Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.73K subscribers
41.3K photos
3.2K videos
134 files
13.3K links
Download Telegram
#Rektor_kubogi

"Talabalar ligasi" sport musobaqasi

2026-yil 10 -11-fevral kuni “Talabalar ligasi” doirasida sportning voleybol (o‘g‘il) turidan “REKTOR KUBOGI” musobaqasi bo‘lib o‘tadi
.

Fakultetlar jamoasidan 8 nafar qatnashchi ishtrok etadi

❗️Musobaqa 2026-yil 10 - 11-febral kuni soat 15:30 da universitet yopiq sport inshootida bo'lib o'tadi.

Musobaqa ishtirokchilari diplom va esdalik sovg‘alari va kubog bilan taqdirlanadi.

Barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz. (Ishtirokchilar sport formasida bo'lishi shart)

👉Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar fakultet dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishi mumkin!

☎️ Batafsil ma'lum olish uchun:
📲+99893)331-16-36

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube
 |
3👍2🔥1
#Master_klass

SamDVMCHBU Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) U.Raxmonov tomonidan master-klass o‘tkazilib, unda Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 305-guruh talabalari hamda magistrantlar faol ishtirok etdi.

Master-klass “Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda gepatodistrofiya”ni aniqlashga qaratilgan “Mega loyiha” doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishining yakuniy bosqichi bo‘lib, unda tovuqlardan qon olish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga tovuqlardan qon olish metodikasi, shuningdek magistrantlarga tovuq qon zardobining biokimyoviy va gematologik analizatorlar yordamida aniqlanadigan ko‘rsatkichlarining nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari batafsil va tushunarli tarzda yoritib berildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍42🔥1
📣2026 yil 10-fevral kuni soat 15:00 da (SamDVMCHBU, 2-bino, 271 -xonada) SamDVMCHBU “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkaziladi.

K U N T A R T I B I:

1. SamDVMCHBU, “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Abdullayev Baxtiyor Ismatovichning 16.00.01-Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi hamda 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinariya akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi ixtisosliklari bo‘yicha “Surxondaryo viloyati sharoitidagi sigirlarda texnogen tabiatli yod tanqisligining oldini olish” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya ishini dastlabki muhokamasi.

2. Har xil masalalar.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍5
Forwarded from Edu.uz
“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati, akkreditatsiya va reyting masalalari” mavzusida amaliy uchrashuv

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda ularning milliy reytingini tuzish jarayonlariga bagʻishlangan amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda oliygohlarning milliy reytingi qanday mezon va indikatorlar asosida shakllantirilishi va hozirda talaba va professor-oʻqituvchilar orasida oʻtkazilayotgan “Umummilliy soʻrovnoma” natijalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda davlat akkreditatsiyasi talablari boʻyicha yigʻilganlar bilan fikr almashilib, agentlik mutaxassislari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot davom ettirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5
#TAVALLUD_MUBORAK

🌺 Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya va ekologiya fakulteti v.b. dotsenti, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Shernazarov Shavkat Shuxratovichning tavallud kuni.

💐Hurmatli Shavkat Shuxratovich, Sizga bo'lim va universitet jamoasi nomidan mustahkam sogʻlik, quvonchlarga toʻla uzoq va farovon umr, kasb-faoliyatingizga muvaffaqiyat hamda universitetga ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va universitet ravnaqi yoʻlida amalga oshirayotgan faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!!!

🌺YANA BIR BOR TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍14👏62🔥2
🌍 YUNESKO “Arab madaniyati uchun YUNESKO–Sharja mukofoti” tanlovini e’lon qildi.

Ushbu nufuzli mukofot arab madaniyati va san’atini xalqaro miqyosda targ‘ib etish hamda rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan olimlar, ijodkorlar yoki ilmiy muassasalarga taqdim etiladi.

💰 Mukofot jamg‘armasi — 60 000 AQSH dollari
🏆 Ikki nafar g‘olib o‘rtasida teng taqsimlanadi

📌 Nomzodlar hujjatlari YUNESKO platformasi orqali onlayn topshiriladi.
📅 YUNESKOga taqdim etish muddati — 28-fevral
📅 O‘zbekistondan tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha ma’lumotlar 2026-yil 10-fevralga qadar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyatiga yuborilishi lozim.

🔗 Batafsil ma’lumot: en.unesco.org/prizes/sharjah


Bizni kuzatishda davom eting
👍4
#TAVALLUD_MUBORAK

💐Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti"Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi o‘qituvchisi Karoboyev Suhrob Mustafoqulovichning tavallud ayyomi.

🌺Hurmatli Suhrob Mustafoqulovich, Sizga kafedra va universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💐Farzandlaringiz, shogirdlaringiz kamolini ko'rib, oilangiz, yaqinlaringiz, jamoangiz orasida hamisha sevimli, ardoqli bo'lib yuring!


🌺  TUG'ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO'LSIN!


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍7👏42🔥1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xayriddin Sultonovning Navoiy va Bobur haqidagi mulohazalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonov “Kelajak soati” darslari uchun maxsus intervyu berdi. Unda yozuvchi va jamoat arbobining Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi, ijodi haqidagi mulohazalarini tinglang.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Eslatma: Videokontent oʻrta (5–8) va yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari hamda OTM talabalari uchun tayyorlangan.

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
4🔥3👏2