Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.69K subscribers
35.4K photos
2.67K videos
130 files
11.5K links
Download Telegram
E’tirof va qutlov: Samarqandda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlandi

🟢Qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biri sifatida e’tirof etilib, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda fidoyi dehqonlar, mirishkor fermerlar, chorvadorlar, irrigatorlar, agronomlar va boshqa qishloq xo‘jaligi xodimlarining o‘rni beqiyos. 

🎗Ana shunday mehnatkash insonlar faoliyatini e’tirof etish va rag‘batlantirish maqsadida bugun Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan “Diyora” bazmgohida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni - “Hosil bayrami” keng nishonlandi. Tadbirda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, viloyat qishloq xo‘jaligi mas’ullari, klaster rahbarlari, fermerlar, tizim tashkilotlari vakillari va sohada faoliyat yuritayotgan ko‘plab ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

🔝Tadbir avvalida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini bayram bilan samimiy qutlar ekan, mirishkor dehqonlar, fidoyi fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, suv va tuproqni samarali boshqarayotgan irrigatorlar, mexanizatorlar, agronomlar hamda o‘z bilim va tajribasini soha rivojiga baxshida qilayotgan jonkuyar olim va mutaxassislarning mehnatini yuqori baholadi.

Shuningdek, bayram tadbirida qishloq  xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi xodimlariga o‘z tabrik so‘zini yo‘llab, bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan keng islohotlar, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan qator tashabbuslar, tizimda joriy etilayotgan innovatsion loyihalar, sifatli va natijaga yo‘nalgan sa’y-harakatlar yordamida erishilgan yuqori hosildorlik borasida so‘z yuritdi va bu kabi samaradorlikning ta’minlanishida samarqandlik fermer, dehqonlarning ham ko‘magi beqiyos ekanligini ta’kidladi.

 
🎁Bayram davomida sohada zahmatli mehnat qilib kelayotgan sohaning zalvorli yukini o‘z yelkasida ko‘tarib kelayotgan mirishkor dehqon va fermerlar, tizim istiqboli uchun samimiy mehnat qilib, qishloq xo‘jaligining rivoji uchun sa’y-harakatini ayamay kelayotgan 10 nafar xodim “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni, 37 nafar soha mutaxassislari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 

Bu kabi e’tirof va rag‘batlantirishlar xodimlarni yanada ko‘proq mehnat qilishga undash bilan birga, ularning faoliyatini qadrlashda muhim o‘rin tutadi. Tadbirning bayramona qismi turli musiqiy chiqishlar bilan davom etdi. Unda ishtirok etayotgan barcha soha vakillari esa, ko‘tarinki kayfiyatda tadbirni kuzatib, o‘z mehnatlarining qadrlanishidan mamnun bo‘ldilar.

📌Mazkur tadbir yakunida Samarqand viloyati hokimligi va Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida ilmiy, texnik va amaliy hamkorlik qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Aytish mumkinki, bu kabi hamkorlik kelishuvlari soha rivojiga yo‘nalgan ko‘plab loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishiga, shuningdek, talabalarning bu boradagi nazariy va amaliy salohiyatining ortishiga xizmat qiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni


14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan SamVMCHBUda universitetimiz xodimlaridan tabrik soʻzlari

🏛SamDVMCHBU Besh Muhim Tashabbus Markazi Rasmiy kanali

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍8👏21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni


14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan SamVMCHBUda universitetimiz xotin-qizlaridan tabrik soʻzlari

🏛SamDVMCHBU Besh Muhim Tashabbus Markazi Rasmiy kanali

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👏8🔥42👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti faol talabalari tashabbusi bilan 🇺🇿14-yanvar  ''Vatan himoyachilari kuni '' munosabati bilan fakultet professor-oʻqituvchilaridan bayramona
tabrik, hamda ezgu tilaklarini eshitishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
📱Instagram 📱Facebook 🌐 Sayt
👍6👏3🔥1
🇧🇾🇺🇿Universitetimiz hamda Belorussiyaning Vitebsk "Hurmat belgisi" ordenli davlat veterinariya akademiyasi bilan hamkorligida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

30 yanvar kuni Vitebsk davlat veterinariya akademiyasi va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “XXI asrda veterinariya: biotexnologiya va raqamli texnologiyalarning o‘rni” III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining yalpi majlisi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

🎓 Konferensiyaning yalpi majlisini ochib berishda, konferensiya tashkiliy qoʻmitasi raislari, rektorlar Olga Sergeevna Gorlova va Xudaynazar Beknazarovich Yunusovlar ishtirokchilarga tabrik soʻzi bilan murojaat qilishdi.

👍SSUV_Xalqaro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1
Forwarded from Edu.uz
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik


Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍63🔥2👏2
#8_mart_bayrami #Ayolga_ehtirom

SamDVMCHBU Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta Ishlash texnologiyasi fakultetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni ko‘tarinki ruhda nishonlandi!

Fakultetda bayram munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, faol talabalar va mehmonlar ishtirok etishdi. Samimiy tabrik so‘zlari, qiziqarli chiqishlar, musiqiy dasturlar va ko‘ngilochar o‘yinlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida fakultet rahbariyati tomonidan xotin-qizlarga samimiy
tabrik va ezgu tilaklar bildirildi. Ijodiy chiqishlar va konsert dasturlari namoyish etilib, faol talaba-qizlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Hurmatli ustozlarimiz, opa-singillarimiz va talaba qizlarimiz! Sizlarni yana bir bor 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!



🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
👍21🔥41👏1
#8_mart_bayrami
#Ayolga_ehtirom

🏛SamDVMCHBUniversitetining Biotexnologiya fakultetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan "Sen baribir muqaddasan, muqaddas ayol" shiori ostida 1-bosqich talabalari o'rtasida "MILLAT QIZLARI" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, faol talabalar va mehmonlar ishtirok etishdi. Samimiy
tabrik so‘zlari, qiziqarli chiqishlar, musiqiy dasturlar va ko‘ngilochar o‘yinlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida fakultet rahbariyati tomonidan xotin-qizlarga samimiy
tabrik va ezgu tilaklar bildirildi. Ijodiy chiqishlar va konsert dasturlari namoyish etilib, faol talaba-qizlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

💐Aziz ustozlarimiz, opa-singillarimiz va talaba qizlarimiz! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
👍83🔥1
#Millat_qizlari #8_mart_bayrami
#Ayolga_ehtirom

SamDVMCHBU Biotexnologiya fakultetida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan "Sen baribir muqaddasan, muqaddas ayol" shiori ostida 1-bosqich talabalari o'rtasida "MILLAT QIZLARI" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, faol talabalar va mehmonlar ishtirok etishdi. Samimiy
tabrik so‘zlari, qiziqarli chiqishlar, musiqiy dasturlar va ko‘ngilochar o‘yinlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida fakultet rahbariyati tomonidan xotin-qizlarga samimiy
tabrik va ezgu tilaklar bildirildi. Ijodiy chiqishlar va konsert dasturlari namoyish etilib, faol talaba-qizlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Aziz ustozlarimiz, opa-singillarimiz va talaba qizlarimiz! Sizlarni yana bir bor yaqinlashib kelayotgan 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!


🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
👍82🔥1
#8_mart_bayrami
#Ayolga_ehtirom

💐“HAYOTIMIZ GULI, OFTOBI – AYOL!”

🌺Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan “HAYOTIMIZ GULI, OFTOBI – AYOL!” shiori ostida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirini universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov tabrik so‘zi bilan ochib, barcha mehmonlarni va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutlab, bugun jamiyatimizda ayollar va xotin – qizlarga ko‘rsatilayotgan davlat siyosati darajasidagi e’tiborni alohida ta’kidladi.
👉
BATAFSIL

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
👍15👏42🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ayolga_ehtirom
#bayram_tabrik

🌐Samarqand Davlat Veterinariya Meditsinasi Chorvachilik va Biotexnologiyalar Universiteti “Besh muhim tashabbus markazi” jamoasi universitetimizning aziz ustozlari va go‘zal qizlarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan muborakbod etadi! 🌸 Siz – ilm-ma’rifat nuri, tarbiya va ezgulik timsolisiz! Sizlarning fidoyiligingiz, mehringiz va sabr-qanoatingiz tufayli kelajagimiz yorqin va umidbaxsh. Doimo baxtli bo‘ling, yuzingizdan tabassum arimasin, har kuningiz bahoriy quvonchga to‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🏛SamDVMChBU Besh Muhim Tashabbus Axborot Xizmati

https://tttttt.me/SDVU_Besh_Tashabbus
🔥72👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ayolga_ehtirom
#bayram_tabrik

💐Ayol – hayotning muqaddas timsoli, mehr va go‘zallik manbai. U quyosh kabi yuraklarni isitadi, bahor kabi atrofga yasharish bag‘ishlaydi, daryo kabi hayotga jon baxsh etadi. Uning tabassumi dunyoni yorituvchi nur, qalbidagi mehr esa butun borliqni qo‘riqlovchi ilohiy kuchdir.

🏛️SamDVMChBU Besh Muhim Tashabbus Axborot Xizmati

https://tttttt.me/SDVU_Besh_Tashabbus
👍61🔥1👏1
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
#8_mart_bayrami
#Ayolga_ehtirom

💐“HAYOTIMIZ GULI, OFTOBI – AYOL!”

🌺Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan “HAYOTIMIZ GULI, OFTOBI – AYOL!” shiori ostida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirini universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov tabrik so‘zi bilan ochib, barcha mehmonlarni va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutlab, bugun jamiyatimizda ayollar va xotin – qizlarga ko‘rsatilayotgan davlat siyosati darajasidagi e’tiborni alohida ta’kidladi.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
👍51👏1
Forwarded from Edu.uz
#Prezident #Tabrik #Bitiruvchilar

Sizlar zamonaviy ilm va kasb-hunarlarni puxta egallashingiz uchun hozirgi kunda 201 ta oliy o‘quv yurti, 598 ta texnikum samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.


Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5
#Dolzarb_90kun
#Bitiruvchi_2025

“Bitiruvchi–2025” kechasi – rektor tabrigi bilan boshlandi!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida o‘tkazilgan “Bitiruvchilar kechasi”da universitet rektori X. Yunusov sahnaga chiqib, barcha bitiruvchilarga samimiy
tabrik so‘zlarini yo‘lladi.

“Bugun sizlar hayotingizdagi yangi bosqich sari dadil qadam qo‘yyapsiz. Universitet sizga nafaqat kasb va bilim berdi, balki hayot sinovlariga tayyorladi. Kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Yo‘lingiz yorug‘, ishingiz barakali bo‘lsin!” — dedi rektor o‘z nutqida.


Tadbir davomida rektor bitiruvchilarning ilmga bo‘lgan intilishi, jamoat ishlaridagi faolligi va fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildirib, ularga kelgusidagi ish faoliyatida omad tiladi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
  Instagram | Facebook| Youtube
 |
👍54👏2🔥1