Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
4K subscribers
21.4K photos
1.48K videos
93 files
7.61K links
Download Telegram
📝INSHOLAR TANLOVI O'TKAZILDI

⚡️Qishloq xo'jaligi vazirligining hududiy va soha (tarmoqlar) kesimida 2024-yil uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda Korrupsiyaga  nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora - tadbirlar rejasi  ijrosini ta'minlash maqsadida universitetda  O'zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi tomonidan 25-aprel kuni "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

Tanlov natijalariga ko'ra quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:

🥇1-o'rin. Ergashboyev Minghojiddin - Iqtisodiyot fakulteti 102-guruh talabasi.

🥈2-o'rin. Eliboyev Zayniddin - Biotexnologiya fakulteti 106-guruh talabasi.

🥉3-o'rin. Shavkatova Shirinabonu - Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakulteti 201-guruh talabasi.

🏆Barcha g'oliblarni qutlaymiz!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
  Instagram | Facebook| Youtube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyiha
#hafta_dayjesti

Xalqaro mehmonlar, akademikdan dars, gulxan atrofidagi badiiy kecha, ishli bo’lgan bitiruvchi talabalar..

Bularning barchasini “HAFTA DAYJESTI”da bilib olishingiz mumkin, marhamat!


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
  Instagram | Facebook| Youtube|
#Sinfdoshlar_sayohati
#Turizm #Uchrashuv

SINFDOSHLARNING SAMARQANDGA SAYOHATI


⚡️ Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X. Yunusov tashabbusi bilan ilm yoʻlida ulkan poydevor vazifasini bajargan jonajon maktabi Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi 48-umumtaʼlim maktabida birga oʻqigan sinfdoshlarining Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi.

Sinfdoshlar dastlab Samarqandni kuzatish, qalbga osudalik berish, tarix bilan hamnafas boʻlish ilinjida Registon maydonini tomosha qilishdi.

Registon maydoni Ulugʻbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori madrasalaridan iborat majmua boʻlib, yer yuzining sayqali deb tan olingan. Mehmonlar Registon maydoni Amir Temur birlashtirgan yigirma yetti davlat poytaxti boʻlgan mashhur Samarqandning oʻziga xos va mos boʻlgan koʻzgusi ekanligiga yana bir amin boʻlishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
  Instagram | Facebook| Youtube|