Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.67K subscribers
25.7K photos
1.82K videos
112 files
8.79K links
Download Telegram
#Vazir_tashrifi #Uchrashuv

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri universitetdagi laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, o‘z takliflarini berdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Universitetga tashrifi davomida Jahon banki, Islom taraqqiyot banki hamda Halqaro loyihalar doirasida tashkil etilgan 12 ta laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, o‘quv va laboratoriya darslarida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida Vazir tomonidan chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlash uchun suvtejamkor texnologiyalar asosida yangi yem-xashak ekinlari navlari ustida ishlash, yaylovlarda o‘simliklarni turlarini ko‘paytirish borasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish, mahallalarda aholi xonadonlaridagi chorva hayvonlari uchun veterinariya xizmatini ko‘rsatish shahobchalarini tashkil etish taklifi berildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Aprobatsiya

📣 Joriy yilning 15-noyabr kuni soat 14:00 da SamDVMCHBU mustaqil izlanuvchisi Sattorov Jamshid Madamin o‘g‘lining 16.00.03 - “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi ” ixtisosligi boʻyicha “Broyler jo‘jalar kolibakteriozida b.subtilis asosli probiotiklarning samaradorligi” mavzusida “SamDVMCHBU PZ-2020123121 raqamli innovatsion loyiha” hamda “Mega loyiha” doirasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishining navbatdagi aprobatsiyasi, shuningdek, 70840501-“Immunobiologik preparatlar biotexnologiyasi” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Hamzayeva Shahnoza Sobir qizining “Basillus subtillus kulturalarini ajratish, xususiyatlarini oʻrganish va saqlash” mavzusidagi magistrlik aprobatsiyasi bo‘lib o‘tadi.
🔷 Barcha aprobatsiya hay’ati a’zolari va ilmiy tadqiqotchilar taklif etiladi.

🏛 Manzil: Samarqand viloyati Toyloq tumani, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti “Hududiy diagnostika” laboratoriyasi.
#Vazir_tashrifi #Uchrashuv

Vazir universitetdagi ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy bilan tanishdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga tashrifi doirasida universitetda yo‘lga qo‘yilgan megaloyiha doirasida tashkil etilgan, amaliy darslarni o‘tishga mo‘ljallangan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi hamda tavsiyalarini berdi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
📚“KITOB MENING DOʻSTIM” TANLOVI HUDUDIY BOSQICHI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-sentyabrdagi 361-sonli buyrugʻiga asosan “Kitob mening doʻstim” respublika koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqd
a.

Tadbir doirasida turli yozuvchilarning hayoti va ijodi, badiiy asarlar qahramonlari haqida boʻlib oʻtgan savol-javoblarda zukko talabalar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishmoqda.

Tanlovda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bosqichida birinchi o'rinni olib, hududiy bosqichga yo'l olgan Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti 302-guruh 3-bosqich talabasi Amira Akramova ushbu bosqichda ham faol qatnashmoqda.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
DIQQAT, E'LON!

📣Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, oliy o'quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularga imkoniyatlar yaratish hamda talabalik nufuzini oshirib, rag'batlantirish maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Eng faol yil talabasi"
Respublika ko'rik-tanlovining universiteti bosqichini e'lon qilamiz.


💥 Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

◀️ “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol sportchi talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
◀️ “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun
).

👏 Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha universitet bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovning universitet bosqichi 2024-yilning 15-noyabr kuni soat 10:00 da 6-bino Faollar zalida bo‘lib o‘tadi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Malakaviy_amaliyot

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektorining 2024-yil 26-oktyabrdagi “Biotexnologiya fakultetining 3-bosqich talabalarini malakaviy amaliyotga yuborish haqida”gi buyrug‘iga binoan Biotexnologiya fakulteti "Veterinariya farmatsevtikasi" ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabalari malakaviy amaliyotlarini o‘tamoqdalar.

Malakaviy amaliyot orqali talabalar o'z ixtisosliklari bo'yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab borishmoqda.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |