Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.68K subscribers
35.4K photos
2.67K videos
130 files
11.5K links
Download Telegram
#TANLOV
#YIL_TALABASI_2024

UNIVERSITETDA "ENG FAOL YIL TALABASI" TANLOVI O‘TKAZILDI

SamDVMCHBUda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, ularga imkoniyatlar yaratish hamda talabalik nufuzini oshirib, rag'batlantirish maqsadida "Eng faol yil talabasi" Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda g‘oliblar “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, “Yilning eng faol sportchi talabasi”, “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”, “Yilning eng faol ijodkor talabasi” va “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi.

Tanlovning universitet bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar faxriy yorliq va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍123🔥2
#TANLOV

“Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi


SamDVMCHBUda fakultetlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Gapparov tadbirni ochib berib, tanlov talabalarning konstitutsiyaviy bilim va huquqiy madaniyatini oshirish, erkin fikrlash qobiliyati hamda nutq madaniyatini rivojlantirishda muhim ekanligini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.

Tanlov yakuniga ko‘ra Iqtisodiyot fakulteti “Advokatlar” jamoasi birinchi, Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti “Adolat” hamda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti “O‘zbekiston yoshlari” jamoalari ikkinchi, Agrotexnologiya fakulteti “Agrotexnologiya” jamoasi uchunchi o‘rinni egalladi.

Tanlov g‘oliblari I, II, III darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati.
👍94🔥4👏2