Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.14K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.68K links
Download Telegram
#TTJ_FAOLIYATI #DAVRA_SUHBATI

Joriy yilning 4-fevral kuni Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti “Xususiy zootexniya va yaylov chorvachiligi” kafedrasi dotsenti M.K.Narbayeva va hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.T.Axtamova 2-son TTJda yashovchi talaba qizlardan xabar olishdi. Dotsent M.K.Narbayeva hamda M.T.Axtamova tomonidan fakultetda tasdiqlangan rejaga muvofiq talaba-qizlar bilan “Birni ko‘rib fikr qil-mingni ko‘rib shukr qil” mavzusida davra suhbati tashkil qilishdi.

Davra suhbati davomida M.K.Narbayeva talaba-qizlarga tartibli, intizomli bo‘lish, shukronalik haqida, ayniqsa bugungi kunda mamlakatimizda o‘qish, mehnat qilish uchun imkoniyatlar eshigi ochilgani, shu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish lozimligi haqida gapirdi.

Shu munosabat bilan talaba-qizlarimizni shukronalik hissi bilan yashashga undadi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |