Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.94K subscribers
29.7K photos
2.15K videos
116 files
9.88K links
Download Telegram
#Ustoz_shogird

“Tut mevasi tarkibidagi qand miqdorini aniqlash”

SamDVMCHBU rektorining 2024-yil 21-oktyabrdagi 587-T-sonli buyrug‘i asosida Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti assistenti X.Ismatullayev rahbarligida “Ustoz-shogird” tizimini takomillashtirish, talabalar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish va ularning ilmiy faolligini oshirish maqsadida navbatdagi labaratoriya ishi tashkil etildi.

X.Ismatullayev o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan “Tut mevasi tarkibidagi qand miqdorini aniqlash” mavzusida labaratoriya ishi o‘tkazib, mavzu yuzasidan tushunchalar berdi.

Shuningdek, talabalarning ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.


🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Milliy_qadriyat #Milliy_kiyim

MILLIY QADRIYATLAR VA ULARNING MILLAT MA'NAVIYATIDAGI O'RNI

Universitetda "Milliy qadriyatlar va ularning millat ma'naviyatidagi o'rni" shiori ostida haftaning har juma kuni professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan ushbu targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.

Bugun ham "Milliy qadriyatlar va ularning millat ma'naviyatidagi o'rni" shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etilib, tadbirda so‘zga chiqqanlar maqsadimiz xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, qadimiy urf-odat va anʼanalari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam bo'lgan milliy qadriyatlarimiz va milliy liboslarimizni targ‘ib qilishga qaratilganligini ta’kidlashdi.


🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Самарқанд вилояти ҳокимлигининг телеграм канали манзили ўзгарди

Энди Самарқанд вилояти ҳаётига оид энг муҳим хабар ва янгиликлар, жойлардан тайёрланаётган таҳлилий лавҳа ва репортажларни https://tttttt.me/samviloyatihokimligi телеграм канали орқали кузатиб боришингиз мумкин!

———

Samarqand viloyati hokimligining telegram kanali manzili o‘zgardi


Endi Samarqand viloyati hayotiga oid eng muhim xabar va yangiliklar, joylardan tayyorlanayotgan tahliliy lavha va reportajlarni https://tttttt.me/samviloyatihokimligi telegram kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin!

@SamTvr
#QABUL_2025

TARG'IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA


Joriy yilning 21-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universeteti “Farmakologiya va toksikologiya” kafedrasi assistenti v.f.f.d., (PhD) T.T.Xatamov, assistеnt A.Z.Soyibov hamda Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 3-bosqich talabasi Q.Najmiddinovlar tomonidan Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi 19, 26, 30, 55-umumiy oʻrta ta'lim maktablarida 2025-2026 oʻquv yili uchun Universitetga talabalarni qabul qilish boʻyicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.


🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |