Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.75K subscribers
35.2K photos
2.65K videos
126 files
11.4K links
Download Telegram
#Tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Vatanni madh etib” eng yaxshi videoroliklar tanlovi e’lon qilindi. Ushbu tanlovda barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

Tayyorlanadigan videorolik quyidagi mavzularda bo’lishi talab etiladi:

👉 milliylikni targʻib qilish;
👉 milliy merosimiz va qadimiy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan boʻlishi;
👉 yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini oshirishga qaratilgan boʻlishi;
👉 Oʻzbekistonning tarixi va bugungi kuni, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar v.h.

❗️Videorolik tasvirida 70-80 foizgacha jamoa (yoki yakka tartibda) aʼzolarining aks (koʻrinishi) etishi hamda taqdim etiladigan videoroliklar soni 1 ta, davomiyligi 30 soniyadan – 1:00 daqiqagacha MPEG-4 formatda bo'lishi shart.

“Vatanni madh etib” eng yaxshi videoroliklar tanlovining final bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan ishtirokchi yoki jamoalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlikning diplomi hamda quyidagi tartibda:

1-oʻrin – 20 million soʻm,
2-oʻrin – 15 million soʻm,
3-oʻrin – 10 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

❗️Videoroliklar
+998939912244
telegram manziliga 2025-yilning 4-aprel kuni soat 17:00 ga qadar yuborilishi lozim. Kechikkanlardan qabul qilinmaydi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍4🔥1
Forwarded from Edu.uz
#tanlov #kelajak_muhandislari

🔻“3D modellashtirish” tanlovida qatnashing!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli musobaqalar va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 14–15-aprel kunlari Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “3D modellashtirish” yo‘nalishida tanlov bo‘lib o‘tadi. Unda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, sohaga qiziquvchi barcha yoshlar qatnashishi mumkin.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin uchun: noutbuk 💻
🥈2-o‘rin uchun: planshet 💻
🥉3-o‘rin uchun: printer. 🖨

❗️ Eslatib o‘tamiz, rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tmaganlarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish

📍 Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
🗓 Sana: 14–15-aprel
🕖 Soat: 9:00

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1👏1
#TANLOV

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-martdagi 100-sonli buyrugʻi asosida buyuk maʼrifatparvar, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri, atoqli adib va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan joriy yilning 8-aprel kuni tashkil etilgan "Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari" mavzusidagi insholar tanlovining hududiy va respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda universitetimizning iqtidorli talabalaridan biri Biotexnologiya fakulteti 404-guruh talabasi Suyarova Vazirabonu ham ishtirok etdi.

⚡️Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar respublika komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, yakuniy natijalar tez orada eʼlon qilinishi taʼkidlandi.


🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
👍6🔥1
#Litsey_xabarlari #Tanlov_balli_qizlar

Joriy yilning 11-aprel kuni SamDVMCHBU Akademik litseyining faollar zalida 1- kurs qizlari ishtirokida ''BALLI QIZLAR'' ko'rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

"Tanishtiruv", "Karven san'ati", "Erkin mavzu", "Tugma qadash", "Soch turmaklash" kabi shartlarda qizlar bor mahorotlarini ko'rsatib,
tanlov ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
👏6👍2🔥1
#TANLOV

Oliy ta’lim tashkilotlarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularni kitob o‘qishga da’vat etish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ilhom” mukofoti tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 503-son qarorida belgilangan Nizom talablariga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan har yili yuqori saviyada oʻtkazib kelinmoqda.

Joriy yilda ham universitetimizda ushbu tanlovning oliy taʼlim muassasasi miqyosidagi dastlabki saralash bosqichi oʻtkazildi.

Ushbu saralash bosqichida fakultetlar kesimidagi talabalar shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiga oid 50 ta savoldan tashkil topgan test sinovida ishtirok etishdi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
👍6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov #Vatanni_madh_etib

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-martdagi 107-sonli buyrug'iga muvofiq tashkil etilgan "Vatanni madh etib" eng yaxshi videoroliklar tanlovi uchun iqtisodiyot fakulteti talabalari tomonidan tayyorlandi
.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
👍51🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanni_madh_etib
#tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Vatanni madh etib” shiori ostida tashkil etilgan tanlovga Biotexnologiya fakulteti 1-bosqich 102-guruh talabalari tomonidan tayyorlagan
videorolik.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
👍8🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanni_madh_etib
#tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Vatanni madh etib” shiori ostida tashkil etilgan tanlovga Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti talabalari tomonidan tayyorlagan
video lavhani e'tiboringizga havola etamiz!

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
👍5🔥2👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanni_madh_etib
#tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Vatanni madh etib” shiori ostida tashkil etilgan tanlovga Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti talabalari tomonidan tayyorlagan
video lavhani e'tiboringizga havola etamiz!

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
👍4🔥2
#TANLOV

📚 Oʻzbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi tomonidan joriy yilning 7-may kuni “Yoshlar korrupsiyaga qarshi!” mavzusidagi esselar tanlovining oliy taʼlim muassasasi bosqichi oʻtkazildi.

Natijalarga koʻra quyidagi talabalar gʻolib boʻlishdi:

1-oʻrin - Qurbonaliyeva Farangiz -Biotexnologiya fakulteti 103-guruh talabasi.
2-oʻrin - Jumaniyozova Munisa - Iqtisodiyot fakulteti 205-guruh talabasi.
3-oʻrin - Hazratqulov Zoyir - Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 201-guruh talabasi.


👏 Gʻoliblarni qutlaymiz!


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍4👏2🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov

📣 Mukofot jamg‘armasi $1 000 000 bo‘lgan “President Tech Award” tanlovi boshlandi!

“President Tech Award” tanlovi bu sizning bilim va tajribangizni namoyish etish, qolaversa, innovatsion IT yechimlar va loyihalaringizni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatdir.

Tanlov yo‘nalishlari:
🟢Sun’iy intellekt texnologiyalari;
🟢Ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;
🟢Axborot va kiber xavfsizlik texnologiyalari;
🟢Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
🟢Kompyuter va mobil o‘yin dasturlari;
🟢Maxsus yo‘nalish – Hakaton.

Tanlovda qatnashing, o‘z startapingizni taqdim etib, moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ling!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: https://awards.gov.uz/login

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Forwarded from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov

📣 Diqqat! Xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda!

O‘zbekiston va Rossiya talabalari o‘rtasida “Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida xalqaro tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tanlov Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi hamda Butunjahon tashqi savdo akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

📌 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Ijtimoiy-iqtisodiy, menejment va yuridik sohalarning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari.

🗓 Arizalar qabul qilish muddati: 2025-yil 11-iyun

Batafsil ma’lumot va taqdimot shakli bilan tanishish uchun havola:
👉 https://rouz.vavt.ru

Aloqa uchun:
🔹 @nctms

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Forwarded from Edu.uz
#tanlov

“Anor” yozgi dam olish oromgohi uchun tanlov

“Vatandoshlar” jamoat fondi xorijda yashayotgan o‘zbek yoshlari uchun quvonarli yangilik bilan chiqdi — fond tomonidan 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh vatandoshlar uchun O‘zbekistonda tashkil etiladigan “Anor” yozgi dam olish oromgohi uchun tanlov e’lon qilindi.


Tanlovga kimlar qatnasha oladi?

Mazkur tanlov xorijda istiqomat qilayotgan 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘zbek millatiga mansub bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu oromgoh ular uchun ona Vatan bilan yaqindan tanishish, o‘zbek tili, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini chuqurroq anglashga keng imkoniyat yaratadi. Shuningdek, yoshlar yangi do‘stlar orttirib, unutilmas taassurotlar bilan qaytadilar.

“Anor” oromgohi — bu nafaqat hordiq, balki ma’naviy o‘sish, til va madaniyatni o‘rganish, o‘zlikni anglash sari muhim qadamlardan biridir.

✈️ Xorijdagi yaqinlaringizga yuborib qo‘ying.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍1
#Dolzarb_90_kun #Tanlov

Joriy yilning 24-iyun kuni, Oʻzbek , rus tillari va adabiyoti kafedrasi tomonidan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti sirtqi taʼlim yoʻnalishi talabalari o‘rtasida "Notiqlik sanʼati" koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda 102, 103, 104, 105-guruh talabalari jamoalari uchta shart asosida oʻzaro bellashishdi.

Tanlov natijalariga koʻra 102-guruh jamoasi mutlaq gʻolib deb topildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida notiqlik madaniyatini yanada rivojlantirish va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir soʻngida gʻolib va faol ishtirokchi guruhlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
  Instagram | Facebook| Youtube
 |
👍53🔥1