Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.66K subscribers
25.7K photos
1.82K videos
112 files
8.79K links
Download Telegram
#Master_klass

USTOZ-SHOGIRD TIZIMI DOIRASIDA
MASTER-KLASS

Bulung‘ur tumanidagi “Mustofoqul polvon dalasi” fermer xo‘galigida “Xususiy zootexniya” kafedrasi “Chorvachilikda innovatsiyalar” to‘garagining “Yetti xazinaning kaliti-bu tadbirkorlikdir” nomli ustoz-shogird tizimi doirasida master-klass bo‘lib o‘tdi.

Unda Zooinjeneriya fakulteti 4-bosqich talabalari G. Axmedovaning “Sigirlarni sog‘ish usullari”, V. Abdusattarovaning “Simental zotli qoramollarni xo‘jalik foydali belgilari”, O. Raimovaning “Qoramollarni tana o‘lchamlari asosida tirik vaznini aniqlash” va E. Nematullaevning “Qoramollarning tana o‘lchamlarini olish” kabi ma’ruzalari eshitildi.

Shuningdek, universitet rektorining buyrug‘iga asosan talabalar malakaviy amaliyot dasturlariga muvofiq, qoramollarni oziqlantirish, asrash, sog‘im ishlarini tashkil qilish, naslchilik ishining olib borilishini o‘rganib borishmoqda.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati.
#Master_klass

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetining “Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi dotsentlar Sh.A.Ishniyazova, Z.T.Saidmuradova va PhD assistentlar Sh.J.Yusupov, G‘.S.Tursunovlar Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida dotsent Sh.A.Ishniyazova “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standartlar va HACCP tizimi”, dotsent Z.T.Saidmuradova “Namlik miqdorini aniqlash”, PhD assistant Sh.J.Yusupov “Pasterlangan sut ishlab chiqarish texnologiyasi ”, assistent G‘.S.Tursunov “Sut va sut mahsulotlari sifatini tahlil qilish” mavzularida Veterinariya yo‘nalishi talabalariga ochiq dars “Master klass” mashg‘ulotlarini oʻtishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Master_klass

Andijon viloyati Marhamat tumanida joylashgan Andijon veterinariya meditsinasi texnikumida Veterinariya meditsinasi fakulteti talabalariga Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetinig "Ichki yuqumsiz kasalliklar" kafedrasi assistenti Botirova Shohista Abdiqaharovna Klinik diagnostika fanidan "Tizimlar bo‘yicha tekshirish" mavzusida MASTER KLASS o‘tkazdi.

Darsda hayvonlarni yurak qon tomiri tizimi va ovqat hazm qilish organlarini tekshirish usullarini, diagnoz qo‘yish bosqichlarini va olingan ma’lumotlarni ilmiy tahlil qilib to‘g‘ri diagnoz qo‘yish usullari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Dars yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Master_klass

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi v.b. dotsent U.A. Raxmonov Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida 201-guruh talabalariga Klinik diagnostika fanidan “Yurak qon tomir tizimini tekshirish” mavzusida MASTER KLASS o‘tkazdi.

Dars jarayonida yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga tashxis qo‘yishda ko‘rish, paypaslash, perkussiya, auskultatsiya va maxsus tekshirish usullaridan EKG da foydalangan holda hayvonni tekshirish kasalliklarga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Dars yakunida talabalar tomonida berilgan savollarga to‘liq javob berildi

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Master_klass

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi assistenti Botirova Shohista Abdiqaharovna Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida 2 kurs 201-guruh talabalariga Klinik diagnostika fanidan “Hayvonlarni umumiy tekshirish” mavzusida
MASTER KLASS o‘tkazdi.

Mashg‘ulot davomida hayvonlarni umumiy tekshirishda gabitus, teri qoplamalari, teri, ko‘rinadigan shilliq pardalarni va limfa tugunlarini tekshirish hayvonlarni umumiy holatini, kasallikni dastlabki klinik belgilarini, umumiy tekshirish orqali kasallikka ertachi diagnoz qo‘yish usullarini takidlab o‘tdi. Dars yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |