Ko'nglim dardi o'zimga yetar
Shamollar xam qarshi esmoqda
Bu kunlar ham o'tadi ketar
Uyda Onam meni kutmoqda!
Yo'qligimida zorlanib kutgan
Dilimga bir alam botmoqda
O'zi yemay borini tutgan
Uyda Onam meni kutmoqda!
Dardlarimni kimga aytayin
Bugun Xasan alam yutmoqda
Bog'dodimga tezroq qaytayin
Uyda Onam meni kutmoqda!
Do'st bilganim begona bo'ldi
Xatto soyam nari ketmoqda
Telefon qilsam kel der ho'rsinib
Uyda Onam meni kutmoqda
Sog'indim men sizni Onajon
Masofalar yo'lim to'smoqda
Duosidan gullagan chaman
Uyda Onam meni kutmoqda!
SheRaliYeV
Shamollar xam qarshi esmoqda
Bu kunlar ham o'tadi ketar
Uyda Onam meni kutmoqda!
Yo'qligimida zorlanib kutgan
Dilimga bir alam botmoqda
O'zi yemay borini tutgan
Uyda Onam meni kutmoqda!
Dardlarimni kimga aytayin
Bugun Xasan alam yutmoqda
Bog'dodimga tezroq qaytayin
Uyda Onam meni kutmoqda!
Do'st bilganim begona bo'ldi
Xatto soyam nari ketmoqda
Telefon qilsam kel der ho'rsinib
Uyda Onam meni kutmoqda
Sog'indim men sizni Onajon
Masofalar yo'lim to'smoqda
Duosidan gullagan chaman
Uyda Onam meni kutmoqda!
SheRaliYeV
Ishlar edim seni o'ylab har kuni
Azob bersa hamki qishning sovuq tuni.
O'zgaga bir suyukli yor bo'ldingmi sen
Men musofir yurtda edim to'ying kuni
Bandi nozik gul qiyosli kelinchaksan
Tikonlarin menga tiqqan moychechaksan
Bu kunlarni ko'rmasdan men bo'lmasmi o'lsam
Men musofir yurtda edim to'ying kuni
Shuncha fursat o'z ishimla band bo'libman
Tirikchilik yumishimla band bo'libman
Endi bildim tirik chog'da men o'libman
Men musofir yurtda edim to'ying kuni
Yor yor tinglab dil ezmadim bunga sabab
O'sha kuni maylar ichdim bunga sabab
Borib to'ying buzolmadim bunga sabab
Men musofir yurtda edim to'ying kuni
Qo'lim ishga bormas endi dardim o'ylab
O'z qo'limdan chiqib ketgan baxtim o'ylab
O'zga yurtda o'tiribman qalbim qiynab
Men musofir yurtda edim to'ying kuni....
SheRaLiYeV
Azob bersa hamki qishning sovuq tuni.
O'zgaga bir suyukli yor bo'ldingmi sen
Men musofir yurtda edim to'ying kuni
Bandi nozik gul qiyosli kelinchaksan
Tikonlarin menga tiqqan moychechaksan
Bu kunlarni ko'rmasdan men bo'lmasmi o'lsam
Men musofir yurtda edim to'ying kuni
Shuncha fursat o'z ishimla band bo'libman
Tirikchilik yumishimla band bo'libman
Endi bildim tirik chog'da men o'libman
Men musofir yurtda edim to'ying kuni
Yor yor tinglab dil ezmadim bunga sabab
O'sha kuni maylar ichdim bunga sabab
Borib to'ying buzolmadim bunga sabab
Men musofir yurtda edim to'ying kuni
Qo'lim ishga bormas endi dardim o'ylab
O'z qo'limdan chiqib ketgan baxtim o'ylab
O'zga yurtda o'tiribman qalbim qiynab
Men musofir yurtda edim to'ying kuni....
SheRaLiYeV
Hurmatli o'qishga kirgan abiturientlar tabrikliman!!!
Tabriklayman! Boshlay so'zlarim
Bugun ular quvonchga to'lsin
Oliygohga kirgan dõstlarim
Talabalik muborak bo'lsin!
Boshladingiz yangi bir hayot
Omad hamroh bo'lib umrbod
Ilm olib bo'ling siz Suqrot
Talabalik muborak bo'lsin!
Qancha hursand qarang Otangiz
Sevinchdan yosh to'kar Onangiz
Ishonchlarni oqladingiz siz
Talabalik muborak bo'lsin!
Loladek gul bergandek qirga
Sizning yo'ldan bersinda bizga
Xasan bugun havasda sizga
Talabalik muborak bo'lsin!
SheRaLiYeV
Tabriklayman! Boshlay so'zlarim
Bugun ular quvonchga to'lsin
Oliygohga kirgan dõstlarim
Talabalik muborak bo'lsin!
Boshladingiz yangi bir hayot
Omad hamroh bo'lib umrbod
Ilm olib bo'ling siz Suqrot
Talabalik muborak bo'lsin!
Qancha hursand qarang Otangiz
Sevinchdan yosh to'kar Onangiz
Ishonchlarni oqladingiz siz
Talabalik muborak bo'lsin!
Loladek gul bergandek qirga
Sizning yo'ldan bersinda bizga
Xasan bugun havasda sizga
Talabalik muborak bo'lsin!
SheRaLiYeV
Sheraliyev She'rlari
Azizlarim man talaba boldim
Hursandsan talaba bo'lding
Men ham bir qarich o'sdim!
Qutlayman chin qalbimdan
Talaba bo'lgan do'stim!
Quvonchdan yig'layapsan
O'zinga sig'mayapsan
Aqlinga berishdi tan
Talaba bo'lgan do'stim!
Orzuyinga yet endi
Baland parvoz et endi
O'qi shimarib yengni
Talab bo'lgan do'stim!
Qutlar o'zing sevgan yor
U doim sengadir zor
Bo'lsin doim omad yor
Talaba bo'lgan do'stim!
Chekinmay olg'a yurding
Mehnat mahsulin ko'rding
Bitta osh qarz bo'lding
Talaba bo'lgan do'stim!
Sheraliyev
@Eldarchikh_o1o uchun😊
Men ham bir qarich o'sdim!
Qutlayman chin qalbimdan
Talaba bo'lgan do'stim!
Quvonchdan yig'layapsan
O'zinga sig'mayapsan
Aqlinga berishdi tan
Talaba bo'lgan do'stim!
Orzuyinga yet endi
Baland parvoz et endi
O'qi shimarib yengni
Talab bo'lgan do'stim!
Qutlar o'zing sevgan yor
U doim sengadir zor
Bo'lsin doim omad yor
Talaba bo'lgan do'stim!
Chekinmay olg'a yurding
Mehnat mahsulin ko'rding
Bitta osh qarz bo'lding
Talaba bo'lgan do'stim!
Sheraliyev
@Eldarchikh_o1o uchun😊
Bu yil talabalik baxti nasib qilmagan do'stlarimiz uchun...
Afsuslar egkanda boshingiz
Men sizga rost so'zni so'zladim
Siz xali ko'p ishga qodirsiz
Talaba bo'lmagan do'stlarim
Intilgan ilojin topadi
Xatolar daftarin yopadi
Yaxshi ot keyinroq chopadi
Talaba bo'lmagan do'stlarim
Ilmga baxshida qalb qo'ri
"Xech ortga qaytma'' der g'ururi
Eng zo'ri bo'lasiz, eng zo'ri
Talaba bo'lmagan do'stlarim
Tog'lardek mustahkam axdingiz
Dunyoni lol qilsin shaxtingiz
Albatta kuladi baxtingiz
Talaba bo'lmagan do'stlarim...
Sheraliyev
Afsuslar egkanda boshingiz
Men sizga rost so'zni so'zladim
Siz xali ko'p ishga qodirsiz
Talaba bo'lmagan do'stlarim
Intilgan ilojin topadi
Xatolar daftarin yopadi
Yaxshi ot keyinroq chopadi
Talaba bo'lmagan do'stlarim
Ilmga baxshida qalb qo'ri
"Xech ortga qaytma'' der g'ururi
Eng zo'ri bo'lasiz, eng zo'ri
Talaba bo'lmagan do'stlarim
Tog'lardek mustahkam axdingiz
Dunyoni lol qilsin shaxtingiz
Albatta kuladi baxtingiz
Talaba bo'lmagan do'stlarim...
Sheraliyev
Balki senga yurak edim qachonlardir
Yo shunchaki ermak edim qachonlardir
Ermakkami yurakgami ne bo'lsaham
Ahir senga kerak edim qachonlardir
Yuzing silar yomg'ir edim tinib bo'ldim
Sensizlikga bahtsizlikga ko'nib bo'ldim
O'lim shartmas men shundog'am o'lib bo'ldim
Sevging bilan Tirik edim qachonlardir...
Ahir senga kerak edim qachonlardir...
Sheraliyev
Yo shunchaki ermak edim qachonlardir
Ermakkami yurakgami ne bo'lsaham
Ahir senga kerak edim qachonlardir
Yuzing silar yomg'ir edim tinib bo'ldim
Sensizlikga bahtsizlikga ko'nib bo'ldim
O'lim shartmas men shundog'am o'lib bo'ldim
Sevging bilan Tirik edim qachonlardir...
Ahir senga kerak edim qachonlardir...
Sheraliyev
Qurilish sahar tong uyg'onish
Tugatdi meni bu ishlarim
Bezidim,bezidim og'riqdan
Sug'urib olsaydim tishlarim!
Og'rimay o'tgan bir kunim yo'q
Og'riqsiz o'tgan bir tunim yo'q
Doktorga borgani pulim yo'q
Sug'urib olsaydim tishlarim!
Odamlar dardimni bilmadi
Bilishdi pul ketar.. ilmadi!
Menda shu boshqa yo'l qolmadi
Sug'urib olsaydim tishlarim!
Shirinlik doim ko'p yeyishdi
Mushtlar yeb va yana sinishdi...
Og'rishib jonimga tegishdi,
Sug'urib olsaydim tishlarim...
Sheraliyev
Tugatdi meni bu ishlarim
Bezidim,bezidim og'riqdan
Sug'urib olsaydim tishlarim!
Og'rimay o'tgan bir kunim yo'q
Og'riqsiz o'tgan bir tunim yo'q
Doktorga borgani pulim yo'q
Sug'urib olsaydim tishlarim!
Odamlar dardimni bilmadi
Bilishdi pul ketar.. ilmadi!
Menda shu boshqa yo'l qolmadi
Sug'urib olsaydim tishlarim!
Shirinlik doim ko'p yeyishdi
Mushtlar yeb va yana sinishdi...
Og'rishib jonimga tegishdi,
Sug'urib olsaydim tishlarim...
Sheraliyev
U paytlar men yosh bola,
Maktabda o'qir edim.
O'shanda ham hozirday
Go'l edim, faqir edim.
Bo'lmas ekan yoronlar
Dil deganning tizgini.
Men bilmayin sevibman
Bir puldorning qizini.
Bir juft charos donasi -
Ko'zlari qaro edi,
Shu suluvning ishqida
Yuragim yaro edi.
Dars kirmasdi quloqqa
Xayolimni buzmasdim.
Menga tez-tez qarardi,
Men ham ko'zim uzmasdim.
Shu qizga baxsh etgandim
Borlig'imni, mehrimni.
Unga atab bitgandim
Eng birinchi she'rimni.
Bir kun to'sdim yo'lini
- Gapga quloq sol, dedim.
Seni yaxshi ko'raman,
Menga tega qol, dedim.
Avval qotdi hayratda,
Pirpiradi ko'zlari.
So'ng puflangan cho'g' misol,
Lov qizardi yuzlari:
- Qo'ling kalta, etmaydi
Men ko'kdagi oy, dedi.
Otam senga bermaydi,
U juda ham boy, dedi.
Shu choq go'yo ko'ksimga
O'q otildi varanglab
So'nggi so'zi to hanuz
Qulog'imda jaranglar.
- Tushun qorin to'ymaydi
Axir quruq she'r bilan...
Yashayapti u hozir
Ko'nglidagi er bilan
To'g'ri aytgan ekan u
Keyin anglab etganman.
O'zi...manov she'rni ham
Och qoringa bitganman...
SheRaLiYeV
Maktabda o'qir edim.
O'shanda ham hozirday
Go'l edim, faqir edim.
Bo'lmas ekan yoronlar
Dil deganning tizgini.
Men bilmayin sevibman
Bir puldorning qizini.
Bir juft charos donasi -
Ko'zlari qaro edi,
Shu suluvning ishqida
Yuragim yaro edi.
Dars kirmasdi quloqqa
Xayolimni buzmasdim.
Menga tez-tez qarardi,
Men ham ko'zim uzmasdim.
Shu qizga baxsh etgandim
Borlig'imni, mehrimni.
Unga atab bitgandim
Eng birinchi she'rimni.
Bir kun to'sdim yo'lini
- Gapga quloq sol, dedim.
Seni yaxshi ko'raman,
Menga tega qol, dedim.
Avval qotdi hayratda,
Pirpiradi ko'zlari.
So'ng puflangan cho'g' misol,
Lov qizardi yuzlari:
- Qo'ling kalta, etmaydi
Men ko'kdagi oy, dedi.
Otam senga bermaydi,
U juda ham boy, dedi.
Shu choq go'yo ko'ksimga
O'q otildi varanglab
So'nggi so'zi to hanuz
Qulog'imda jaranglar.
- Tushun qorin to'ymaydi
Axir quruq she'r bilan...
Yashayapti u hozir
Ko'nglidagi er bilan
To'g'ri aytgan ekan u
Keyin anglab etganman.
O'zi...manov she'rni ham
Och qoringa bitganman...
SheRaLiYeV