Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.65K subscribers
25.7K photos
1.82K videos
112 files
8.8K links
Download Telegram
#Ijara_xonadoni

MAS'ULLAR IJARA XONADONLARI SHAROITLARI BILAN TANISHDI


🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti profilaktika inspektori kapitan B.Naimov, Iqtisodiyot fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari B.Turopov hamda fakultet tyutori M.Jo'raqulovlar talabalarning ijara  xonadonlaridagi yashash sharoitlarini o‘rgandi.

Oʻrganish davomida ijara xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish sharoitlari, oshxonadan foydalanishi, darsxonalari bilan yaqindan tanishdi.

Xonalarning gigiyenik holatlari, yong'in xavfsizligi, is gazi, gaz kolonkalari va pechlardan to‘gʻri foydalanish qoidalari hamda xonadon sohiblari bilan birgalikda ijara shartnomalarini tuzish, qish mavsumida  ehtiyot choralarini koʻrish borasida kerakli tushuncha va ko‘rsatmalar berdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
HAMKORLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O'ZBEK, RUS TILLARI VA ADABIYOTI KAFEDRASI mudiri S.H.Ulliyeva joriy yilning 9-noyabr kuni SamDVMCHBU qoshidagi akademik litseyning 1-kurs 102-guruh talabalariga "Склонение имён существительных" mavzusida ochiq dars o'tdi. Dars yangi pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda o'tdi.


Darsda qatnashgan akademik litsey rus tili o'qituvchilari bilan fikrlar almashinilib, kerakli uslubiy ko'rsatmalar berildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Tanlov
#Yil_talabasi_2024

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti
Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetida "Yil talabasi 2024" fakultet bosqichi oʻtkazildi.


⚡️ Tanlov natijalarini baholashning shaffofligini ta’minlash maqsadida hakamlar hay’ati tarkibi tuzilib, xolisona baholanib borildi.

🔥 Uzoq davom etgan tanlov natijalariga ko‘ra hakamlar hay'ati quyidagi nomzodlarni taqdim etishdi.

Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
2024 yil 16-noyabr soat 10:00 da Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/30.12.2019.V.12.01. raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning (Zoom orqali onlayn/an’anaviy) navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi (2-bino, 271 xona)

K U N T A R T I B I

1. SamDVMCHBU mustaqil izlanuvchisi Eshquvatov Xonkeldi Hasanovichining 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi. 16.00.01–Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi ixtisosliklari bo‘yicha “Zotli qoramollarda aseptik pododermatitlarini etiopatogenezi, davolash va oldini olishni takomillashtirish” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya ishini ilmiy seminar muhokamasi.

2. Har xil masalalar.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Joriy yilning 11-noyabr kuni SamDVMChBU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida "Veterinariya meditsinasi" yo’nalishi tinglovchilari uchun Latviya biofanlar va texnologiyalar universiteti "Veterinariya meditsinasi" fakulteti "Klinik fanlar" kafedrasi professori, v.f.d. Shematovich Ilga Miervaldovna ishtirokida "Технологии вспомогательной репродукции коров в Латвии до 2024 года" mavzusida ma’ruza darsi tashkil etildi.

Ma’ruza mobaynida tinglovchilar bilan qiziqarli savol javoblar bo‘lib o‘tdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |