Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.13K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.68K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Stop_korrupsiya

U davrlar o'tib ketdi

📹 Soʻnggi yillarda oliy taʼlimdagi islohotlar korrupsiya ildiziga bolta urmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Stop_korrupsiya

SamDVMCHBU Biotexnologiya fakulteti talabalri ishtirokida “Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi
.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi qarori asosida tasdiqlangan Nizomning mazmun-mohiyati va “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi”, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, shaxsiy manfaatdorlik va yaqin qarindoshlik kabi tushunchalarning huquqiy talqinlari haqida so‘z yuritildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Turayev, Rektor maslahatchisi Z.Shodmonov, Biotexnologiya fakulteti dekani A.Nurniyozovlar tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o‘tildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Stop_korrupsiya

Joriy yilning 21-noyabr kuni SamDVMChBU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida "Veterinariya meditsinasi" yo’nalishi tinglovchilari va markaz xodimlari uchun “Oliy ta'lim tizimida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvini oldini olish" mavzusida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Turayev ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda markaz direktori N.B.Ro‘ziqulov ham ishtirok etdi.

Suhbat davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, shaxsiy manfaatdorlik va yaqin qarindoshchilik kabi tushunchalarning huquqiy talqinlari haqida so‘z yuritildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Stop_korrupsiya

"Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi"

SamDVMCHBU 2-sonli Talabalar turar joyida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-noyabrdagi 426-sonli bo'yrug'ini ijrosini ta'minlash maqsadida "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi" mavzusida "Eng yaxshi rasmlar" ko'rik-tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi.

Hakamlar hay'atining qaroriga ko'ra;

🥇 Agrotexnologiya fakulteti, 301-guruh talabasi Xidirova Zebo.

🥈Iqtisodiyot fakulteti 109-guruh talabasi Zokirov Zokirxo'ja.

🥉Veterinariya diagnostikasi va oziq ovqat xavfsizligi fakulteti 103-guruh talabasi Ilyasova Zarnigor.


Ko'rik-tanlovning universitet bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalarning ijodiy ishlari tanlovning respublika bosqichiga yuboriladi. Tanlovning universitet bosqichi g'oliblari 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bo'lib o'tadigan tadbirda taqdirlanadi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Stop_korrupsiya

INSHOLAR TANLOVI O'TKAZILDI

SamDVMCHBUda  O'zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan 9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag'ishlangan "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

Tanlov natijalariga ko'ra, quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritdi: 

🥇1-o'rin. Ibrohimova Shahzoda Biotexnologiya fakulteti 103-guruh talabasi.

🥈2-o'rin. Jumaniyozova Munisa Iqtisodiyot fakulteti 205-guruh talabasi.

🥉3-o'rin. Kurbonaliyeva farangiz Biotexnologiya fakulteti 103-guruh talabasi.


Tanlov g'oliblari 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bo'lib o'tadigan tadbirda taqdirlanadi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Chellenj #Stop_korrupsiya

9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Hayvonlar biokimyosi fani oʻqituvchisi G. Ubaydullayeva hamda fakultet koordinatori Sevinch Xurramova tashabbusi bilan #Stop_korrupsiya chellenji o'tkazildi.

Siz ham
#Stop_korrupsiya chellenjida faol ishtirok eting!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Stop_korrupsiya

SamDVMCHBUda “Oliy ta'lim tizimida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvini oldini olish" mavzusida Biotexnologiya fakultetining professor-o'qituvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i F.Turayev olib bordi.

Tadbir ishtirokchilariga Korrupsiyaga qarshi kurashish va Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi qarori asosida tasdiqlangan Nizomning mazmun-mohiyati va “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, shaxsiy manfaatdorlik va yaqin qarindoshlik kabi tushunchalarning huquqiy talqinlari haqida so‘z yuritildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Stop_korrupsiya

SamDVMCHBUda “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida Biotexnologiya fakultetining 3-bosqich talabalari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-sonli qarori asosida tasdiqlangan Nizom, “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi" to'g'risida ma'lumot berildi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Turayev, Talabalar orasida ijtimoiy-manaviy muhit barqarorligini ta’minlashga ma’sul rektor maslahatchisi Z.Shodmonovlar tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Stop_korrupsiya

SamDVMCHBUda 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-noyabrdagi 426-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" mavzusida "Eng yaxshi rasmlar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |