Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.26K subscribers
27.5K photos
1.99K videos
116 files
9.32K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Stop_korrupsiya

U davrlar o'tib ketdi

📹 Soʻnggi yillarda oliy taʼlimdagi islohotlar korrupsiya ildiziga bolta urmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Stop_korrupsiya

SamDVMCHBU Biotexnologiya fakulteti talabalri ishtirokida “Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi
.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi qarori asosida tasdiqlangan Nizomning mazmun-mohiyati va “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi”, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, shaxsiy manfaatdorlik va yaqin qarindoshlik kabi tushunchalarning huquqiy talqinlari haqida so‘z yuritildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Turayev, Rektor maslahatchisi Z.Shodmonov, Biotexnologiya fakulteti dekani A.Nurniyozovlar tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o‘tildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Stop_korrupsiya

Joriy yilning 21-noyabr kuni SamDVMChBU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida "Veterinariya meditsinasi" yo’nalishi tinglovchilari va markaz xodimlari uchun “Oliy ta'lim tizimida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvini oldini olish" mavzusida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Turayev ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda markaz direktori N.B.Ro‘ziqulov ham ishtirok etdi.

Suhbat davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, shaxsiy manfaatdorlik va yaqin qarindoshchilik kabi tushunchalarning huquqiy talqinlari haqida so‘z yuritildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Stop_korrupsiya

"Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi"

SamDVMCHBU 2-sonli Talabalar turar joyida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-noyabrdagi 426-sonli bo'yrug'ini ijrosini ta'minlash maqsadida "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi" mavzusida "Eng yaxshi rasmlar" ko'rik-tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi.

Hakamlar hay'atining qaroriga ko'ra;

🥇 Agrotexnologiya fakulteti, 301-guruh talabasi Xidirova Zebo.

🥈Iqtisodiyot fakulteti 109-guruh talabasi Zokirov Zokirxo'ja.

🥉Veterinariya diagnostikasi va oziq ovqat xavfsizligi fakulteti 103-guruh talabasi Ilyasova Zarnigor.


Ko'rik-tanlovning universitet bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalarning ijodiy ishlari tanlovning respublika bosqichiga yuboriladi. Tanlovning universitet bosqichi g'oliblari 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bo'lib o'tadigan tadbirda taqdirlanadi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Stop_korrupsiya

INSHOLAR TANLOVI O'TKAZILDI

SamDVMCHBUda  O'zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan 9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag'ishlangan "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

Tanlov natijalariga ko'ra, quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritdi: 

🥇1-o'rin. Ibrohimova Shahzoda Biotexnologiya fakulteti 103-guruh talabasi.

🥈2-o'rin. Jumaniyozova Munisa Iqtisodiyot fakulteti 205-guruh talabasi.

🥉3-o'rin. Kurbonaliyeva farangiz Biotexnologiya fakulteti 103-guruh talabasi.


Tanlov g'oliblari 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bo'lib o'tadigan tadbirda taqdirlanadi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |