Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.13K subscribers
29.2K photos
2.12K videos
116 files
9.75K links
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

AQSHning CNFA tashkiloti vakillari SamDVMCHBUda


Prezidentimizning “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qaroridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligini rivojlantirish orqali barqarorlik va farovonlik” loyihasi doirasida AQShning CNFA tashkilotining Nino Kobaxidze boshchiligidagi vakillari SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

Universitet faollar zalida mehmonlar va universitet rektori, professor X. Yunusov boshchiligidagi universitet jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tashkilotning maqsadi haqida so‘z borib, malaka oshirish va ta’limda qishloq aholisiga kasbiy malaka oshirish va yangi texnologiyalarni o‘rgatishga qaratilgan dasturlar, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suvni tejash va bog‘dorchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda grant mablag‘larini ajratish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlik - yangi marralar sari yoʻl

Ayni kunlarda Universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori O.Achilov, Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri Sh.Ishniyazova Polsha Respublikasida xizmat safarida bo’lib, Krakow qishloq xo’jalik universiteti vakillari bilan hamkorlik masalarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar qishloq xo‘jaligi ta’limi va tadqiqotlarini rivojlantirish, universitet professor-o’qituvchilari tomonidan Krakow universitetida ma'ruzalar o‘tish va ikki tomonlama hamkorlikda ish olib borib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Mazkur hamkorlik universietimizning qishloq xo‘jaligi sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik
#Xalqaro_ekspertlar

Avval xabar berganimizdek, Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida
xalqaro ekspertlar doktor I.M.Shematovicha va A.Malniecelar loyiha doirasida treninglar o‘tkazmoqdalar.

Treninglarning navbatdagi qismi professor-o‘qituvchilar ishtirokida bevosita  chorvachilik fermer xo‘jaliklarida bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birgalikda chorvachilik fermer xo‘jaliklari mutaxassislariga ham ilmiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

https://tttttt.me/veterinariyamalakaoshirish

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇮🇳Universitetimiz xorijiy talabalar diqqat markazida

Hindistonlik abituriyentlar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ta'lim olishga qiziqish bildirishmoqda.


SamDVMCHBU rektori va Hindistonlik tashkilot rahbari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida o'zaro kelishuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, Hindistonlik talabalarga universitetimizda shart-sharoit yaratib berish, oʻquv jarayonlarini tashkil qilish rejalashtirildi. Bu orqali kelajakda xorijiy talabalar sonini koʻpayishiga erilshiladi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasida o'quv mashg'ulotlari olib borayotgan  Latviya biofanlar va texnologiyalar universiteti "Veterinariya meditsinasi" fakulteti "Klinik fanlar" kafedrasi professorlari, v.f.d. Shematovich Ilga Miervaldovna va Aija Malniece Edgarovnalar Universitet rektori, professor Yunusov Xudaynazar Beknazarovich  qabulida bo'ldi.

Tashrif doirasida  veterinariya va chorvachilik hamda bitexnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan hamkorlik ishlari  yuzasidan fikr almashinuv bo'lib o'tdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇯🇵Universitetimizga Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA) vakillari tashrif buyurishdi

Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida "Chorvachilikda qo'shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish" loyihasi bo'yicha tayyorgarlik tadqiqot missiyasini amalga oshirish maqsadida tashrif buyurdi.

O'zbekistonda chorvachilik sohasini hozirgi holati, universitetimizdagi hayvonlar klinikasi va laboratoriya jixozlari bilan ta'minlash darajasi bilan tanishdi.

Kelajakda mavjud masalalarni yechimiga qaratilgan vazifalarni bajarish maqsadida kredit mablag'larini jalb qilishga doir ustuvor yo'nalishlarga e'tibor qaratildi. Bundan tashqari, chorvachilikda yaylovlardan oqilona foydalanish va ularning degrоdatsiya masalalariga e'tibor qaratadi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇯🇵Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA) vakillari universitetimizda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida "Chorvachilikda qo'shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish" loyihasi bo'yicha tayyorgarlik tadqiqot missiyasini amalga oshirayotgan xorijiy ekspertlar universitetimiz laboratoriya, Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy va veterinariya klinikasi bilan tanishdi.

Universitetimizda chorvachilik sohasini hozirgi holati universitetimizdagi hayvonlar klinikasi va laboratoriya jixozlari bilan ta'minlash darajasi bilan tanishdi.

Laboratoriya darslariga qatnashgan mehmonlarda yaratilgan sharoitlar juda yaxshi taassurot qoldirdi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |