Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.15K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.67K links
Download Telegram
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi veterinariya farmakologlari va toksikologlarining VII XALQARO S’EZDi delegatlari mamlakatning yetakchi veterinariya kompaniyalaridan biri “BIO Biveco”ga tashrif buyurib, veterinariya preparatlari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Korxona bo‘ylab ekskursiya davomida ular sifatning yuqori standartlari va eng yangi texnologiyalar bilan tanishib, “BIO Biveco”ni sohada jahon yetakchilari qatorida ko‘rsatuvchi yutuqlari bilan tanishdilar.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Forwarded from SamTVR | MTRK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UNIVERSITETDA XALQARO S’EZD KO'TARINKI RUHDA O'TKAZILDI!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Farmakologiya va toksikologiya fanining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, istiqboldagi vazifalar va antibiotik rezistentlik muammolarining yechimlari” mavzusidagi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi veterinariya farmakologlari va toksikologlarining VII XALQARO S’EZDI bo‘lib o‘tdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

https://tttttt.me/SamTvr
#Yosh_jarroh_akusher

Ilmiy to‘garaklar faoliyati davom etadi

2024 yil 10-oktabr kuni soat 14:00 da 3-bino 360-xonada “Veterinariya profilaktikasi va davolash” fakulteti “Veterinariya jarrohligi va akusherlik” kafedrasi qoshida faoliyat olib borayotgan “Yosh jarroh va akusher” ilmiy to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.


10 октября 2024 года в 14:00 в аудитории № 360 3-того корпуса состоится очередное заседание научно-студенческого кружка “Молодой хирург и акушер”, при кафедре “Ветеринарной хирургии и акушерства” факультета “Ветеринарная профилактика и лечение”.

🔷 Barcha toʻgarakning faol aʼzolari, qiziquvchi talabalar hamda professor-oʻqituvchilarni ilmiy to‘garak yig‘ilishiga taklif qilamiz!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Hech qachon birovga loy chaplashga urinma, otgan loying unga tegmasligi mumkin lekin seni qoʻling iflosligicha qoladi.

©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Profilaktik_suhbat

“Korrupsiyaga qarshi kurashish, har birimizning burchimiz

Biotexnologiya  fakulteti 104-guruh talabalari bilan profilaktika inspektori, kapitan B.Nayimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi D.Mamatov, fakultet tyutori D.Nurmurodovlar ishtirokida profilaktik suhbat  bo‘lib o’tdi.


Ma’ruzachilar yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi pereparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, turli ommaviy tartibsizliklar, mitinglarda ishtirok etishdan ogoh bo‘lish, korrupsion holatlar va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va  bartaraf etish kabi mavzularda tushunchalar berishdi.

Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
2024-yil 9-oktabr kuni 3-juftlik soat 12:30 da 663-auditoriyada Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 60840300-Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 302-guruh talabalari uchun “Veterinariya sanitariya ekspertizasi” kafedrasi assistenti Ibragimov Farxod Moripovichning “Veterinariya sanitariya ekspertizasi” fanidan “Invazion kasalliklarda go‘shtni laboratoriya usullarida tekshirish” mavzusidagi ochiq laboratoriya darsi bo‘lib o‘tdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |