Ziyolilar kanali
1.39K subscribers
3.31K photos
1.29K videos
3.94K files
2.02K links
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
📚 Yillik konspektlar;
📚 Dars ishlanmalar;
📚 Test toplami;
📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
❗️Joriy yilda xotin-qizlar uchun 4 mingta kvota beriladi. Demak, tavsiyanomalilar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda
#abituriyent

Xabaringiz bor, bir necha yildan buyon ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta grant kvotasiga tavsiyanoma asosida imtiyoz beriladi. Joriy yilda Prezident farmoyishi asosida ushbu kvotalar soni 2 barobar ko‘paytirilgan holda, 4 mingta etib belgilandi. Demak, katta ehtimol bilan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun o‘tish ballari joriy yilda pasayishi kutilmoqda.

Shuningdek, test natijalari chiqishni boshlagach, "Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi, bizga ball qo‘shilmadi-ku" degan savollarga ham duch kelyapmiz.

‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️

Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.

Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://tttttt.me/xushnudbek/24864).

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Maqsadli_qabul_tibbiyot_kvota_2025.pdf
11.8 MB
⚡️KVOTA-2025. MAQSADLI QABUL
#abituriyent

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun

Jami: 1 ming 173 ta.

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).


👉 @xushnudbek 👈
Maqsadli_qabul_maktab_kvota_2025.pdf
10.7 MB
⚡️KVOTA-2025. MAQSADLI QABUL
#abituriyent

Maktab ta’limi sohasi uchun

Jami: 626 ta.

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).


👉 @xushnudbek 👈
👍1
❗️826 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi
#abituriyent

Bu shubhasiz, rekord natija. Hatto bunkerlar gullab-yashnab, abituriyentlar o‘rniga professional ustozlar testlarni yechib bergan davrlarda ham maksimal ball olganlar soni bunchalar ko‘p bo‘lmagandi, adashmasam. Yoshlarimizga qoyil!

Albatta, maksimal ball to‘plashda xalqaro va milliy sertifikatlarning tan olinishi ham katta rol o‘ynamoqda. Ammo sertifikatni ham ashula aytgani yoki raqs tushgani uchun emas, bilimi borligi uchun berishadi. Ya’ni sertifikati bor abituriyentda yetarli darajada bilim bor degani. Bu meni juda xursand qiladi. Yana bir bor ilmga chanqoq yoshlarimizga qoyil!

Eng ko‘p maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yo‘nalishi desak ham bo‘ladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi).

Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:

🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)


O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 18 nafar
Qoraqalpoq tili: 14 nafar

🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)

O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida (146 nafar)

O‘zbek tili: 145 nafar
Rus tili: 1 nafar

🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida (139 nafar)

O‘zbek tili: 133 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar

🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida (26 nafar)

O‘zbek tili: 22 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹Ona tili va adabiyot + chet tili fanlari majmuasida (16 nafar)

O‘zbek tili: 9 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)

O‘zbek tili: 5 nafar

🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)

O‘zbek tili: 1 nafar

ℹ️ Izoh: yuqoridagi ro‘yxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining natijasi kiritilmagan, chunki ular uchun alohida kvota beriladi.
🔥21
‼️Minimal o’tish bali o’zgarmadi
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025-2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.

Unda ko‘ra:

🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);

🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.

P/S: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://tttttt.me/xushnudbek/20721


👉 @xushnudbek 👈
👍1
#qabul2025 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz

📌 Joriy yil xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)

Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:

Unga ko‘ra:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.

@mutaxassislarga
1
Quyidagilarning qaysi biri Rable qalamiga mansub satirik roman hisoblanadi?
Anonymous Quiz
33%
,, Gargantyua va Pantagruelʼʼ
21%
,, Utopiya "
35%
,,Gʻaramdagi itʼʼ
11%
,, Sevilya yulduziʼʼ
1
Renessans novellasi asoschisi kim?
Anonymous Quiz
58%
Fransua Rable
14%
Shekspir
27%
Bokkachcho
1
,,G’aramdagi itʼʼ ,, Sevilya yulduziʼʼ pyesalarining muallifi kim?
Anonymous Quiz
10%
Shekspir
49%
Lope de Vega
42%
Fransua Rable
Quyidagilardan qaysi biri Shekspir qalamiga mansub emas?
Anonymous Quiz
19%
Hamlet
12%
Qirol Lir
59%
Sevilya yulduzi
10%
Makbet
Ideal jamiyat tasvirlangan Tomas Morning asari qaysi?
Anonymous Quiz
27%
Sevilya yulduzi
17%
Ilohiy komediya
57%
Utopiya
Uyg’onish davrini boshlab bergan bergan ijodkor kim?
Anonymous Quiz
28%
Shekspir
42%
Dante
30%
Bokkachcho
Raqiblarg'a qilur la'ling tabassum,
Qonimni g'ussadin toshurmog'ing ne?
Ko'ngul shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmog'ing ne? Baytda qo'llangan she'riy san'atni aniqlang.
Anonymous Quiz
50%
A) tajnis
20%
B) tazod
10%
C) talmeh
20%
D) ishtiqoq
2🤔1
“Chin, so'yla, Xito Xo'blariga ne bo'lursan?” misrasida “Chin” so'zi orqali qanday badiiy san'at yuzaga keltirilgan?
Anonymous Quiz
16%
A) tanosub
29%
B) tajnis
51%
C) iyhom
5%
D) tazod
😁2
Kimnikim do'st dedim, dushmani jon topdim oni,
Neki andin tiladim sud, ziyon topdim oni.
Ikkinchi misrada qanday badiiy san'at qo'llangan?
Anonymous Quiz
10%
A) tashbih
15%
B) tashxis
24%
C) tamsil
51%
D) tazod
2
O‘qishni ko‘chirish uchun transkript berishmayaptimi?

Hozir “perevod” mavsumi. Har yili xorijdan va o‘zimizdagi nodavlat oliygohlardan bir necha o‘n ming talaba o‘qishini davlat oliygohiga ko‘chirishni xohlaydi.

Bunda onlayn ariza yuborish chog‘ida talabaning baholari aks etgan transkript ham kerak bo‘ladi. Lekin ayni kunlarda ayrim xususiy oliygohlar o‘z talabalariga transkript bermasdan qiynayotgan ekan. Transkript berish evaziga turli shartlar ham qo‘yishmoqda, talabalarni sarson qilishmoqda. Bu yaxshi emas.

Yana kim shunaqa muammolarga uchramoqda? Izolarda yozib qoldiring. Umumlashtirib, tegishli tashkilotlar orqali hal qilishga harakat qilamiz.

Avvalo o‘sha oliygoh ma’muriyati o‘ziga savol berishi kerak: nima uchun shuncha talaba bizdan ketmoqchi?

Bunga odatda 2 ta sabab bo‘ladi: yoki ta’lim sifati o‘ta rasvo, u yerda qolishdan ma’no yo‘q, yoki talabchanlik va nazorat o‘ta yuqoriligidan talabalar qiynalmoqda, ichki imtihonlardan yiqilmoqda, pul yoki tanish-bilishchilik o‘tmayapti.

Agar ikkinchi sabab tufayli talabalar “perevod” qilishni xohlayotgan bo‘lsa, unda nazorati kuchli, ta’lim sifati yuqori bo‘lgan oliygohlarning o‘zi bundan manfaatdor bo‘ladi. “Bizni ham, o‘zingni ham qiynamay, boshqa joyga keta qol, baribir o‘zlashtira olmayapsan” deyishadi va pattasini tutqazishadi.

Agar juda ko‘p talabalar ketishni xohlayotgan bo‘lsa-yu, lekin oliygoh rahbariyati bunga sun’iy to‘siq qo‘yib, ketayotganlarni ushlab qolishga harakat qilayotgan bo‘lsa, demak, katta ehtimol bilan birinchi variant bo‘ladi: ya’ni u yerda ta’lim sifati rasvo.

To‘g‘ri, “perevod” qilish uchun bu ikkisidan boshqa obyektiv va subyektiv sabablar ham bo‘lishi mumkin, lekin ular kam sonli individual holatlar hisoblanadi.

Yana bir fikr: “perevod” qilib ketaman deganlardan ko‘p ham qo‘rqmanglar, har yili o‘rtacha 10% talabgor o‘tish balini to‘play oladi xolos. Qolgan 90%i baribir yana qaytib keladi.


👉 @xushnudbek 👈
👍1
#Vakansiya

📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga innovatsion fikrlovchi, ilg‘or va mas’uliyatli rahbar va pedagog kadrlarni ishga taklif etadi!

📅Hujjat qabul qilish 30-iyulga qadar davom etadi.
🌐Platforma: job.piima.uz va job2.piima.uz

©️Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Menga savol keldi:
#savol
44 ball bilan o’qishga kira olamanmi?

Javobni video shaklida berdim.
Siz ham o’z fikringizni yozib qoldiring.

Shohrux Tursunmurodov
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тоифа олиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш бошланди!

📌 Жорий йилнинг 1 августидан бошлаб август-декабрь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш бошланди.

Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрлари жорий йил август-декабри ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестацияда иштирок этишлари учун 1 августдан 1 октябрга қадар рўйхатдан ўтиши ва мурожаат юбориши мумкин.

📌 Мурожаатларни:

📍Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг веб-сайтидаги pedagog.uzedu.uz - платформаси орқали (ONE ID-тизими орқали шахсий кабинетга кирилади ва тегишли маълумотлар киритилади.

📍Ягона интерактив давлат хизматлари портали 👉 my.gov.uz/uz орқали

📍давлат хизматлари марказлари орқали юбориш мумкин.

@mutaxassislarga