Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.66K subscribers
25.7K photos
1.82K videos
112 files
8.79K links
Download Telegram
#Rektor_yoshlar

“E’tibor - biz yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishda yordam bermoqda”

Prezidentimizning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilda o‘tkazilgan xatlov natijasiga ko‘ra “Yoshlar balansi”ga kiritilgan Samarqand shahar “Oqsaroy”, “Temiryo‘lchilar”, “Qo‘rg‘oncha”, “Bog‘iston” va “Birlik” mahallasida yashovchi yoshlar bilan SamDVMCHBU rektori, professor Xudaynazar Yunusovning uchrashuvi bo‘ldi.

Uchrashuvda Rektor yoshlarning turmush tarzi, qiziqishlari va kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Ularning muammolarini tinglab, oʻz tavsiyalarini berdi. O’z navbatida yoshlar bilan manzilli ishlash, muammolarini hal etish va ko‘maklashish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

👉BATAFSIL SHU YERDA

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Qaytib kelganlarning emas..
Hech qachon ketmaganlarning tuyg'ularu haqiqiydir..


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
TA'ZIYANOMA

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining “Veterinariya xirurgiyasi va akusherlik” kafedrasi assistenti Siddiqov Baxtiyor Tursunboyevichning onalari Siddiqova Maxsuda opaning vafot etganligi munosabati bilan universitet jamoasi nomidan ta’ziya izhor etamiz.

Janoza vaqti: 13-noyabr, soat 13:00 da

Manzil: Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Fozil Yo‘ldosh MFY, Ergаnakli qishlog‘i


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#1_TTJ
#SamDVMCHBU_news

Joriy yilning 12-noyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining mas'ullari - Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash fakulteti  Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari F.Abdukovulov
, navbatchi X. Mirzayev, inspektor B.Nayimov va tarbiyachi pedagog D.Nurmurodovlar tomonidan 1-sonli TTJ da istiqomat qilib kelayotgan talabalarining  yashash sharoitlari o'rganilib, xonadonlarining isitish tizimlari, xona jihozlaridagi talabalarning dars qilish jarayonlaridagi qulayliklar, dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar  bilan yaqindan tanishib chiqishdi.

Talabalarga gaz, suv, elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari bo‘yicha kerakli tavsiyalar va maslahatlar berib oʻtishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Ijara_xonadoni

Fakultet mas’ullari ijara xonodonlarini o‘rganishdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tyutorlari Yo.Fayzullayev, D.Ikromov, V.f.d (DSc)., dotsent U.I.Rasulov va assistent Z.I.Ilyosovlar fakultet talabalari istiqomat qiladigan ijara xonadonlarini oʻrganishdi.

Talabalar yashash sharoitlarini o'rganish davomida, ijara xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalarning dars qilish uchun yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

Kunlarning keskin sovishi natijasida isitish tizimiga bo'lgan talabning ortishini hisobga olgan holda talabalarga ijara xonadonlaridagi isitish tizimini doim nazoratga olishlari va ularni e'tiborsiz qoldirmaslik, elektr tokining qisqa tutashuvlari yoki is gazining hayot uchun juda xavfli ekanligi yana bir bor aytib o'tildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Master_klass

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi v.b. dotsent U.A. Raxmonov Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida 201-guruh talabalariga Klinik diagnostika fanidan “Yurak qon tomir tizimini tekshirish” mavzusida MASTER KLASS o‘tkazdi.

Dars jarayonida yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga tashxis qo‘yishda ko‘rish, paypaslash, perkussiya, auskultatsiya va maxsus tekshirish usullaridan EKG da foydalangan holda hayvonni tekshirish kasalliklarga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Dars yakunida talabalar tomonida berilgan savollarga to‘liq javob berildi

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Forwarded from Zarnews.uz
Олий таълим вазири Самарқандда талабалар билан учрашмоқда

Айни пайтда Самарқанд давлат университетида Олий таълим, фан ва инновациялар вазири Қўнғиротбой Шариповнинг вилоятдаги олий таълим муассасалари ёшлари билан учрашуви бўлиб ўтмоқда.

Вазир ёшларнинг ишга жойлашиш, инновацион лойиҳалари ва ривожланган мамлакатлар замонавий технологияларини юртимизда ҳам жорий қилиш, таълим жараёнига йўналтириш борасидаги таклифларини эшитмоқда.

Учрашувда Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти талабаси Райҳона Анарбоева талаба қизлар ўртасида "Тўмарис издошлари" ва йигитлар ўртасида "Темурбеклар" лойиҳасини ташкил этиш таклифини берди.

Ташаббус вазир томонидан қўллаб-қувватланиб, бу лойиҳа тажриба сифатида биринчи марта Самарқандда ташкил этилишини маълум қилди.

@Zarnews_uz