Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.67K subscribers
25.7K photos
1.82K videos
112 files
8.79K links
Download Telegram
Forwarded from SamTVR | MTRK
#Vazir_tashrifi #Uchrashuv

Universitetga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tashrif buyurdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi mas’ul shaxslar kutib oldi.

Shundan so‘ng, universitet rektori mehmonlarga universitet bosh binosi oldidagi birinchi veterinar shifokori siymosi aks etgan monumentga ta’rif berib, uning yaratilish tarixi, ma’no-mazmuni haqida batafsil to‘xtaldi. Universitet hayoti va faoliyatiga haqida qisqacha ma’lumot berilib, esdalik uchun fotosuratga tushishdi hamda vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov estalik uchun universitet bog‘iga daraxt ko‘chatlarini ekdi.

👉 BATAFSIL SHU YERDA

🏛SamDVMCHBU Axborot xizma@SamTvr
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga keldi.

Dastlab vazir universitetda tashkil etilgan laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi. Chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlash uchun suvtejamkor texnologiyalar asosida yangi yem-xashak ekinlari navlari ustida ishlash, yaylovlarda o‘simliklarni turlarini ko‘paytirish borasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish, mahallalarda aholi xonadonlaridagi chorva hayvonlari uchun veterinariya xizmatini ko‘rsatish shohobchalarini tashkil etishni ta'kidladi.

Shuningdek, Q.Sharipov universitetda yo‘lga qo‘yilgan megaloyiha doirasida tashkil etilgan, amaliy darslarni o‘tishga mo‘ljallangan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi hamda tavsiyalarini berdi.

@samarqandyangiliklari
#TAVALLUD_MUBORAK

💐Bugun "Xususiy zootexniya va yaylov chorvachiligi" kafedrasi laboratoriya mudirasi Ochilova Zamira Djalolovnaning tavallud kuni.

💐Hurmatli Zamira Djalolovna! Sizni kafedra va universitet jamoasi nomidan tavallud ayyomingiz bilan tabriklab, ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz! Yaqinlaringiz, hamkasblaringiz mehr-muhabbati va umid-ishonchi Sizga hamisha yo‘ldosh bo‘lsin, ularning hurmat-e’tiborida, ardog‘ida yuring!

🌺 TUG'ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO'LSIN!


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Vazir_tashrifi #Uchrashuv

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri universitetdagi laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, o‘z takliflarini berdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Universitetga tashrifi davomida Jahon banki, Islom taraqqiyot banki hamda Halqaro loyihalar doirasida tashkil etilgan 12 ta laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, o‘quv va laboratoriya darslarida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida Vazir tomonidan chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlash uchun suvtejamkor texnologiyalar asosida yangi yem-xashak ekinlari navlari ustida ishlash, yaylovlarda o‘simliklarni turlarini ko‘paytirish borasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish, mahallalarda aholi xonadonlaridagi chorva hayvonlari uchun veterinariya xizmatini ko‘rsatish shahobchalarini tashkil etish taklifi berildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Aprobatsiya

📣 Joriy yilning 15-noyabr kuni soat 14:00 da SamDVMCHBU mustaqil izlanuvchisi Sattorov Jamshid Madamin o‘g‘lining 16.00.03 - “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi ” ixtisosligi boʻyicha “Broyler jo‘jalar kolibakteriozida b.subtilis asosli probiotiklarning samaradorligi” mavzusida “SamDVMCHBU PZ-2020123121 raqamli innovatsion loyiha” hamda “Mega loyiha” doirasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishining navbatdagi aprobatsiyasi, shuningdek, 70840501-“Immunobiologik preparatlar biotexnologiyasi” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Hamzayeva Shahnoza Sobir qizining “Basillus subtillus kulturalarini ajratish, xususiyatlarini oʻrganish va saqlash” mavzusidagi magistrlik aprobatsiyasi bo‘lib o‘tadi.
🔷 Barcha aprobatsiya hay’ati a’zolari va ilmiy tadqiqotchilar taklif etiladi.

🏛 Manzil: Samarqand viloyati Toyloq tumani, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti “Hududiy diagnostika” laboratoriyasi.