Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov #yil_talabasi
✅️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi "Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.
➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
🟢 Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
🟢 Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
🟢 Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢 Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢 Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
🟢 Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢 Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
💠 Tanlov nominatsiyalar boʻyicha birinchi OTM bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
🟥 Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich gʻoliblari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-oʻrin 15 barobari, 2-oʻrin 10 barobari va 3-oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
🔖 "Yil talabasi" tanlovi nizomi
Hujjatlar 12-oktabrdan 20-oktabr qadar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.
🧊 Yuqorida "Yil talabasi – 2021" gʻoliblarini taqdirlash marosimi videosini joyladik. Bu yilgi taqdirlash marosimida esa aynan Siz shunday taqdirlanishingiz mumkin. Buning uchun hozirdanoq harakatni boshlang. Ishtirok eting va gʻoliblar safida boʻling.
Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifalarimizda berib boriladi: sahifalarimiz:
❤ Telegram |🎞 YouTube
🔖 "Yil talabasi" tanlovi nizomi
Hujjatlar 12-oktabrdan 20-oktabr qadar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.
Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifalarimizda berib boriladi: sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov
🧊 Imkoniyati cheklangan iqtidorli talabalar uchun tanlov!
✅️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini eʼlon qiladi.
➡️ Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
🟢 birinchi oliy taʼlim muassasasi bosqichi;
🟢 respublika final bosqichi.
👉 Tanlov nizomi batafsil
💠 Tanlovning oliy taʼlim muassasi bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliygoh rektoratining faxriy yorligʻi hamda tegishli ravishda 1-oʻrin sohibi BHMning 10 barobari, 2-oʻrin 8 barobari va 3-oʻrin 6 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.
➡️ Respublika bosqichining 1-oʻrin sohibi esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maxsus diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
⏳ Hujjatlar 2022-yil 25-oktabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻzi taʼlim olayotgan fakultet rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.
❤ Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifamizda:
https://tttttt.me/+VnxqO-c0cBb_ZWhm
👉 Tanlov nizomi batafsil
https://tttttt.me/+VnxqO-c0cBb_ZWhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM