Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.13K subscribers
29K photos
2.1K videos
116 files
9.7K links
Download Telegram
#SamDVMCHBU_yangiliklari

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi dotsent v.b., v.f.n. Z.F.Normuradova, assistentlar, v.f.f.d. (PhD), N.E.Xudaynazarova va S.X.Yaxshiyevalar tomonidan Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Samarqand viloyat Hayvonlar kasalliklariga tashxis qo’yish va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazida Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo'yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun sayyor dars tashkil qilindi. Dars davomida talabalarga serologiya va bioximiya laboratoriyasida brutseliyoz kasalligiga RBP va RA reaksiyalarini qo’yishni hamda sutni sut halqali reaksiyasi bilan tekshirish o’rgatildi.
Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limi mutaxassisi B.Narziyev bilan birgalikda talabalarga qutirish kasalligiga qarshi emlash chora-tadbirlarini hamda kasallikning oldini olish usullari haqida ma’lumotlar berildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
#SamDVMCHBU_yangiliklari

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Rektorining 2024-yil 25-martdagi Agrotexnologiya fakulteti 2-bosqich talabalarini Malakaviy amaliyotga yuborish haqida” gi 284-T sonli buyrug'iga asosan joriy 4-may kuni fakultetning 207-guruh “O‘RMONCHILIK” ta'lim yo'nalishiga “Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish” fanidan amaliyot rahbari dotsent B.Kuldashov va yaqindan yordam ko‘rsatgan kafedra dotsenti O.Nazarovlar rahbarligida “Samarkand City” majmuasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishib, u yerda o‘stirilayotgan har -xil turdagi manzarali, dekorativ oʻsimliklarni yetishtirish, o‘stirish va parvarishlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

🏛SAMDVMCHBU axborot xizmati