Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.14K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.68K links
Download Telegram
#TTJ_FAOLIYATI #DAVRA_SUHBATI

Joriy yilning 4-fevral kuni Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti “Xususiy zootexniya va yaylov chorvachiligi” kafedrasi dotsenti M.K.Narbayeva va hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.T.Axtamova 2-son TTJda yashovchi talaba qizlardan xabar olishdi. Dotsent M.K.Narbayeva hamda M.T.Axtamova tomonidan fakultetda tasdiqlangan rejaga muvofiq talaba-qizlar bilan “Birni ko‘rib fikr qil-mingni ko‘rib shukr qil” mavzusida davra suhbati tashkil qilishdi.

Davra suhbati davomida M.K.Narbayeva talaba-qizlarga tartibli, intizomli bo‘lish, shukronalik haqida, ayniqsa bugungi kunda mamlakatimizda o‘qish, mehnat qilish uchun imkoniyatlar eshigi ochilgani, shu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish lozimligi haqida gapirdi.

Shu munosabat bilan talaba-qizlarimizni shukronalik hissi bilan yashashga undadi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#TTJ_faoliyati

Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti Hayvonlar genetikasi, urchitish va oziqlantirish texnologiyasi kafedrasi assistenti q.x.f.f.d. (PhD) Z.B.Suyunova universitet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 2-sonli
TTJ ga tashrif buyurdi.

Talabalarga tartib-intizom, tozalikka e'tibor qaratish qonun-qoidalari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib boorish barobarida "Muomala madaniyati” to‘g‘risida davra suhbati tashkil etib, muomala odobi bu inson ko'rki bo'lib, insonga bo'lgan samimiy mehr-muruvvat mezoni ekanligi, bu mezonga izchil amal qilish odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishi, o'zaro ishonchni mustahkamlashini ta’kidladi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |