Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.67K subscribers
25.7K photos
1.82K videos
112 files
8.79K links
Download Telegram
DIQQAT, E'LON!

📣Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, oliy o'quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularga imkoniyatlar yaratish hamda talabalik nufuzini oshirib, rag'batlantirish maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Eng faol yil talabasi"
Respublika ko'rik-tanlovining universiteti bosqichini e'lon qilamiz.


💥 Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

◀️ “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol sportchi talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun
).

👏 Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha universitet bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovning universitet bosqichi 2024-yilning 15-noyabr kuni soat 10:00 da 6-bino Faollar zalida bo‘lib o‘tadi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Malakaviy_amaliyot

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektorining 2024-yil 26-oktyabrdagi “Biotexnologiya fakultetining 3-bosqich talabalarini malakaviy amaliyotga yuborish haqida”gi buyrug‘iga binoan Biotexnologiya fakulteti "Veterinariya farmatsevtikasi" ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabalari malakaviy amaliyotlarini o‘tamoqdalar.

Malakaviy amaliyot orqali talabalar o'z ixtisosliklari bo'yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab borishmoqda.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
O'z hayoting hikoyasini yozarkansan, qalamni zinhor boshqa birovning qo'liga berib qo'yma!

©Bernard Shou

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#TTJ_faoliyati

Dekanat jamoasi yangi yotoqxona sharoiti
bılan tanıshdı

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash fakulteti dekani  O.S.Boymatov boshchiligida fakultet Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari hamda fakultet tyutorlari yangi yotoqxona sharoitlari o'rganishdi
.



Talabalar turar joyining kuz-qish mavsumlariga tayyorgarligi, talabalarning dars qilish uchun yaratilyotgan sharoitlardan to'g'ri foydalanish ta'kidlandi.Talabalarga gaz, suv, elektr energiyasidan samarali foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish to'g'risida kerakli tavsiyalar berib oʻtildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Qalqon

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligining Oliy taʼlim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2023-yil 28-avgustdagi 30-Q/Q-sonli qoʻshma qaroriga asosan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etilgan.

"Qalqon" guruhi universitet ichki jamoatchilik nazorati jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Fakultet_yangiliklari
#Zakovat

🏛️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi
fakulteti 2-bosqich talabalari oʻrtasida “ZAKOVAT” intellektual oʻyini o‘tkazildi.

Baxs munozaraga boy oʻyinda yakuniy natijalarga koʻra:

🥇 206-guruh jamoasi
🥈 201-guruh jamoasi
🥉 204-guruh jamoasi

🏅Gʻolib jamoalar keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |