Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.74K subscribers
41.3K photos
3.19K videos
134 files
13.3K links
Download Telegram
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

SamDVMCHBU hamda Toshkent va Nukus filiallarining sohalar bo‘yicha jamoat tashkilotlari, barcha fakultetlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini tashkil etish holatini tahlil qilish va yanada takomillashtirish bo'yicha Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Gapparov tomonidan tahliliy yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda birinchi prorektorning "Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini tahlil qilish va yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoyishi bo‘yicha fevral oyi davomida universitet jamoat tashkiloti vakillari, fakultetlarda hamda filiallarda 2025-yil amalga oshirilgan va 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni tahlil qilish va yanada takomillashtirish bo'yicha tushunchalar berildi.

Mazkur tahlil natijasi universitetning fevral oyida o'tkaziladigan Ma'naviyat va ma'rifat kengashida muhokamaga qo'yilishi belgilandi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
👍5👏32🔥1
#TAVALLUD_MUBORAK

🌺 Bugun "Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi o‘qituvchisi Ostonov Jamoliddin Elmurodovichning tavallud topgan kuni!


💐Hurmatli Jamoliddin Elmurodovich,  Sizga ushbu ajoyib kun munosabati bilan kafedra va universitet jamoasi nomidan uzoq umr, mustahkam sog'lik tilab qolamiz. Xonadoningizga fayzu-baraka, oilaviy baxt, tinchlik-hotirjamlik, Ilmiy-ijodiy ishlaringizga omad!

🌺YANA BIR BOR TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍5🔥5👏3
#Alisher_Navoiy_585_yilligi

📚 “Sharqning ikki buyuk mutafakkiri”

SamDVMCHBU O‘zbek, rus tillari adabiyoti va xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Kafedra haftaligi” doirasida 1-son TTJ da Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan kafedra o‘qituvchilari Z. Qarshiboyeva va D. Allayarovalar tomonidan talabalar bilan “Sharqning ikki buyuk mutafakkiri” mavzusida viktorina tashkil etildi.

Tadbirda buyuk allomalar, ularning hayoti, ilmiy va adabiy merosi, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida fikrlar bildirildi. Ular qoldirgan boy ma’naviy meros yoshlarni ezgulik, ilm-fan va komillik sari yetaklashi alohida ta’kidlandi.

Viktorina jarayonida talabalar sharq mutafakkirlarining asarlaridan namunalar keltirib, savollarga faol javob berdilar. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍32🔥1
#Alisher_Navoiy_585_yilligi

📚“IKKI BUYUK SIYMO — BIR MILLAT FAXRI”

📌Biotexnologiya va ekologiya fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan talabalar o‘rtasida insholar tanlovi tashkil etildi.

⚡️Mazkur tanlov fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi H. Zokirjonova, O‘zbek, rus tillari va adabiyoti hamda xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Z. Qarshiboyeva va tyutorlar tashabbusi bilan o‘tkazildi.

✍️ Talabalar insholarida ikki buyuk allomaning boy merosi, adabiyot va milliy tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari keng yoritildi.

📌 Tanlov yoshlarning mustaqil fikrlashi, yozma nutq madaniyati va milliy taom qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qildi.

Tanlov natijalari tez orada eʼlon qilinadi!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
3👍2🔥1👏1
#Rektor_kubogi

"Talabalar ligasi" sport musobaqasi

2026-yil 10 -11-fevral kuni “Talabalar ligasi” doirasida sportning voleybol (o‘g‘il) turidan “REKTOR KUBOGI” musobaqasi bo‘lib o‘tadi
.

Fakultetlar jamoasidan 8 nafar qatnashchi ishtrok etadi

❗️Musobaqa 2026-yil 10 - 11-febral kuni soat 15:30 da universitet yopiq sport inshootida bo'lib o'tadi.

Musobaqa ishtirokchilari diplom va esdalik sovg‘alari va kubog bilan taqdirlanadi.

Barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz. (Ishtirokchilar sport formasida bo'lishi shart)

👉Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar fakultet dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishi mumkin!

☎️ Batafsil ma'lum olish uchun:
📲+99893)331-16-36

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube
 |
3👍2🔥1
#Master_klass

SamDVMCHBU Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) U.Raxmonov tomonidan master-klass o‘tkazilib, unda Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 305-guruh talabalari hamda magistrantlar faol ishtirok etdi.

Master-klass “Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda gepatodistrofiya”ni aniqlashga qaratilgan “Mega loyiha” doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishining yakuniy bosqichi bo‘lib, unda tovuqlardan qon olish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga tovuqlardan qon olish metodikasi, shuningdek magistrantlarga tovuq qon zardobining biokimyoviy va gematologik analizatorlar yordamida aniqlanadigan ko‘rsatkichlarining nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari batafsil va tushunarli tarzda yoritib berildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍42🔥1