Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.14K subscribers
28.6K photos
2.06K videos
116 files
9.58K links
Download Telegram
#diqqat_tanlov

🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti iqtidorli talaba-yoshlar o'rtasida "Yangi O'zbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostida respublika esselar tanlovini e’lon qiladi!

📌 Tanlov 4 bosqichda: Universitetdagi fakultetlararo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan OTMlar o‘rtasida, mintaqaviy hamda yakuniy final respublika miqyosida o‘tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichi g'oliblarini taqdirlash:
🥇1-o‘rin uchun – 30 million so‘m,
🥈2-o‘rin uchun – 20 million so‘m,
🥉3-o‘rin uchun – 10 million so‘m.
💻 Bundan tashqari Respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasi zamonaviy noutbuk bilan taqdirlanadi.

📝 Tanlovning fakultetlararo bosqichida g'olib bo'lgan talaba-yoshlari uchun tanlovning Universitet bosqichi joriy yilning 10-may kuni soat 15:00da 6-bino ARMda bo'lib o'tadi.

📌 TANLOV NIZOMI

👉 @SDVUM_olami
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov #yil_talabasi

✅️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi "Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
🟢Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

💠Tanlov nominatsiyalar boʻyicha birinchi OTM bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🟥 Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich gʻoliblari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-oʻrin 15 barobari, 2-oʻrin 10 barobari va 3-oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🔖 "Yil talabasi" tanlovi nizomi

Hujjatlar 12-oktabrdan 20-oktabr qadar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

🧊 Yuqorida "Yil talabasi – 2021" gʻoliblarini taqdirlash marosimi videosini joyladik. Bu yilgi taqdirlash marosimida esa aynan Siz shunday taqdirlanishingiz mumkin. Buning uchun hozirdanoq harakatni boshlang. Ishtirok eting va gʻoliblar safida boʻling.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifalarimizda berib boriladi: sahifalarimiz:
Telegram |🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🧊 Imkoniyati cheklangan iqtidorli talabalar uchun tanlov!

✅️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini eʼlon qiladi.

➡️Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
🟢birinchi oliy taʼlim muassasasi bosqichi;
🟢respublika final bosqichi.

👉 Tanlov nizomi batafsil

💠Tanlovning oliy taʼlim muassasi bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliygoh rektoratining faxriy yorligʻi hamda tegishli ravishda 1-oʻrin sohibi BHMning 10 barobari, 2-oʻrin 8 barobari va 3-oʻrin 6 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.

➡️Respublika bosqichining 1-oʻrin sohibi esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maxsus diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hujjatlar 2022-yil 25-oktabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻzi taʼlim olayotgan fakultet rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifamizda:
https://tttttt.me/+VnxqO-c0cBb_ZWhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🏆 Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

✅️Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi "Til bilimdonlari" onlayn tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda ishtirok etish uchun @tiluzbot orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Tanlovda ishtirokchilarga 20-oktabrdan boshlab har kuni 30 tadan, jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalari va xatosiz yozish boʻyicha test savollari berib boriladi.

🟢Test savollaridan eng koʻp ball yigʻgan 200 nafar ishtirokchi hamda loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.

💠 TANLOV NIZOMINI OʻQISH

➡️Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sertifikatlar hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🟢1-oʻrin (1 nafar) – 5 million soʻm;
🟢2-oʻrin (2 nafar) – 4 million soʻm;
🟢3-oʻrin (3 nafar) – 3 million soʻm;
🟢4-oʻrin (4 nafar) – 2 million soʻm;
🟢5-oʻrin (10 nafar) – 1 million soʻm;
🟢Bundan tashqari loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchilar “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻmdan pul mukofoti taqdirlanadi.

↪️ Tanlovda ishtirok eting, bilimingizni sinang va gʻoliblar qatorida boʻling.

👉 TANLOVDA ISHTIROK ETISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SamDVMCHBU Yoshlari (Bobur Kenjayev)
#diqqat_tanlov
#qishki_ta’til

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar jamoasi "Oʻzingni kashf et" nomli tanloviga eʼlon beradi!

✍🏻Shartlarimiz!

👉 Qishki taʼtilda musiqa, san’at, rassomchilik teatr,she’riyat sohalariga qiziqadigan talabalar o’z ijod namunalari bilan aks etuvchi video yoki rasmlarni: https:@Gulandom_Botirovna sahifasiga yuboring.

👉 F.I.Sh va guruhingizni belgilashni unutmang!

Muddat: 04.01.23 dan 08.01.23 gacha.

🎉Gʻoliblar tantanali tarzda Yoshlar ittifoqi tomonidan esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar!

Mas’ul: B.Kenjayev; K.Ilmuratov; A.Ortiqaliyev
☎️+998334231333

🇺🇿https://tttttt.me/SDVU_Yoshlar_Ittifoqi
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🎓 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Maʼrifat maydoni” Respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda sanʼat oliygohlaridan tashqari Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari 10 nafargacha boʻlgan talabalardan tashkil topgan jamoalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda jamoalar oʻzaro 3 ta shart boʻyicha bellashadilar:
🔵1-sharti: “Adib hayoti” koʻrgazmali taqdimot chiqish;
🔵2-shart: Tezkor savol-javob;
🔵3-shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.

🏆 Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🎁 Mintaqaviy bosqichda gʻolib boʻlgan jamoa aʼzolari oʻzi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

🟢Respublika bosqichi gʻoliblari esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
🟢1-oʻrin 40 million soʻm;
🟢2-oʻrin 25 million soʻm;
🟢3-oʻrin 20 million soʻm;
🟢4-oʻrin 10 million soʻm;
🟢5-oʻrin 5 million soʻm.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar oʻzi tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

📌 Tanlov nizomi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
🔵2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
🔵4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
🔵7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
🔵11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_TANLOV

💫MENING UNIVERSITETIM 1 YOSHDA!💫

2023-yil 31-martda oliygohimiz universitet maqomini olganligiga 1 yil to‘lishi munosabati bilan Besh muhim tashabbus markazi qoshida tashkil etilgan “MUTOLAA ZAVQI” klubi tomonidan “MENING UNIVERSITETIM 1 YOSHDA” mavzusida tanlov tashkil etiladi.

☝️Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti  faoliyatini yoritib beruvchi ijodiy ishlar:
Insholar
She‘rlar
Videoroliklar qabul qilinadi.

Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
🎗Eng yaxshi insho
🎗Eng yaxshi she’r
🎗Eng yaxshi videorolik

☝️Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘z ijodiy ishlari bilan 2023-yil 31-mart kuni soat 14:00da 6-bino 603-xonaga kelishlari so‘raladi.

🏆Tanlov g‘oliblari diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

☎️Batafsil ma‘lumot uchun quyidagi telefon raqamlari bilan bog‘lanishingiz mumkin: 998902869836; 998942859836.
Forwarded from Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal (.)
#diqqat_tanlov
MAQOMING MUBORAK OLIY DARGOHIM!
⚡️⚡️⚡️Aziz talabalar! Qadrli jamoamiz!
Ta’lim muassasamiz bir yoshga to’lishi munosabati bilan Besh tashabbus markazi qoshidagi “Zakovat” intellektual klubi barcha fakultet talabalari o'rtasida musobaqa tanlovini e’lon qiladi!
📌 Tanlov 2023-yil 31-mart kuni soat 14.00 da 601-xonada bo’lib o’tadi!
‼️Tanlovda har bir fakultet jamoasi olti nafardan talaba ishtirokini ta’minlaydi.
Ishtirokchilar o'n ikki raunt bo’yicha bellashadilar:
Jamoalar hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.
🌟 G’oliblar aniqlanadi va markaz ma’muriyati tomonidan taqdirlanadi.
📲Tanlov yuzasidan savollar bo’yicha
📞 +998937296043, +998938365550 telefon raqamlari yoki @Forever0555 telegram manziliga murojaat qilishingiz so‘raladi.
📌 Biz bilimga chanqoq talaba yoshlarni kutib qolamiz!
💖 Hurmat bilan https://tttttt.me/SDVU_ZAKOAT
#DIQQAT_TANLOV

💫MENING UNIVERSITETIM 1 YOSHDA!💫

2023-yil 31-martda oliygohimiz universitet maqomini olganligiga 1 yil to‘lishi munosabati bilan Besh muhim tashabbus markazi qoshida tashkil etilgan “MUTOLAA ZAVQI” klubi tomonidan “MENING UNIVERSITETIM 1 YOSHDA” mavzusida tanlov tashkil etiladi.

☝️Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti  faoliyatini yoritib beruvchi ijodiy ishlar:
Insholar
She‘rlar
Videoroliklar qabul qilinadi.

Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
🎗Eng yaxshi insho
🎗Eng yaxshi she’r
🎗Eng yaxshi videorolik

☝️Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘z ijodiy ishlari bilan 2023-yil 31-mart kuni soat 14:00da 6-bino 603-xonaga kelishlari so‘raladi.

🏆Tanlov g‘oliblari diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

☎️Batafsil ma‘lumot uchun quyidagi telefon raqamlari bilan bog‘lanishingiz mumkin: 998902869836; 998942859836.
Forwarded from Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal (.)
#diqqat_tanlov
Maqoming muborak, oliy dargohim!
⚡️⚡️⚡️Aziz talabalar! Qadrli jamoamiz!
Ta’lim muassasamizga universitet maqomi berilganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan Besh tashabbus markazi qoshidagi “Notiqlik san’ati” to’garagi “Havaskor notiqlar” tanlovini e’lon qiladi!
📌 Tanlov 2023-yil 31-mart kuni soat 14.00 da 604-xonada bo’lib o’tadi!
‼️Tanlovda har bir fakultet jamoasi bir nafardan talaba ishtirokini ta’minlaydi.
Ishtirokchilar uchta shart bo’yicha bellashadilar:
1) o’zi tahsil olayotgan fakultet haqida ma’lumot berish (og’zaki);
2) she’rni yoddan ifodali o’qish;
3) matn yaratish (yozma).
Havaskor notiqlarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.
🌟 G’oliblar aniqlanadi va markaz ma’muriyati tomonidan taqdirlanadi.
📲Tanlov yuzasidan savollar bo’yicha
📞 +998936802066, +998995872066 telefon raqamlari yoki @EshniyazovaM telegram manziliga murojaat qilishingiz so‘raladi.
📌 Biz sizni – nomzodlar va muxlislarni kutib qolamiz!
💖 Hurmat bilan https://tttttt.me/SDVU_NOTIQLIK