Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.76K subscribers
35.6K photos
2.68K videos
130 files
11.6K links
Download Telegram
#Ochiq_muloqot

“Yoshlarni eshitamiz” shiori ostida bitiruvchi yoshlar bilan
ochiq muloqot davom etmoqda

Samarqand shahridagi Yoshlar markazi binosida ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan bo'lib o'tayotgan ochiq muloqotda SamDVMCHBU 2024-2025 o‘quv yilida tamomlagan bitiruvchi yoshlari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sadullayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazir o‘rinbosari O.Maxkamov, departament boshlig‘i A.Mamanazarov, O‘zbekiston Milliy bank hamda Aloqa bank rahbarlari, tizmga tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari va mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbirda bitiruvchi yoshlar tomonidan ko‘tarilayotgan taklif va savollarga shu joyning o‘zida yechim ko‘rsatilib, bajarilishi yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Aytish joyizki, yoshlarning fikrlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish choralari ham ko‘rilmoqda.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
👍2🔥2👏21