Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.13K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.68K links
Download Telegram
DIQQAT, ELON!
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab 14-yanvar kuni quyidagi sport turlari bo‘yicha fakultetlar birinchiligi o‘tkaziladi.

📌 Tosh ko‘tarish - har bir jamoadan 3 nafardan;

📌Voleybol - har bir jamoadan 8 nafardan;

📌Stol tennisi - har bir jamoadan 2 o‘g‘il, 1 qiz;

📌Shaxmat - har bir jamoadan 2 o‘g‘il, 1 qiz ishtirok etadi.


☝️Musobaqada SamDVMCHBU talaba-yoshlari ishtirok etishadi.

☝️ Musobaqa 2025-yil 14-yanvar kuni SamDVMCHBUning sport inshootlarida bo‘lib o‘tadi.

🏆 Musobaqa g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

☎️ Batafsil ma‘lumot uchun telefon:
+99893331-16-36
Telegram:
Https://tttttt.me/+998937232436

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni #Tadbir

"Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri"

14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan SamDVMCHBU Iqtisodiyot fakulteti rahbariyati boshchiligida fakultet talaba-yoshlarini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga ona Vatanni sevish va uni ardoqlash muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda fakultet iqtidorli-ijodkor talaba-yoshlari tononidan Vatanni, armiya va harbiylarimizni ulug'lovchi kuy-qo'shiqlar yangradi, teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
UNIVERSITET REKTORI KUZGI SEMESTR UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN YAKUNIY NAZORATLAR JARAYONI BILAN TANISHDI

SamDVMCHBU rektori, professor Xudaynazar Yunusov talabalarning Kuzgi semestr uchun o‘tkazilayotgan yakuniy nazorat ishlarini topshirish jarayoni bilan tanishdi.

Rektor talabalar bilan bilan uchrashuvda jarayonni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida universitet tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh doimiy nazorat qilib borayotgani haqida to‘xtalib, talabalarga omad tiladi.

Shuningdek, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining 1-bosqich talabalariga o‘tkazilayotgan yakuniy nazorat jarayoni Rektor boshchiligidagi mas’ullar va fakultet rahbariyati tomonidan yakuniy nazoratlarni belgilangan tartibda tashkil etilishi va o‘tkazilish holatini kuzatishdi.

Ma’lumot uchun: Universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlariga Kuzgi semestr uchun yakuniy nazorat ishlari davom etmoqda...

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 452-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash, bunda universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, talabalar bilimini baholashda ochiq-oshkorolik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan universitet rektori, professor X.Yunusov universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Unda universitetda yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbiri, bunda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishni nazarda tutgan holda ishchi guruh tomonidan o‘tkazilishi, talabaning majburiyatlari, belgilangan tartiblar buzilsa amalga oshiriladigan choralar, yakuniy imtihon ishlari va baholash natijalari kabi masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati