerak bo'lsa o'zingni sevgin
Dilni dard kuyiga o'ynatmay desang
Vujudni hasratga o'rgatmay desang
Bekorga qalbingni qiynatmay desang
Sevish kerak bo'lsa o'zingni sevgin
Ilonlar chaqmasin desang qo'yningni
Har yerga tiqmagin do'stim bo'yningni
Erta qarimasin desang ko'nglingni
Sevish kerak bo'lsa o'zingni sevgin
Manzilga yetmagay yo'lda shoshgani
Uzoqqa bormagay haddan oshgani
Foyda bermas ekan sevsang boshqani
Sevish kerak bo'lsa o'zingni sevgin
Oshiq gadolardek kuylanmay desang
Hammaga kulgu ham bo'lmayin desang
Xasandek har kecha o'ylanmay desang
Sevish kerak bo'lsa o'zingni sevgin...!
SheRaLiYeV
Sizga ta'rif aytish juda ham qiyin
Ta'rifga yetmaydi lug'atu so'zlar
Sizlarga hurmatim cheksiz juda ham
Yigitlar qo'lidan tutmagan qizlar
Sira nam ko'rmagan ko'zingiz xumor
Tabiiy chiroyingiz bor, sizda bor viqor
Sirdoshingiz hayo, dugonangiz or
Yigitlar qo'lidan tutmagan qizlar
Xiyonat neligin bilmaydi ko'zlar
Vafoning aksidir iboli yuzlar
Sizning oldingizda ta'zimdamizlar
Yigitlar qo'lidan tutmagan qizlar
Begona qarasa yuzini burar
Yoshmi u keksami barini sizlar
O'zbek qandayligin ko'rsatib turar
Yigitlar qo'lidan tutmagan qizlar...
SheRaLiYeV
Ta'rifga yetmaydi lug'atu so'zlar
Sizlarga hurmatim cheksiz juda ham
Yigitlar qo'lidan tutmagan qizlar
Sira nam ko'rmagan ko'zingiz xumor
Tabiiy chiroyingiz bor, sizda bor viqor
Sirdoshingiz hayo, dugonangiz or
Yigitlar qo'lidan tutmagan qizlar
Xiyonat neligin bilmaydi ko'zlar
Vafoning aksidir iboli yuzlar
Sizning oldingizda ta'zimdamizlar
Yigitlar qo'lidan tutmagan qizlar
Begona qarasa yuzini burar
Yoshmi u keksami barini sizlar
O'zbek qandayligin ko'rsatib turar
Yigitlar qo'lidan tutmagan qizlar...
SheRaLiYeV
Dunyoning ishlari ajib va takror,
Mozorlar ustidan qurilar bozor
Har kuni ozorli har kuni ozor ,
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st?
Yiqilsang atayin tepkilaydi kim?
Ustingdan qum tuproq sepalaydi kim?
Xasan she'rin o'qib turmagin sen jim,
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st?
Qilgan hatomizga kimdir ko'z yumdi,
Bitta sham yondiyu bitta sham so'ndi.
Odamzod bariga chidadi ko'ndi,
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st?
Keldikmi asirmiz dunyo bir qafas
Omonat tanda jon har olgan nafas.
Yevropa o'zbekka qilyapti havas.
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st?
Kimni deb kimlardan kechdik ba'zida
Do'ppi tor chora yo'q yechdik ba'zida
O'ynadik taqdirning turli sozida
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st?
Hamma ham bir kuni bo'ladi unut
Belanchak minganni mindirar tobut
Yashnagan har narsa bo'lguvchi nobud
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st...?
Yevropa O'zbekka qilyapti havas
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st...
SheRaliYeV
Mozorlar ustidan qurilar bozor
Har kuni ozorli har kuni ozor ,
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st?
Yiqilsang atayin tepkilaydi kim?
Ustingdan qum tuproq sepalaydi kim?
Xasan she'rin o'qib turmagin sen jim,
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st?
Qilgan hatomizga kimdir ko'z yumdi,
Bitta sham yondiyu bitta sham so'ndi.
Odamzod bariga chidadi ko'ndi,
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st?
Keldikmi asirmiz dunyo bir qafas
Omonat tanda jon har olgan nafas.
Yevropa o'zbekka qilyapti havas.
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st?
