Qarzdagi ribo bilan savdodagi ribo oʻrtasidagi farqni bilib olish juda muhim. Bu ikki ribo turi quyidagi
@Ribo_ahkomi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2💯1🏆1
🖇️ Qarzda har qanday narsada ribo boʻlishi mumkinligaga dalillar:
1) Imom Tabariy «Riboni bir necha barobar qilib yemanglar» oyati tafsirida quyidagi rivoyatni keltiradi: «Zayd ibn Aslam rodiallohu anhu aytadi: “Johiliyatdagi ribo hayvonning yoshini ziyoda qilish orqali ziyoda boʻlardi. Bir kishining boshqa kishida haqqi boʻlar, muddati kelganda borib, “Qarzingni toʻlaysanmi yoki ustiga qoʻshasanmi?” – derdi. Agar qarzini toʻlashga biror narsasi boʻlsa, qarzini toʻlardi. Agar qarzini toʻlashga qurbi yetmasa, undan kattaroq yoshga oʻtkazib yuborardi. Agar bir yoshli tuya berishi kerak boʻlsa, “Ikkinchi yil berasan, lekin 2 yoshli tuya berasan”, deb aytardi. Keyingi yili yana qarzini toʻlay olmasa, “Mayli, keyinli yil berasan, lekin 3 yoshli tuya berasan”, deb aytardi va shu tarzda oshib ketaverardi».
📚 «Tafsiri Tabariy», 6/50
Demak, johiliyatdagi ribo hayvonning yoshini oshirishdan iborat boʻlgan. Holbuki, tuya Rosululloh sollallohu alayhi va sallam hadisda zikr qilgan 6ta narsaning ham, unga qiyos qilingan narsalarning ham orasida yoʻq. Bu qarz ribosining hamma narsada boʻlishida dalil hisoblanadi.
2) Ulamolar qarzdagi ribo har qanday narsada boʻlishini bir ovozdan ta’kidlaganlar. Hatto zohiriy mazhab ulamolari ham savdodagi ribo hadisda sanalgan 6ta narsagagina cheklanishini aytib, qarzdagi ribo hamma narsada boʻladi, deyishgan.
Zohiriylardan Ibn Hazm rohimahulloh shunday deydi: “Ribo savdoda yoki qarzda boʻladi… Qarzdagi ribo hamma narsada boʻladi. Biron narsani koʻproq yoki kamroq qaytarib berish sharti bilan qarzga berish halol emas. Shubhasiz, bu ijmo’ qilingan masaladir”.
📚 «Muhallo», 7/401
3) «Foyda keltirgan har qanday qarz ribodir», qoidasiga ulamolar ittifoq qilishgan. Ushbu ikki riboning orasini ajratmoq zarurligini isbotlash uchun ikkita masalani zikr qilamiz. Maqsadimiz — bu ikki riboning farqi yanada ayon boʻlsin.
1) Ba’zi kimsalar “Bankka pul qoʻyib, ziyodasini olish ribo emas. Chunki qogʻoz pullar Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning zamonlarida boʻlmagan, hadisda sanalgan 6ta narsaga ham, ularga qiyos qilinadigan mollarga ham kirmaydi”, deyishadi.
Bunga javob shuki, birinchidan, qogʻoz pullar Rosululloh sollallohu alayhi va sallam hadislarida sanab oʻtilgan oltin va kumushlarga qiyos qilinadi. Qiyos qilinmaydi, degan soʻz zaifdir. Mabodo, qiyos qilinmaydi, degan soʻzni qabul qilsak ham, bankka qoʻyilayotgan pul qarzga berilayotgan pul hisoblanadi. Bank qarzni foizi bilan qaytarsa, bu qarz ribosi boʻladi. Qarzdagi ribo esa hadisda kelgan 6ta narsada yoki ularga qiyos qilingan narsalarda boʻlishi shart. Balki qarz ribosi har qanday narsada joriy boʻlaveradi.
2) Ba’zi davlatlarda uyali telefonlarning hisobidagi mablagʻ tugab qolsa, aloqa shirkati sizning raqamingizdagi hisobga qarzga mablagʻ oʻtkazib beradi. Keyin siz hisobingizga pul oʻtkazganingizda qarzingizni foizi bilan olib qoladi. Agar siz shirkatdan hisobingizga 200 soʻm qarz olsangiz, keyin hisobingizga pul tushganida 200 soʻm oʻrniga 250 soʻm olib qolsa, bu ayni ribo boʻladi. Chunki qarzdagi ribo hamma narsada boʻlishi aytib oʻtildi.
⚖️ @Ribo_ahkomi

🔥1
⚠️ FOYDA KELTIRGAN HAR QANDAY QARZ RIBODIR!
Oldingi boblarda ribo ikki qismga boʻlib zikr qilingan edi: qarzdagi ribo va savdodagi ribo. Qarzdagi riboning oʻzi 3 qismga boʻlingan edi. Ushbu qoida qarzdagi riboning birinchi turiga taalluqlidir.
Qoidaga e’tibor bersangiz, «Foyda keltirgan har qanday qarz ribodir», deyilmoqda. Ammo qarz orqali kelgan foyda har doim ham ribo boʻlavermaydi.
Bu qoida ikki asosiy qismga boʻlinadi:
1) Shart qilingan foyda.
2) Shart qilinmagan foyda.
❕ Qarz berayotgan vaqtda ortigʻi bilan qaytarish shart qilinsa, shart orqali foyda kelgan boʻladi. Ba’zan shart qilinmaydi, lekin qarzdor ixtiyoriy ravishda olgan qarzini ortigʻi bilan qaytaradi. Bu shart qilinmagan foyda boʻladi. Shuning uchun ushbu qoida 2 qismga boʻlib zikr qilinadi.
🔸 Shart qilingan foydaning hukmi.
🔸Shart qilinmagan foydaning hukmi.

👍1🔥1
📍Birinchi qism. Shart qilingan foydaning hukmi
Bu qism toʻrtta masalani oʻz ichiga oladi:
1. Qarz berayotgan vaqtda ziyodasi bilan qaytarishni shart qilish.
2. Qarzda savdoni shart qilish.
3. Qarzda qarzni shart qilish.
4. Qarzni berib, uni boshqa joyda toʻlashni shart qilish.

🔥1😢1
1️⃣- mas’ala: Qarzni berayotgan vaqtda ziyodani shart qilish
Qarzda ziyodani shart qilmoq, mazkur ziyodaning sonda, sifatda, hizmatda yoki boshqa bir narsada boʻlishidan qat’iy nazar, mutlaqo mumkin emas. Quyida ularning har biriga misollar keltirib oʻtamiz.
1) Agar 10.000 soʻm qarzni 11.000 soʻm qilib qaytarish shart qilinsa, sanoq jihatdan ribo boʻladi. Yoki 10ta qoʻyni qarzga berib, 11ta qilib qaytarish shart qilinsa, bu ham sonda ribo boʻladi.
2) Birov bir qop yomon guruchni qarzga berib, bir qop yaxshi guruch qaytarishni shart qilsa, sifat jihatidan ribo boʻladi. Ya’ni bir qopga bir qop boʻlgani uchun son jihatidan ribo boʻlmaydi, lekin sifat jihatidan ribo boʻladi.
3) Agar 10.000 soʻm qarz berib, qaytarayotganda bitta qoʻy yoki kiyim qoʻshib berishi shart qilinsa, muayyan narsada ribo qilgan boʻladi.
4) Bir kishi boshqa birovga 10.000 soʻm qarz beradi va evaziga uning mashinasida bir joyga borib kelishni talab qiladi yoki qoʻshnisi qarz soʻraganda “Qarz beraman, ayoling yoki qizing mening ayolimga yordamlashsin”, deb shart qoʻyadi. Bu ma’lum hizmat turidagi ribo boʻladi.
Qarz berayotgan biron ziyodani shart qilmasa ham, qarzdorning qarz toʻlashga imkoniyati boʻlmasa, qarz bergan kishi biror hizmat evaziga toʻlov muddatini choʻzsa, riboga qoʻl urgan boʻladi.
🔘 Qarzda biror manfaatni shart qilishning ribo ekaniga dalillar:
📖
“Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni boʻlgan kishidek dovdirab turardilar. Bunday boʻlishiga ularning, tijorat ham riboga oʻxshashda, deganlari uchundir. Va holbuki, Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan. Kimki Robbidan mav’iza kelganda toʻxtasa, avval oʻtgani oʻziga va uning ishi Allohga havola. Kimki yana (riboga) qaytsa, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. (Baqara: 275)
{یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ لَا تَأۡكُلُوا۟ ٱلرِّبَوٰۤا۟ أَضۡعَـٰفࣰا مُّضَـٰعَفَةࣰۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ }
"Ey iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib yemang. Allohga taqvo qiling, shoyat-ki, najot topsangiz". (Oli Imron:130)
📚
💬
Said ibn Abu Burda otasidan rivoyat qiladi: “Madinaga kelib, Abdulloh ibn Salom rodiallohu anhu bilan uchrashdim. U: «(Menikiga) kelmaysanmi, seni hurmo va talqon bilan siylardim, bir uyga kirarding», dedi. Keyin: «Sen ribo keng tarqalgan yerdasan. Agar birovga haqqing boʻlsa va u senga bir quchoq pichan, arpa yoki beds hadiya qilsa, uni olmagin, chunki u ribodir», deb aytdi”. 📗 Sahihi Buxoriy, 3814
❕Diqqat qiling, Abdulloh ibn Salom rodiallohu anhu qarzda shart qilinmagan foydani ham ribo demoqda. Agar qarz berishda shart qilingan boʻlsa, uning haromligida shak-shubha yoʻq.
👥
📙 “Umdatul qoriy”, 12/45.
Ali rodiallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Har qanday foyda keltirgan qarz ribodir”.
📘 Ibn Abu Shayba, “Musannaf”,20690
➖ Ushu rivoyatni Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga nisbat bermoq sanad jihatidan zaifdir.
Qarzda ziyodani shart qilmoq, mazkur ziyodaning sonda, sifatda, hizmatda yoki boshqa bir narsada boʻlishidan qat’iy nazar, mutlaqo mumkin emas. Quyida ularning har biriga misollar keltirib oʻtamiz.
1) Agar 10.000 soʻm qarzni 11.000 soʻm qilib qaytarish shart qilinsa, sanoq jihatdan ribo boʻladi. Yoki 10ta qoʻyni qarzga berib, 11ta qilib qaytarish shart qilinsa, bu ham sonda ribo boʻladi.
2) Birov bir qop yomon guruchni qarzga berib, bir qop yaxshi guruch qaytarishni shart qilsa, sifat jihatidan ribo boʻladi. Ya’ni bir qopga bir qop boʻlgani uchun son jihatidan ribo boʻlmaydi, lekin sifat jihatidan ribo boʻladi.
3) Agar 10.000 soʻm qarz berib, qaytarayotganda bitta qoʻy yoki kiyim qoʻshib berishi shart qilinsa, muayyan narsada ribo qilgan boʻladi.
4) Bir kishi boshqa birovga 10.000 soʻm qarz beradi va evaziga uning mashinasida bir joyga borib kelishni talab qiladi yoki qoʻshnisi qarz soʻraganda “Qarz beraman, ayoling yoki qizing mening ayolimga yordamlashsin”, deb shart qoʻyadi. Bu ma’lum hizmat turidagi ribo boʻladi.
Qarz berayotgan biron ziyodani shart qilmasa ham, qarzdorning qarz toʻlashga imkoniyati boʻlmasa, qarz bergan kishi biror hizmat evaziga toʻlov muddatini choʻzsa, riboga qoʻl urgan boʻladi.
🔘 Qarzda biror manfaatni shart qilishning ribo ekaniga dalillar:
📖
Qur’ondan dalillar:
{ٱلَّذِینَ یَأۡكُلُونَ ٱلرِّبَوٰا۟ لَا یَقُومُونَ إِلَّا كَمَا یَقُومُ ٱلَّذِی یَتَخَبَّطُهُ ٱلشَّیۡطَـٰنُ مِنَ ٱلۡمَسِّۚ ذَ ٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ قَالُوۤا۟ إِنَّمَا ٱلۡبَیۡعُ مِثۡلُ ٱلرِّبَوٰا۟ۗ وَأَحَلَّ ٱللَّهُ ٱلۡبَیۡعَ وَحَرَّمَ ٱلرِّبَوٰا۟ۚ فَمَن جَاۤءَهُۥ مَوۡعِظَةࣱ مِّن رَّبِّهِۦ فَٱنتَهَىٰ فَلَهُۥ مَا سَلَفَ وَأَمۡرُهُۥۤ إِلَى ٱللَّهِۖ وَمَنۡ عَادَ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ أَصۡحَـٰبُ ٱلنَّارِۖ هُمۡ فِیهَا خَـٰلِدُونَ }“Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni boʻlgan kishidek dovdirab turardilar. Bunday boʻlishiga ularning, tijorat ham riboga oʻxshashda, deganlari uchundir. Va holbuki, Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan. Kimki Robbidan mav’iza kelganda toʻxtasa, avval oʻtgani oʻziga va uning ishi Allohga havola. Kimki yana (riboga) qaytsa, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. (Baqara: 275)
{یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ لَا تَأۡكُلُوا۟ ٱلرِّبَوٰۤا۟ أَضۡعَـٰفࣰا مُّضَـٰعَفَةࣰۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ }
"Ey iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib yemang. Allohga taqvo qiling, shoyat-ki, najot topsangiz". (Oli Imron:130)
📚
HADISDAN DALILLAR:
Anas ibn Molik rodiallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “ Sizlardan birortangiz birovga qarz bersa, qarzdor unga biror hadiya qilsa yoki uloviga mindirsa, hargiz minmasin va hadiyasini ham qabul qilmasin. Faqat qarzdan avval oralarida hadiya berish odatlari bor boʻlsa, bundan mustasno”. 📕 Sunan ibn Moja, 2526💬
SAHOBIYNING SOʻZIDAN DALILLAR:
Imom Buxoriy rohimahulloh oʻzining sahih toʻplamlarida quyidagi rivoyatni zikr qiladi: Said ibn Abu Burda otasidan rivoyat qiladi: “Madinaga kelib, Abdulloh ibn Salom rodiallohu anhu bilan uchrashdim. U: «(Menikiga) kelmaysanmi, seni hurmo va talqon bilan siylardim, bir uyga kirarding», dedi. Keyin: «Sen ribo keng tarqalgan yerdasan. Agar birovga haqqing boʻlsa va u senga bir quchoq pichan, arpa yoki beds hadiya qilsa, uni olmagin, chunki u ribodir», deb aytdi”. 📗 Sahihi Buxoriy, 3814
❕Diqqat qiling, Abdulloh ibn Salom rodiallohu anhu qarzda shart qilinmagan foydani ham ribo demoqda. Agar qarz berishda shart qilingan boʻlsa, uning haromligida shak-shubha yoʻq.
👥
IJMO’DAN DALILLAR:
Badriddin Ayniy rohimahulloh aytdi: “Musulmonlar qarzda ziyodani shart qilish harom ekaniga ijmo’ qilishgan”.📙 “Umdatul qoriy”, 12/45.
Ali rodiallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Har qanday foyda keltirgan qarz ribodir”.
📘 Ibn Abu Shayba, “Musannaf”,20690
➖ Ushu rivoyatni Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga nisbat bermoq sanad jihatidan zaifdir.
👍2
Ammo ma’no jihatidan sahih ekaniga ulamolar ittifoq qilishgan. Uni yuqoridagi ijmo’ ham quvvatlaydi.
⚖️ @Ribo_ahkomi
⚖️ @Ribo_ahkomi
👍2🔥1
2️⃣- mas’ala: Qarzda savdoni shart qilish
Masalan, bir kishi birovdan 10.000 soʻm qarz soʻraydi. Qarz beruvchi oʻzing sotilmayotgan bir molini sotib olishni shart qiladi. Ya’ni, qarzda savdoni shart qiladi yoki qarz oluvchining bir narsasini oʻziga sotishini shart qilib, keyin qarz berishga rozi boʻladi. Bunday shart qoʻymoq bilittifoq haromdir.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
“Bir vaqtning oʻzida qarz bilan savdonu va bir savdoda ikkita shartni jamlash halol boʻlmaydi. Javobgarligi boʻlmagan narsaning foydasi ham, oʻzingda boʻlmagan narsaning savdosi ham halol emas”.
📚 “Jomeut Termiziy”, 1234.
Bu hadisda toʻrtta harom amal zikr qilindi. Ularning birinchisi biz oʻrganayotgan mavzuga dalil boʻladi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Bir vaqtning oʻzida qarz bilan savdoni jamlash halol emas”, deb aytdilar.
📝 Buning hikmati bayonida ulamolar aytishadi: “Bir vaqtning oʻzida ham qarz, ham savdoni jamlash — qarz berish orqali foydalanishga hiyla boʻlib qolishi mumkin”.
Masalan, qarz beruvchining qoʻlidagi mol aslida bozorda arzon turishi mumkin, lekin qoʻlidagi molni bozor narxidan qimmatga sotishni shart qilib, qarz berishga rozi boʻladi. Qarz oluvchi qarzga muxtoj boʻlgani uchun shu narsa kerak boʻlmasa ham qarz olish evaziga molni qimmatga sotib oladi. Vaholanki, uni bozordan arzonroqqa sotib olishi mumkin edi. Agar olmasa, qarz beruvchi qarz bermaydi, chunki uni sharti bor. Zohiran qaraganda qarzga hech narsa ziyoda qilinmayotgan boʻlsa ham, qarz beruvchi qarzning ziyodasini sotayotgan molini ustiga qoʻyib chiqarib olyapti.
Yoki aksincha, qarz berishga rozi boʻladi, faqat qarz oluvchining qoʻlidagi molni arzon narxga oʻziga sotishni shart qiladi. Qarz oluvchi molini bozorda qimmatroqqa sotishi mumkin boʻlsa ham, unga arzonroqqa sotishga majbur boʻladi. Agar sotmasa, qarz ololmaydi. Bu muomalaning ichida hiyla boʻlgani uchun haromdir.
Bu haqida Ibn Qoyyim rohimahullohning chiroyli soʻzi bor: “Qarz va savdoning bir bitimda qilinishi harom ekaniga kelsak, (qarz beruvchi) 50 soʻm turadigan molini qarz oluvchiga 100 soʻmga oʻtkazsa, bu ishi bilan savdoni qarzdagi ziyodaga vosita qilgan boʻladi. Holbuki, qarz hech qanday qoʻshimchasiz qaytarilishi kerak edi. Agar shu savdo boʻlmasa, u qarz bermagan boʻlardi. Agar berilayotgan qarz boʻlmaganida, (qarz oluvchi ham) u molni harid qilmagan boʻlardi”.
📨
🪧
«Mavohibul Jalil» kitobida shunday deyiladi: “Har qanday «muovaza»* aqdini qarz bilan jamlab boʻlmaydi”.
*Muovaza – savdo va ijara kabi ikkala tarafdan evaz talab qilinadigan bitimlar.
Shu jumladan, uyini ijaraga berib turishni shart qilgan holda qarz berish ham harom. Chunki ijara ham ikkala tarafdan evaz beriladigan muomala hisoblanadi. Savdo bilan qarzni jamlab boʻlmaganidej, ijara bilan qarzni ham jamlab boʻlmaydi.

SAVOL: Qarzga qoʻshib sotilayotgan mol bozor narxida boʻlsachi?
📤 JAVOB: Baribir savdo bilan qarzni jamlash joiz emas. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam yuqoridagi hiylaning oldini olish uchun qarz va savdoni jamlashni qaytarganlar. 🪧
ESLATMA: Bu faqat savdoning oʻzigagina xos emas! «Mavohibul Jalil» kitobida shunday deyiladi: “Har qanday «muovaza»* aqdini qarz bilan jamlab boʻlmaydi”.
*Muovaza – savdo va ijara kabi ikkala tarafdan evaz talab qilinadigan bitimlar.
Shu jumladan, uyini ijaraga berib turishni shart qilgan holda qarz berish ham harom. Chunki ijara ham ikkala tarafdan evaz beriladigan muomala hisoblanadi. Savdo bilan qarzni jamlab boʻlmaganidej, ijara bilan qarzni ham jamlab boʻlmaydi.
⚖️ @Ribo_ahkomi
👍2🔥1
3️⃣- mas’ala: Qarzda qarzni shart qilish
Bu maslani koʻrinishi: Bir kishi qarz soʻraydi, qarz beruvchi rozi boʻladi, faqat unga ham pul kerak boʻlganda, qarz berib turishini shart qiladi. Yoki qarz oluvchi qarz soʻraydi va sizga kerak boʻlganida men ham qarz berib turaman, deb aytadi. Bu ham yuqoridagi qoidaga koʻra ribo hisoblanadi. Chunki berilayotgan qarz keyin foydalanish uchun berilyapti. Buni Molikiylar «aslifniy va aslifuka» (menga qarz ber, men ham senga qarz beraman) masalasi, deyishadi.
«Mavohibul Jalil» kitobida shunday deydi:
“Keyinroq qarz olish sharti bilan birovga qarz berishning haromligiga ulamolar ittifoq qilishgan”.

👍3
4️⃣- mas’ala: Qarz berib, uni boshqa joyda toʻlashni shart qilish
Bu shartdan foydalanishni uch xil koʻrinishi bor:
1) Faqat qarz beruvchi foydalanishi mumkin.
2) Faqat qarz oluvchi foydalanishi mumkin.
3) Ikkala taraf ham foydalanishi mumkin.
Birinchi holatning harom va ribo ekanida shak-shubha yoʻq. Ya’ni, bir kishi bugʻdoyini boshqa shaharga yetkazishi kerak. Bir odam undan bugʻdoyini qarzga soʻrab keladi. U “Mayli, sizga qarz beraman, falon shaharda menga qaytarasiz”, deb shart qoʻysa, ribo boʻladi. Qarz beruvchi tashqaridan qaraganda qarzidan hech qanday ziyoda talab qilmayotgan boʻlsa ham, bugʻdoyini falon shaharga yetkazish mashaqqatlari va harakatlarini qarz oluvchiga yuklamoqda. Bu shartda qarz beruvchi foyda, qarz oluvchi esa ziyon koʻrayotgani uchun u harom va ribo hisoblanadi.
Ikkinchi holatning hukmi joiz. Agar qarz oluvchi qarzni boshqa shaharda toʻlab berishini aytsa va qarz beruvchiga bundan hech qanday foyda boʻlmasa, bunday kelishuv joiz hisoblanadi. Chunki qarz beruvchi berayotgan qarzidan foydalansagina ribo boʻladi.
Uchinchi holatning hukmida ulamolar ixtilof qilgan. Aksariyat ulamolar buni joiz emas, chunki qarz beruvchi qarzdan foydalanmoqda, deyishgan.
Lekin ba’zilar: “Ikki taraf ham foyda koʻrayotgani uchun bunday kelishuvning ziyoni yoʻq. Shari’at ikkala tarafga ham foyda boʻladigan narsadan qaytarmaydi”, deyishadi.
Modomiki, bu muomalada ikki tarafga foyda boʻlib, hech kim zarar koʻrmasa, joiz boʻlaveradi.
🪧
Mavzuga nuqta qoʻyishdan oldin yana bir masalani eslatib oʻtishni joiz topdik: Qarz berayotganda “Zakot berishim kerak edi, shu pulni muhtojlarga berib yuborarsiz”, deb shart qoʻyish ham harom hisoblanadi. Chunki oʻzi tarqatishi kerak boʻlgan zakotni qarzdorning zimmasiga yuklab qoʻyib uning hizmatidan foydalangan boʻladi. Bu esa “Har qanday foyda keltirgan qarz ribodir” qoidasiga kiradi.
⚖️ @Ribo_ahkomi
Bu shartdan foydalanishni uch xil koʻrinishi bor:
1) Faqat qarz beruvchi foydalanishi mumkin.
2) Faqat qarz oluvchi foydalanishi mumkin.
3) Ikkala taraf ham foydalanishi mumkin.
Birinchi holatning harom va ribo ekanida shak-shubha yoʻq. Ya’ni, bir kishi bugʻdoyini boshqa shaharga yetkazishi kerak. Bir odam undan bugʻdoyini qarzga soʻrab keladi. U “Mayli, sizga qarz beraman, falon shaharda menga qaytarasiz”, deb shart qoʻysa, ribo boʻladi. Qarz beruvchi tashqaridan qaraganda qarzidan hech qanday ziyoda talab qilmayotgan boʻlsa ham, bugʻdoyini falon shaharga yetkazish mashaqqatlari va harakatlarini qarz oluvchiga yuklamoqda. Bu shartda qarz beruvchi foyda, qarz oluvchi esa ziyon koʻrayotgani uchun u harom va ribo hisoblanadi.
Ikkinchi holatning hukmi joiz. Agar qarz oluvchi qarzni boshqa shaharda toʻlab berishini aytsa va qarz beruvchiga bundan hech qanday foyda boʻlmasa, bunday kelishuv joiz hisoblanadi. Chunki qarz beruvchi berayotgan qarzidan foydalansagina ribo boʻladi.
Uchinchi holatning hukmida ulamolar ixtilof qilgan. Aksariyat ulamolar buni joiz emas, chunki qarz beruvchi qarzdan foydalanmoqda, deyishgan.
Lekin ba’zilar: “Ikki taraf ham foyda koʻrayotgani uchun bunday kelishuvning ziyoni yoʻq. Shari’at ikkala tarafga ham foyda boʻladigan narsadan qaytarmaydi”, deyishadi.
Modomiki, bu muomalada ikki tarafga foyda boʻlib, hech kim zarar koʻrmasa, joiz boʻlaveradi.
🪧
ESLATMA:Agar qarzga olingan narsa pul boʻlsa, bu masalalarning hammasida pul birligi bir xil boʻlishi kerak. Ammo pul birligi oʻzgarsa, joiz boʻlmaydi. Chunki pulga pulni alishtirish ham yuzaga keladi. Pulni pulga alishtirilganda esa muomala qoʻlma-qoʻl boʻlishi shart. Masalan, bir kishi oʻz yurtida 10000 dollar olib, oʻzga shaharda uni boshqa pul birligida qaytarishi shart qilishi joiz emas. Buni ulamolar “saftaja” — “chek masalasi”, deb atashadi.Mavzuga nuqta qoʻyishdan oldin yana bir masalani eslatib oʻtishni joiz topdik: Qarz berayotganda “Zakot berishim kerak edi, shu pulni muhtojlarga berib yuborarsiz”, deb shart qoʻyish ham harom hisoblanadi. Chunki oʻzi tarqatishi kerak boʻlgan zakotni qarzdorning zimmasiga yuklab qoʻyib uning hizmatidan foydalangan boʻladi. Bu esa “Har qanday foyda keltirgan qarz ribodir” qoidasiga kiradi.
⚖️ @Ribo_ahkomi
👍3🔥1💯1
📍Ikkinchi qism. Shart qilinmagan foydaning hukmi
Bu rukn ostida 6 ta masala zikr qilinadi:
1. Qarzdorning hadiyasidan yoki hizmatidan foydalanish.
2. Qarzni uzayotgan vaqtda ziyodasi bilan qaytarish.
3. Qarz soʻrovchining qarzini ortigʻi bilan toʻlash odati borligini bilib, unga qarz berish.
4. Qarz sababli keladigan ma’naviy foyda.
5. Qarz oluvchining obroʻsi yoki mansabidan foydalanmoq maqsadida qarz berish.
6. Mol egasi oʻzidan javobgarlikni soqit qilish uchun boshqa birovga qarz berish.
7. Qoʻlida turgan mol ishlatilib ketmasligi uchun boshqa birovga qarz berish.

1️⃣- mas’ala: Qarzdorning hadiyasidan yoki hizmatidan foydalanish.
Uning uch koʻrinishi bor:
1) Qarzdorning qarz egasiga hadiya berishi yoki hizmat koʻrsatishi qarz sababli boʻlsa, bu ribo boʻladi. Qarz beruvchining hadiyani qabul qilishi yoki hizmatidan foydalanishi harom:
Anas ibn Molik rodiallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
“Sizlardan birortangiz birovga qarz bersa, qarz olgan kishi unga hadiya bersa yoki ulovga mindirsa, hargiz ulovga minmasin va hadiyani qabul qilmasin. Faqat qarzdan avval ham oralarida hadiya berish odatlari bor boʻlsa, bundan mustasno”. 📕 Sunan ibn Moja, 2526
Said ibn Abu Burda otasidan rivoyat qiladi: “Madinaga kelib Abdulloh ibn Salom rodiallohu anhu bilan uchrashdim. U: “Kelmaysanmi, seni talqon va hurmo bilan siylardim, bir uyga kirarding”, dedi. Keyin: “Sen ribo keng tarqalgan yerdasan. Agar birovda haqqing boʻlsa va u senga bir quchoq pichan, arpa yoki beda hadiya qilsa ham, uni olma, chunki u ribodir”, deb aytdi”. 📙 Sahihi Buxoriy, 3814.
Ibn Abbos rodiallohu anhumodan savol soʻrashdi:
— Bir kishi boshqasiga 20 dirham qarz bergan edi. Qarzdor pul egasiga hadiya bera boshladi. U esa har safar olgan hadiyasini sotib yuborardi. Sotilgan hadiyalarning puli yigʻilib 13 dirhamga yetibdi?
— Qarzdordan yetti dirham olsin, tamom! – deb javob berdi Abdulloh ibn Abbos rodiallohu anhumo.
✅ Qarzdorning hadiyasi yoki hizmati qarz tufayli boʻlmasa, hadiyani yoki hizmatni qabul qilish joiz.
Masalan, qoʻshnilar orasida hayitlarda bir-birlariga hadiya berish yoki yordam koʻrsatish odati bor. Bir kishi qoʻshnisiga qarz berib, uning hadiyasini olsa yoki hizmatlaridan foydalansa, joiz boʻlaveradi. Chunki qarz egasi unga berilayotgan hadiya yoki koʻrsatilayotgan hizmat bergan qarzi uchun emasligini yaxshi biladi.
❗️Qarzdorning hadiyasi nima sababdan berilayotgani aniq boʻlmasa, qarz egasi hadiyani qabul qilmasin.
Imom Abdurazzoq San’oniy rohimahulloh «Musannaf» kitobida zikr qiladi:
Ibn Sirin rohimahulloh aytadi: “Ubay ibn Ka'b rodiallohu anhu Umar ibn Hattobdan (roviyning soʻzlariga koʻra, oʻng ming) qarz oldi. Ubay ibn Ka'b qarzini uzmay turib Umar rodiallohu anhuga oʻz hurmosidan hadiya qildi. Ubay ibn Ka'bning hurmosi Madinadagi eng shirin va ertapishar hurmolardan edi. Umar rodiallohu anhu u kishining hurmosini oʻziga qaytarib yubordi. Ubay rodiallohu anhu dedi: “Pulingizni qaytarib beraman, shirin hurmoyimni olishdan sizni toʻsib qoʻyadigan qarzning menga keragi yoʻq”. Shundan keyin Umar rodiallohu anhu hurmoni qabul qildi”. 📚 Musannaf, 14647.
Umar rodiallohu anhu hurmo nima uchun berilganini bilmagami bois qaytarib berdi. Demak, hadiya nima uchun berilganinj bilmagan kishi uni qabul qilmasligi kerak ekan. Ubay rodiallohu anhuning soʻzini eshitib, hurmo qarz uchun berilmaganini aniq bilganidan keyin uni qabul qildi.
Qarzdor tomonidan berilgan hadiyani qarz egasi faqat quyidahi uch holatda olishi joiz sanaladi:
1. Qarz beruvchi va oluvchi orasida oldindan bir-birlariga hadiya berish odati boʻlsa.
2. Qarz egasi berilgan hadiyaning qiymatini qarzidan ayrib tashlasa.
3. Hadiyaga hadiya bilan javob qaytarishni niyat qilsa.
Ba’zida qarzdorning nima sababdan hadiya berayotgani noma'lum boʻladi. Agar hadiya rad qilinsa, qarzdor ranjishi mumkin. Uni ranjitmaslik uchun hadiyasiga javoban hadiya berish yoki hadiyaning qiymatini qarzdan ayirib tashlash niyatida hayidanu qabul qilish joiz.
Imom Abdurazzoq San'oiy rohimahulloh rivoyat qiladi: “Ibn Umar rodiallohu anhumodan bir kishi soʻradi: “Men birovga qarz bergan edim. Oʻsha odam menga hadiya berdi, qabul qilsam boʻladimi?”. Ibn Umar rodiallohu anhumo shunday deb javob berdi: “Hadiyasiga javoban haiya bergin yoki uning qiymatini qarzidan chiqarib yubogin yohud oʻziga qaytarib bergin!”. 📚 Musannaf, 14655

👍3🔥1
2️⃣-masala: Qarzni uzayotgan vaqtda ziyodasi bilan qaytarmoq
Qarz berayotgan kishi hech qanday ziyodani shart qilmagan boʻlsa, qarzdor qarzini uzayotib ziyodasi bilan olib kelsa, aksariyat ulamolar nazdida haqdorning hadiyani qabul qilishi joiz sanaladi. Berilayotgan ziyodaning son yoki sifatda boʻlishi farqsiz.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bir kishidan yosh tuyani qarzga oldilar. Keyin Rosululloh sollallohu alyhi va sallamga sadaqa tuyalaridan kelib qoldi. Shuni Abu Rofe’ga qarzni toʻlay qoʻyishni buyurdilar. U tuyalarni koʻrib keldida: “Ey Allohning Rosuli, siz aytganingizdek yoshdagi tuya yoʻq ekan, undan yaxshiroqlarini topdim”, dedi. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Oʻsha yaxshirogʻini beraver, chunki odamlarning yaxshisi qarzini chiroyli oʻtaganlaridir”, dedilar.
Ba’zilar ushbu hadisga tayanib faqat sifat jihatidan ziyoda qilish mumkin deydi. Chunki paygʻambar sollallohu alayhi va sallam bitta tuyaning oʻrniga ikkita tuya bermadilar, balki yosh tuyaning oʻrniga kattaroq yoshdagi tuyani berdilar. Ammo son jihatdan ziyoda boʻlsa, joiz emas, deb aytishadi.
Lekin aksariyat ulamolar son jihatdan ziyoda boʻlsa ham boʻlaveradi, chunki Rosululloh sollallohu alayhi va sallam soʻzlarining oxirida: “Odamlarning eng yaxshisi qarzini chiroyli oʻtaganlaridir”, deb aytdilar. Son jihatdan boʻlgan ziyoda ham sifat jihatidan boʻlgan ziyoda ham chiroyli oʻtashga kiradi, deyishadi.
📗Sahihi Muslim, 118
🔸 Ikkinchi dalil, Abu Hurayra rodiallohu anhudan rivoyat qilingan hadisdir:
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ma'lum bir yoshdagi tuyani qarzga oldilar. Qarzni uzayotgan vaqtda esa, yoshi kattaroq tuyani berdilar va: “Sizlarning yaxshilaringiz qarzni chiroyli oʻtaganingizdir”, deb aytdilar.
📗 Muttafaqun alayh, Muslimning lafzi, 121.
Shuning uchun Imom Kosoniy rohimahulloh: “Ammo, shart qilinmagan holda qarzdorning oʻzi yaxshirogʻini bersa, buning ziyoni yoʻq. Chunki ribo deb, kelishuv paytida shart qilingan ziyodaga aytiladi. Bu (shart qilingan ziyoda yuqoridadagi misolimizda) topilmadi. Balki bu, qarzni chiroyli oʻtash bobidan boʻlib, mustahab amallardan hisoblanadi”, deb, yuqoridagi hadisni zikr qilgan.
📚«Badoi'us sanoi'», 7/395
Imom Molik rohimahulloh rivoyat qiladi:
Abdulloh ibn Umar bir kishidan bir qancha dirham qarz oldi, soʻng qarzini uzayotganda yaxshiroq dirham berdi. Qarz bergan kishi dedi: “Ey Abu Abdurohman, bu dirhamlar men bergan dirhamlardan yaxshiroq-ku?!“. Abdulloh ibn Umar rodiallohu anhumo: “Bilaman, lekin koʻnglimdan chiqarib berdim”, deb javob berdi.
📚«Muvatto”, 2/681.
✅ Demak, qarzni uzayotgan vaqtda shart qilinmagan holda ziyodasi bilan qaytarish va uni qabul qilish joiz sanaladi.

👍4🔥1
3️⃣-masala: Qarz soʻrovchining qarzini ortigʻi bilan toʻlash odatini bilib, unga qarz bermoq.
Qarz soʻrab kelgan kishining qarzini ziyodasi bilan qaytarish odati boʻlib, yuqoridagi sunnatga doim amal qilib yuradigan kishi boʻlsa, qarz beruvchi uning odatini bilib turib, qarz berishi joizmi?
Bu masalada ulamolar ixtilof qilishgan. Ba’zi olimlar uni harom, ba’zilari makruh, yana ba’zilar esa joiz deganlar.
📜 Harom yoki makruh sanagan olimlarning dalili:
“Urfda ma'lum boʻlgan narsa bamisoli lafzda shartlashgandek boʻladi”, degan qoida.
*Ya’ni, aslida shartlashilmagan boʻlsa ham, qarzdorning ziyodasi bilan qaytarib berish odati borligi huddi lafzda shartlashgandek boʻladi.
📑 Joiz deganlarning dalillari:
1. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qarzni ziyodasi bilan qaytarish odatlari boʻlgan. Agar ushbu yaxshi sifatni oʻziga odat qilib olgan kishiga qarz berish joiz emas deyilsa, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga ham qarz berish joiz emas, degan ma’no kelib chiqadi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga qarz berish harom yoki makruh, deb aytishga kim jur’at qila oladi?!
2. Qarzni ortogʻi bilan qaytaruvchi kishi Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ta’riflariga koʻra odamlarning eng yaxshisi boʻlsa-yu, qanday qilib biz unga qarz bermaslik bilan javob beramiz?!
Masalaning yana bir jihati shundaki, agar kim qarzdorning beradigan ziyodasiga umidvor boʻlib qolishdan qoʻrqsa, qarz berayotgan vaqtda ziyodasi bilan qaytarmaslikni shart qilgani yaxshiroq hisoblanadi.
📌Muhim eslatma:
Qarzni ziyodasi bilan qaytarish bir kishining odati boʻlsa, unga qarz berish yoki bermaslik yuqorida aytib oʻtilgandek ixtilofli masaladir. Ammo butun boshli qishloq yoki shaxar ahli shunga odatlangan boʻlsa, ularga qarz berilmaydi. Banklarga pul qoʻyish ham aynan shu bobdan hisoblanadi. Ba’zilar "Men bankka pul qoʻyganimda ziyodasi bilan qaytarib berishlarini shart qilmaganman, pulni olayotgan vaqtimda bankning oʻzi ziyodasi bilan qaytardi, demak, bu pulni olish mumkin", deb aytishadi. Bu mutlaqo notoʻgʻri! Chunki bank pulni ziyodasi bilan qaytarishi oldindan aniq edi. «Urfda malum boʻlgan narsa bamisoli lafzda shartlashgandek boʻladi», qoidasiga binoan bankka qoʻyilgan pullarning foizi harom hisoblanadi.

4️⃣-masala: Qarz sababli kelgan maʼnaviy foyda
Qarzdor qarz beruvchining haqqiga duo qilishi, uni yigʻinlarda maqtab tilga olishi maʼnaviy foydaga kiradi.
Ulamolar maʼnaviy foydalarni yuqoridagi qoidaning hukmiga qoʻshmaydilar. Balki qarzdor qarz beruvchining haqqiga duo qilishi sunnatga muvofiq amaldir:
Abdulloh ibn Abu Rabiʼa Maxzumiy rivoyat qila- di: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Hunayn kuni mendan 30 yoki 40 ming qarz oldilar. Hunayndan qaytgach, qarzlarini menga qaytardilar. Soʻng: «Alloh ahlingizga va molingizga baraka bersin! Qarzning mukofoti unga vafo qilmoq va minnatdorchilik bildirmoqdir!» dedilar.
📕Sunani Ibn Moja, 2518.

5️⃣-masala: Qarz oluvchining obroʻsi yoki mansabidan foydalanish maqsadida qarz bermoq
Odatda baʼzi kishilar foizsiz qarz bersalar ham qarz soʻrovchining kimligiga qarab ish tutadilar. Yaʼni, oddiy odamlarga qarz berilmaydi, mansabi yoki davlati bor kishilar qarz soʻrashsa, yoʻq deyilmaydi.
Agar qarz soʻrovchining yoki uning yaqinlaridan birining obroʻsi, mansabi yoxud moldavlatini oʻylab, foydalanib qolishni maqsad qilib qarz bersa, bu ribo hisoblanadi.
Chunki foyda keltiradigan har qanday qarz ribodir❗️

6️⃣-masala: Mol egasi oʻzidan javobgarlikni soqit qilish uchun boshqa birovga qarz berishi
Masalan, bir kishi moliga talafot yetishidan qoʻrqib, uni qarzga berib yuboradi. Endi qarz oluvchi to qarzini toʻlaguncha u narsaga javobgar boʻladi.
❕Lekin ulamolar bunday foydaning zarari yoʻq, deb aytishadi.
Chunki, bu foydani qarzdan ajratib boʻlmaydi. Agar mana shu niyatda qarz berilsa, bu muomala ribo deyilmaydi, ammo qarz bergan kishi bu amali uchun ajr olmaydi.

👍1
7️⃣-masala: Qoʻlda tursa ishlatilib ketmasligi uchun molni boshqa birovga qarzga bermoq
Bunday foyda ham ribo boʻlmaydi, lekin yuqoridagi masalaga oʻxshab qarz beruvchi ajrdan mahrum boʻladi.
⚖️ @Ribo_ahkomi
Bunday foyda ham ribo boʻlmaydi, lekin yuqoridagi masalaga oʻxshab qarz beruvchi ajrdan mahrum boʻladi.
⚖️ @Ribo_ahkomi
👍1🔥1
🖇️ QARZ RIBOSIGA DOIR MASALALAR
Ushbu sarlavha ostida oltita masala zikr qilinadi:
1. Qarz beruvchining qarz uchun qoʻyilgan garovdan
foydalanishi.
2. Kafil boʻlish evaziga haq olmoq.
3. Qarz toʻlovini choʻzib yurgan qarzdordan moliyaviy
jazo undirmoq.
4. Qarzni qiymati bilan qaytarish.
5. Maʼlum bir narsaning qiymatiga bogʻlab qarz ber-
moq .
6. Oʻrtaga pul tashlab har oy kimgadir bermoq (“gap”,
“chyorniy kassa” va hokazo).

1️⃣ - masala: Qarz beruvchining qarz uchun qoʻyilgan garovdan foydalanishi
Aslida, qoʻyilgan garov omonat hisoblanadi. Egasidan ruxsat olmasdan turib undan foydalanib boʻlmaydi. Agar egasi ruxsat bergan boʻlsa, garov nima sababdan olinganiga qaraladi. Agar qarz uchun qoʻyilgan garov boʻlsa, egasi ruxsat bersa ham undan foydalanish mumkin emas. Chunki foyda keltirgan har qanday qarz ribodir.
📚 Hanafiy mazhabi ulamolaridan Soʻgʻdiy rahimahulloh «An Nutafu fil fatovo» kitobida riboni uch qismga boʻlib, uchinchi qismini “Garovdagi ribo” deb nomlagan.
✅ Ammo nasiyaga narsa sotib, evaziga garov olingan boʻlsa, garov egasining ruxsati bilan undan foydalanish joiz. Chunki bu muomala qarz emas, balki savdodir.

👍4🔥2💯2
Masalan, baʼzida qarz beruvchi qarz oluvchini yaxshi tanimaydi va uchinchi shaxsning kafil boʻlishini talab qiladi. Chunki qarzdor qarzini toʻlay olmasa, kafil boʻlgan odamdan undirib olinadi.
Qarz oluvchi kafil boʻlishini soʻragan kishi kafilligi uchun undan haq talab qilishi joizmi
Ulamolar ikki taraf rozi boʻlsa ham, kafolat evaziga haq olish mutlaqo joiz emas, deb aytishadi.
Chunki qarzdor qarzini vaqtida qaytarmasa, oʻrtada kafil boʻlgan odam qarzni toʻlab beradi. Keyin qarzdor imkoni boʻlganda qarzini kafil boʻlgan odamga qaytaradi.
Hanafiy mazhabi ulamolaridan Ibn Obidin rohimahulloh aytadi:
«Kafil qarz bergan odam kabidir. Demak, kafilligiga olgan miqdordagi mablagʻni oʻziga qaytarilishidan tashqari yana ustiga qoʻshimcha haq talab qilsa, bergan qarzining ustidan foyda koʻrishni shart qilgan boʻladi, bu esa ribo boʻlgani uchun botildir».
📚 Minhatul xoliq, 6/242
⚖️ @Ribo_ahkomi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2🏆1