Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.24K subscribers
27.5K photos
1.99K videos
115 files
9.3K links
Download Telegram
Ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda!

Universitetning 2-bosqich tayanch doktoranti Ruziyev Adham Iskanovich "Itlarda otitlarni uchrash darajasi, diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish" mavzusida ilmiy tadqiqot olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsialarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o'quv markazi balansidagi xizmat itlarida quloq kasalliklarining uchrash darajasi o'rganilmoqda.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
MANAVIY-MA'RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGI MONITORING QILINDI

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan tashkilot” tanlovi doirasida quyi tashkilotlarda mazkur yo‘nalishdagi faoliyatni joylarda o‘rganish va belgilangan mezonlar asosida baholash jarayoni amalga oshirildi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 12-sentabrdagi 07/13-06/1464-son xatiga asosan Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan ishchi guruh vazirlik tizimidagi Samarqand viloyati tashkilotlarida Maʼnaviy-maʼrifat ishlarining qay darajada yoʻlga qoʻyilganligini o‘rgandi.

Ishchi guruh tomonidan belgilangan 12 bandning barcha koʻrsatkichlari boʻyicha monitoring oʻtkazildi. Maʼnaviy-maʼrifat ishlar munosib baholandi. Shu bilan bir qatorda kamchiliklar ham aytib oʻtilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Vazirlik tizimidagi quyi tashkilotlar faoliyati baholanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-sentabrdagi 07/13-06/1464-son xatiga asosan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan tashkilot” tanlovi doirasida universitet professor-o‘qituvchilari nomonidan vazirlik tizimidagi Navoiy viloyati tashkilotlarida mazkur yo‘nalishdagi faoliyati o‘rganilib, belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Mazkur tanlov doirasidagi o‘rganishlar yakunlariga ko‘ra faoliyati yuqori baholangan muassasalar tarmoqlar va hududlar kesimida aniqlanib, dastlabki bosqichda vazirlik huzuridagi qo‘mitalar, agentliklar va markazlar hamda hamkor tashkilotlar tomonidan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |