Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.66K subscribers
25.7K photos
1.82K videos
112 files
8.78K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_tashrifi #Uchrashuv

SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETIGA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI QO‘NG‘IROTBOY SHARIPOVNING TASHRIFI

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Ranglar_sehri

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti "Besh muhim tashabbus" markazi qoshida tashkil etilgan "Ranglar sehri" to‘garagining navbatdagi rasmlar tanlovida Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida mamlakatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlab, "Bayrog‘im - faxrim" mavzusida rasmlar chizish tanlovi o‘tkazildi.


Keng qamrovli tanlov Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti tyutori N.Abduvafoyeva tomonidan iqtidorli va iste’dodli talabalar bilan birga olib borildi.

Xushkayfiyatda o‘tgan rasmlar tanlovi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari va tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishlari uchun alohida ahamiyatga egadir. Bugungi to‘garakda g‘olib bo‘lgan talabalar keyingi tanlovda taqdirlanadi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#yangiliklar
#olimpiada

✅️Qozogʻistonda o‘tayotgan "Moliyaviy savodxonlik" xalqaro olimpiadasining 1-tur bahslari bo‘lib oʻtgan edi. Dunyoning 39 mamlakati ishtirok etgan ushbu olimipadada bizning universitetimiz sharafini himoya qilgan "Samarqand" jamoasi 2- tur bahslariga yoʻllanma qo‘lga kiritishgan edi. 15-noyabr kuni boʻlib oʻtgan 2-turga bahslarida ham saralab olingan 12 ta  jamoa ichida universitetimiz jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Biz universitetimizning "Samarqand" jamoasiga omad tilab yakuniy natijalarda yuqori oʻrinlarni kutib qolamiz
.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube
 |