Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.14K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.69K links
Download Telegram
#SamDVMCHBU_yangiliklari

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi dotsent v.b., v.f.n. Z.F.Normuradova, assistentlar, v.f.f.d. (PhD), N.E.Xudaynazarova va S.X.Yaxshiyevalar tomonidan Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Samarqand viloyat Hayvonlar kasalliklariga tashxis qo’yish va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazida Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo'yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun sayyor dars tashkil qilindi. Dars davomida talabalarga serologiya va bioximiya laboratoriyasida brutseliyoz kasalligiga RBP va RA reaksiyalarini qo’yishni hamda sutni sut halqali reaksiyasi bilan tekshirish o’rgatildi.
Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limi mutaxassisi B.Narziyev bilan birgalikda talabalarga qutirish kasalligiga qarshi emlash chora-tadbirlarini hamda kasallikning oldini olish usullari haqida ma’lumotlar berildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati