Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.67K subscribers
35.5K photos
2.68K videos
130 files
11.5K links
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Amaliyot

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti dekani, dotsent A.Nurniyozov va Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiya kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Ishniyazovalar Polshaning Krakow qishloq xo’jalik universitetida
amaliyot o'tamoqdalar.

Amaliyot davomida Krakow universitetidagi mavjud zamonaviy laboratoriyalar bilan yaqindan tanishish davomida tomonlar qishloq xo‘jaligi ta’limi va tadqiqotlarini rivojlantirish, universitet professor-o’qituvchilari tomonidan Krakow universitetida ma'ruzalar o‘tish va ikki tomonlama hamkorlikda ish olib borib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko'zda tutilgan.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
👍101🔥1👏1
#Xalqaro_hamkorlik
#Amaliyot

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti dekani, dotsent A.A.Nurniyozov va Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiya kafedrasi mudiri, dotsent Sh.A.Ishniyazovalar Polshaning Krakow qishloq xo’jalik universitetida stajirovka o'tash mobaynida "PANSTWOWA AKADEMIA NAUK STOSOWANYCH" akaemiyasida "Zamonaviy qishloq xo'jaligida amaliy nuqtai nazardan sifat tizimlari III" mavzusidagi ilmiy konferensiyasida ishtirok etishdi.

Ushbu konferensiyada unversitetimiz vakillari ham ushbu sohadagi o'zlarining innovatsion bilim va tajribalarini olimlar, tadqiqotchilar va ekspertlar bilan o'rtoqlashdi va kelgusida hamkorlik shartnomalarini tuzish kelishib olindi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍94🔥4👏3
#Xalqaro_hamkorlik
#Amaliyot

POLSHA DAVLATIDA
AMALIYOT O'TAYOTGAN TALABALAR ISH JARAYONI BILAN TANISHILDI

SamDVMCHBU iqtidorli talabalari hozirda Polshaning “Green Crops” kompaniyasi bilan hamkorlikda yo'lga qo'yilgan pullik
amaliyot dasturida faol ishtirok etmoqdalar.

Ayni damda Biotexnologiya fakulteti dekani dotsent A.A.Nurniyozov va Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va
qayta ishlash texnologiya kafedrasi mudiri dotsent Sh.A.Ishniyazovalar unversitetimizning mas'ul professor-o'qituvchilari, talabalarining yashash sharoitlari, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning ish jarayonlari bilan tanishib davra suhbati tashkil etildi.

Talabalarimiz ochiq dalada sabzavot yetishtirish jarayonida ishtirok etmoqda. Ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini parvarishlash, sug‘orish tizimlari va boshqa agrotexnik va biotexnologik jarayonlarni oʻrganmoqdalar.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
👍7👏21🔥1
#Xalqaro_hamkorlik
#Amaliyot

Universitet professor-o'qituvchilari O'zbekistonning Polshadagi elchisi bilan uchrashdi

SamDVMCHBU Biotexnologiya fakulteti dekani, dotsent A.A.Nurniyozov va Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va
qayta ishlash texnologiya kafedrasi mudiri, dotsent Sh.A.Ishniyazovalar Polshaning Krakow qishloq xo’jalik universitetida amaliyotda bo'ldilar.


Amaliyot davomida mas'ullar O'zbekistonning Polshadagi elchisi Amirsaid Agzamxodjayev va elchi bosh maslahatchisi Mirzohid Abduxoliqov bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda O'zbekiston va Polsha davlatlari o'rtasida mustahkam hamkorlik yo'lga qo'yilganligi, xususan universitetimiz iqtidorli talabalari Green-Crops kompaniyasida pullik amalyot o'tashyotganligi, bunday tashriflarni tashkil etishni qo'llab quvvatlagan mas'ullarning xizmatlari beqiyos ekanligi ta'kidlab o'tildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
👍43🔥2👏2