Kimni deb kimlardan kechdik ba'zida
Do'ppi tor chora yo'q yechdik ba'zida
O'ynadik taqdirning turli sozida
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st?
Hamma ham bir kuni bo'ladi unut
Belanchak minganni mindirar tobut
Yashnagan har narsa bo'lguvchi nobud
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st...?
Yevropa O'zbekka qilyapti havas
Aytkan so'zlarimga nima deysan do'st...
SheRaliYeV
Chidolmaysiz g'iybat qilsa qizingizni
О'ziz g'iybat qilasiz har kun qо'shningizni,
О'ylamaysiz ohiratdagi kuningizni,
Jahannamga bezak bо'lgan g'iybatchilar!
Bir kun sizning tilingizni chayon yalar,
Vujudingiz qurtu-qumursqalar talar
U joy esa jahannam deb atalar,
Jannatlari armon bо'lgan g'iybatchilar!
Ayol emas g'iybatni ham qilar erkak,
Erkak emas, asli ismi g'irt hezalak
Lanat aytar unga butun osmon falak,
Ayol sifat bо'lib qolgan g'iybatchilar!
Shayton sizdan о'rnak olar qarab turib,
Orqasidan gap qilasiz yuzlariga kulib turib,
Qiyomatda bir tog' bilan urib turib,
Jahannamga otilgaysiz g'iybatchilar!
SheRaLiYeV
О'ziz g'iybat qilasiz har kun qо'shningizni,
О'ylamaysiz ohiratdagi kuningizni,
Jahannamga bezak bо'lgan g'iybatchilar!
Bir kun sizning tilingizni chayon yalar,
Vujudingiz qurtu-qumursqalar talar
U joy esa jahannam deb atalar,
Jannatlari armon bо'lgan g'iybatchilar!
Ayol emas g'iybatni ham qilar erkak,
Erkak emas, asli ismi g'irt hezalak
Lanat aytar unga butun osmon falak,
Ayol sifat bо'lib qolgan g'iybatchilar!
Shayton sizdan о'rnak olar qarab turib,
Orqasidan gap qilasiz yuzlariga kulib turib,
Qiyomatda bir tog' bilan urib turib,
Jahannamga otilgaysiz g'iybatchilar!
SheRaLiYeV
Tunlar tongga berganda salom
Har soniya etganda davom
Quyosh botib cho'kkanda oqshom
Sen ham meni eslaganmisan
Sog'inch bag'ring qilganda kabob
Sharbat deya ichganda sharob
Ko'zlaringdan to'kilib zardob
Sen ham meni eslaganmisan
Qalbing to'lib ming xil orzuga
Ko'zing ketmay har tun uyquga
Har tong qaraganda ko'zguga
Sen ham meni eslaganmisan
Qalbda nafrat izhor bo'lsa ham
Sevgim senga inkor bo'lsa ham
Rostini ayt bir bor bo'lsa ham
Sen ham meni eslaganmisan
Chin oshiq yo'q bilsang men kabi
Toshdan qattiq qalbing gavhari
Tunlar mendek bir bor aqalli
Sen ham meni eslaganmisan...?
Sheraliyev
Har soniya etganda davom
Quyosh botib cho'kkanda oqshom
Sen ham meni eslaganmisan
Sog'inch bag'ring qilganda kabob
Sharbat deya ichganda sharob
Ko'zlaringdan to'kilib zardob
Sen ham meni eslaganmisan
Qalbing to'lib ming xil orzuga
Ko'zing ketmay har tun uyquga
Har tong qaraganda ko'zguga
Sen ham meni eslaganmisan
Qalbda nafrat izhor bo'lsa ham
Sevgim senga inkor bo'lsa ham
Rostini ayt bir bor bo'lsa ham
Sen ham meni eslaganmisan
Chin oshiq yo'q bilsang men kabi
Toshdan qattiq qalbing gavhari
Tunlar mendek bir bor aqalli
Sen ham meni eslaganmisan...?
Sheraliyev
Bizga armon balki kulib boqmasdi
Tikonlar chiqmasdi yurgan yo'limda
Balki ko'zingdan ham yoshlar oqmasdi
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Rost ekan sevgi yosh tanlamas ekan
Muhabbat yonsa gar seni ko'zingda
Yangalar bizga ham aytardi o'lan
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Qayerda bo'lsang ham topib olardim
Mendan kichik bo'lib tug'ilganingda
Bir umr yoningda doim bo'lardim
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Ko'zimiz kulsa ham tanamiz o'lik
Chiroq yorishmaydi hech ko'nglimizda
Sevgimiz juvarmand bo'lmasdi sho'rlik
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Bilmadim qayoqda tugar yo'limiz
Yana qancha bo'lar yosh ko'zimizda
Bo'lardi bizning ham nikoh to'yimiz
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Topilardi dildagi,savol javobi
Hammasini bo'lardi o'z qo'llarimda
Bo'lardik gap so'zu g'iybatdan holi
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Halovat bo'lardi kunu tunimda
Men sendan avvalroq tug'ilganimda...
(Bir do'stimiz iltimoslariga binoan shaxsiy hayotdan holi she'r!)
SheRaLiYeV
Tikonlar chiqmasdi yurgan yo'limda
Balki ko'zingdan ham yoshlar oqmasdi
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Rost ekan sevgi yosh tanlamas ekan
Muhabbat yonsa gar seni ko'zingda
Yangalar bizga ham aytardi o'lan
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Qayerda bo'lsang ham topib olardim
Mendan kichik bo'lib tug'ilganingda
Bir umr yoningda doim bo'lardim
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Ko'zimiz kulsa ham tanamiz o'lik
Chiroq yorishmaydi hech ko'nglimizda
Sevgimiz juvarmand bo'lmasdi sho'rlik
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Bilmadim qayoqda tugar yo'limiz
Yana qancha bo'lar yosh ko'zimizda
Bo'lardi bizning ham nikoh to'yimiz
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Topilardi dildagi,savol javobi
Hammasini bo'lardi o'z qo'llarimda
Bo'lardik gap so'zu g'iybatdan holi
Men sendan avvalroq tug'ilganimda
Halovat bo'lardi kunu tunimda
Men sendan avvalroq tug'ilganimda...
(Bir do'stimiz iltimoslariga binoan shaxsiy hayotdan holi she'r!)
SheRaLiYeV
Bir Opa iltimosiga binoan ...
Bir boshida turfa savdo o'ylar hamon
Iztirobda alamlardan ko'ngli vayron
Mayus mungli ko'zlarida abru nayson
Xayot zaxmin tortib borar hardam hayol
G'am g'ussaga botib borar yolg'iz ayol.
Dunyoni ming lazzatlari unga taxir
Malomatni toshlaridan qondir bag'r
Farzandi deb sitamlarga qilar sabr
Garchi o'tgan masrur damlar endi maxol
Yorug' kunni kutib yashar yolg'iz ayol.
Ko'zlar kulmas bayramlarga yo'q toqati
Mitti qalbda tog'larcha bor sadoqati
Xasanjondek tanida yo'q halovati
Hazon fasli kelmay so'ngan g'uncha misol
Armonlarga to'lib yashar yolg'iz ayol
Dunyo sinov boshingdan g'am arimaydi
Yoshing o'tar sitamlaring qarimaydi
Dunyo seni ko'z yoshinga arzimaydi.
Ibo senda hayo senda sohibjamol
Tangri sinov berib suygan yolg'iz ayol..
SheRaliYeV
Bir boshida turfa savdo o'ylar hamon
Iztirobda alamlardan ko'ngli vayron
Mayus mungli ko'zlarida abru nayson
Xayot zaxmin tortib borar hardam hayol
G'am g'ussaga botib borar yolg'iz ayol.
Dunyoni ming lazzatlari unga taxir
Malomatni toshlaridan qondir bag'r
Farzandi deb sitamlarga qilar sabr
Garchi o'tgan masrur damlar endi maxol
Yorug' kunni kutib yashar yolg'iz ayol.
Ko'zlar kulmas bayramlarga yo'q toqati
Mitti qalbda tog'larcha bor sadoqati
Xasanjondek tanida yo'q halovati
Hazon fasli kelmay so'ngan g'uncha misol
Armonlarga to'lib yashar yolg'iz ayol
Dunyo sinov boshingdan g'am arimaydi
Yoshing o'tar sitamlaring qarimaydi
Dunyo seni ko'z yoshinga arzimaydi.
Ibo senda hayo senda sohibjamol
Tangri sinov berib suygan yolg'iz ayol..
SheRaliYeV