Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.89K subscribers
20.2K photos
1.43K videos
90 files
7.36K links
Download Telegram
Hurmatli talaba-yoshlar, 2024-yil 17-aprel kuni soat 17:00 da SamDVMCHBU 1-TTJda “Besh muhim tashabbus” markazi qoshida tashkil etilgan “Kompyuter bilimdoni” klubi tomonidan “Ms Excel dasturida hujjatlar yaratish” mavzusida amaliy mashg'ulot o‘tkaziladi.

Ushbu to'garakda:

Ms Excel dasturida hujjatlar yaratishi;
Ms Excel dasturida diagrammalar hosil qilish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar bajariladi
.

Murojat uchun telefon: +998 97-395-09-35
💫💫💫 Barchangizni Kompyuter bilimdonlari davrasiga taklif etamiz!!!
t.me/komp_bilim

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ”

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH, HAFTALIGI DOIRASIDA UNIVESITETNING IQTISODIYOT FAKULTETIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARGA “ BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ”  MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.

♻️ Batafsil quyidagi https://telegra.ph/BIZ-KORRUPSIYAGA-QARSHIMIZ-04-17-3

🏛 Axborot xizmati
Forwarded from BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI (🌞MARVARIDBONU JUMAYEVA)
🦅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti Biologiya, ekologiya va dorivor o‘simliklar kafedrasi tomonidan “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi” fan oyligiga bag‘ishlab navbatdagi“Yosh biolog va ekologlar” ilmiy to‘garagi bo‘lib o‘tadi. 🦅

✔️Unda fakultetning bir-biridan iqtidorli va intiluvchan talabalari:

🤬 108-guruh talabasi Tolmasova Nilufar “Orol baqra balig‘ining tuzilishi va uning populyatsiyasiga ekologik ta’sir” haqida;
👑Ilmiy rahbar: Katta o’qituvchi, q.x.f.f.d. (PhD) M.Eshmurodova.

🤬 204-guruh talabasi Xasanova Gulshoda “Sano oʻsimligini Samarqand sharoitida yetishtirish texnologiyasini oʻrganish va dorivorlik xususiyatlari” haqida;
👑Ilmiy rahbar: dots.v.b. M.X.Begmatova.

🤬 201-guruh talabasi Eshonqulova Nozliya “Suv o'simliklari” haqida;
👑Ilmiy rahbar: O’qituvchi: M.Jabborov.

🤬 106-guruh talabasi Eliboyev Zayniddin “Atmosferaning ifloslanishi va uning insoniyat rivojlanishiga ta'siri” haqida;
👑Ilmiy rahbar: Katta o’qituvchi: G. Suvonova.

🤬 204-guruh talabasi Jumayeva Marvaridbonu
“Dorivor Dianthus” o’simligining foydali xususiyatlari haqida;

👑Ilmiy rahbar: dots.v.b. M.X.Begmatova.

🤬 107-guruh talabasi Bosimov Mirzabek “Ayrim ko'p yillik manzarali xona o’simliklarini ko'paytirish texnologiyasi” haqida o’z taqdimotlarini namoyish etishadi.
👑Ilmiy rahbar: O’qituvchi: J.Eshmurodov.

Barchangizni 18-aprel kuni 698-xonada soat 15:20 da bo‘lib o‘tadigan to‘garagimizda kutib qolamiz!

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifamiz:
@Biotexnologiyamatbuoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

MINNESOTA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI UNIVERSITETIMIZDA


Xabaringiz bor, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minnesota universiteti bilan universitetimiz hamkorligida “Twinning dasturi” loyihasi ishlab chiqilgan.

Bugun universitet rektori, professor X.Yunusov boshchiligidagi mas’ul shaxslar Minnesota universiteti qoshidagi Hayvonlar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi markazi direktor o‘rinbosari S.Perez, markaz vakili M.Katerin, universitet professorlari T. Molitor va V.Ustinyuk, Qo‘mitaning Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.Safarov hamrohligidagi delegatsiyani kutib olishdi.

Tashrif dasturiga asosan delegatsiya a’zolari universitet professor-uqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etib, "Twinning" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazishadi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|