Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.13K subscribers
29.2K photos
2.12K videos
116 files
9.75K links
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

SamDVMCHBU professor-o’qituvchisi Z.B.Mamatova FAO hamkorligida tashkil etilgan
Xalqaro seminarda ishtirok etdi.

BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqaviy baliqchilik va akvakultura komissiyasi tomonidan “Integratsiyalashgan akvakultura tizimi boʻyicha mintaqaviy seminar” bo’lib o’tdi.

🌐Ushbu seminarda Turkiya, Ozarboyjon, Qozog’iston, Qirg’isizton Tojikiston, O’zbekiston, Italiya va Chexiya davlatlaridan mutaxasislar va ekspertlar ishtirok etishdi.

🐟Seminarda mintaqaviy baliqchilik va akvakultura sohasida innovatsion yondashuvlar va tajribalar almashish maqsadida Oʻrta Osiyo baliqchilik sohasi ekspertlari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi vakillari, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Ular akvakultura tizimlarini yanada samarali va barqaror rivojlantirish bo'yicha muhim fikrlar va tavsiyalar bilan o'rtoqlashdi.
🌐SSUV_Xalqaro
#Xalqaro_hamkorlik

SamDVMCHBU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi direktori, "Ichki yuqumsiz kasalliklar" kafedrasi dotsenti N.B.Ro'ziqulov tomonidan Xitoylik va Qozog'istonlik olimlar bilan hamkorlikda Scopus xalqaro bazasida indeksatsiyalangan Q1 kvartalida mavjud bo'lgan "Zoological Research" xalqaro jurnalida "Whole-genome sequencing reveals genetic architecture and selection signatures of Kazakh cattle" nomli ilmiy maqolasi chop etildi.

Hamkorlarimizga jamoamiz nomida minnatdorchilik bildiramiz.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) xalqaro eksperti Dmitriy Morozov universitetga tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonda veterinariya sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish tizimini baholash va paraveterinarlar tayyorlash tizimini joriy etish imkoniyatlarini baholashdan iboratdir.

Xalqaro ekspert Dmitriy Morozov universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov bilan uchrashib, kelgusidagi istiqbolli rejalar va O'zbekistonda veterinariya ta'lim sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha gaplashib olishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) xalqaro eksperti Dmitriy Morozov hamda universitet talabalari oʻrtasida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Xalqaro hayvonlarni himoya qilish tashkilotining kodeksiga asoslangan holda ekspert tomonidan "Antibakterial rezistentlik muammosi" hamda "Qoramollar nodulyar dermatit kasalligi" mavzusida talabalarga ma'ruza darsi o'tildi.

Ma'ruza darsi juda qiziqarli boʻlib, savol-javoblarga boy boʻldi.

Shuningdek, koʻplab muhokamalar va munozaralar asosida talabalarimiz ushbu mavzu boʻyicha yetarli malumotlarga ega boʻlishdi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda “Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi ” kafedrasi mudiri Shoxista Ishniyazova Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi
xalqaro loyihasi Ochiq oziq-ovqat innovatsiyalar universiteti (OFINU) doirasida yangi oziq-ovqat mahsulotlari va innovatsiyalari bo'yicha zamanovaviy fan dasturlarini o‘rganish hamda malaka oshirish maqsadida Latviyaning Tabiiy fanlar va biotexnologiyalar univrsitetida (LLU) bo‘lib turibdi.

Safar davomida LLU xalqaro markaz boshlig‘i professor Martinish Sabovich va bo‘lim boshlig‘i Victiriya Krishtopani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Erasmus+ Programme Mobility of higher education students and staff talaba va o‘qituvchilarning mobilligini tashkillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, ikki OTM o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida mutaxassislik fanlaridan ma’ruza va laboratoriya-amaliy darslar o‘tildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27 noyabrdagi PQ 4538-sonli qaroriga muvofiq, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida “Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasi (Loyiha) amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida xususiy veterinariya amaliyotini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash hamda veterinariya mutaxassislari uchun barqaror uzluksiz ta’lim (VUT) dasturini amalga oshirish maqsadida Italiyaning “OPERA S.r.I” va O‘zbekistonning “Aykan-Invest” MChJ qo‘shma korxonasi Konsultant sifatida jalb qilindi.

Konsultantlar dastlab universitet rektori, professor X.Yunusov qabulida bo’lishib, kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, universitetga tashrif buyurgan konsultantlar tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida bajariladigan ishlari yuzasidan ma’lumotlar soha prorektorlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga batafsil tushuntirib o’tildi.

Jumladan, Universitet va uning Toshkent filialida klinik veterinariya xizmatlaridan, xususan, hayvonlarni parvarishlash va sog‘lig‘ini saqlash maslahatlaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida amaliy treninglar o‘tkazish, davlat va xususiy veterinariya xizmati veterinariya mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv kurslari materiallarini hamkorlikda ishlab chiqish, tahrir etish va o‘quv treninglari tashkil etish, Toshkent va Samarqand viloyatlarida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqa-ruvchi va qayta ishlovchilariga uslubiy va konsultativ xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutilgan.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

Jahon hayvonlar sog‘lig‘i tashkiloti (WOAH)
xalqaro ekspertlari SamDVMCHBUda

Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari
universitetda veterinariya sohasida olib borilayotgan xalqaro, ilmiy va o‘quv ishlari, o‘quv xonalari va laboratoriyalar kabi yaratilgan sharoitlarni baholash maqsadida SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi mas’ul shaxslar kutib oldi.

Universitet rektori mehmonlarga bosh bino oldidagi birinchi veterinar shifokori siymosi aks etgan monumentning ma’no-mazmuni haqida to‘xtalib, universitet hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro ekspertlar o‘quv laboratoriyalari bilan tanishdi

SamDVMCHBUga tashrif buyurgan Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari Jahon banki, Islom taraqqiyot banki hamda Halqaro loyihalar doirasida tashkil etilgan 12 ta laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, o‘quv va laboratoriya darslarida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy ekspertlarda katta taassurot qoldirdi


SamDVMCHBUga tashrif buyurgan Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari tashrifi doirasida universitetda yo‘lga qo‘yilgan megaloyiha doirasida tashkil etilgan, amaliy darslarni o‘tishga mo‘ljallangan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy va hayvonlar klinikasi bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

SamDVMCHBUga tashrif buyurgan Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi hamda FAO tashkiloti vakillari veterinariya mutaxassislari malaka oshirish laboratoriyasida PTSR, UFA tahlillarini o‘tkazuvchi zamonaviy diagnostik usullarni o‘rgatish imkoniyati mavjudligi bilan tanishdi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

Veterinariya mutaxassislarini tayyorlash jihatlari muhokama qilindi

SamDVMCHBUga tashrif buyurgan Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari universitetning veterinariya sohasi mutaxassislari etkazib beruvchi yetakchi olimlari ishtirokida keyingi 6, 7 yil ichida veterinariya tizimidagi islohotlarning borishi, jumladan
xalqaro standartlarga moslashgan veterinariya mutaxassislarini tayyorlash jihatlarini atroflicha muhokama qilishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari
universitetda veterinariya sohasida olib borilayotgan xalqaro, ilmiy va o‘quv ishlari, o‘quv xonalari va laboratoriyalar kabi yaratilgan sharoitlarni baholash maqsadida SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Forwarded from SamTVR | MTRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari
universitetda veterinariya sohasida olib borilayotgan xalqaro, ilmiy va o‘quv ishlari, o‘quv xonalari va laboratoriyalar kabi yaratilgan sharoitlarni baholash maqsadida SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

https://tttttt.me/SamTvr