Ziyolilar kanali
1.39K subscribers
3.31K photos
1.29K videos
3.94K files
2.02K links
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
📚 Yillik konspektlar;
📚 Dars ishlanmalar;
📚 Test toplami;
📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
BAA osmonida porlaydi quyosh,
Oʻzbekona gʻurur yondirar tunda.
"Al Nahyan" maysasi berolsa bardosh,
Oʻzbek arslonlari toʻp surar unda.

Kapadze maydonga boshlar sherlarni,
Oʻzbekcha naʼrasi samoga yetar.
Shoirlar ilhom-la yozar sheʼrlarni,
Inshaalloh, bizni gʻalaba kutar.
Bir jang boshlanmoqda, olamshumul jang,
Bobomiz Temurday rejalar tuzdik.
Oʻzbek oʻgʻlonlarin shashtiga qarang,
Koʻplar yuragida tinchlikni buzdik.

Oʻttiz yetti million xalq bu maydonda,
Asriy orzularga yetkazsin Alloh.
Muborak kunlarda har xonadondan
Duolar karvoni yetar, inshaalloh.
Oʻtkir nigohidan qochmadi bir zum
Arablarning har bir qilgan hujumi.
Butun vujudimni jamladi koʻzim,
Qoʻlladi bizlarni koʻkning nujumi.

Kichik jussasida arslon vahshati,
"Al -Nahyon" boʻylab qush boʻldi Abbos.
Dunyodan terilgan raqib dahshati,
Hammasi bir boʻlib kuzatdi xolos.

Butun el oyoqqa turib qoʻlladi,
Jahon mundiali sari oldik yoʻl.
Yigitlar quvonchli yoshin yoʻlladi,
Hali bu yoshlarning aytarlari moʻl.

Soʻnggi lahzagacha yuraklar yonib,
Oʻtkirning seyvlarin dunyo tan oldi.
Qurbon hayitini kutamiz qonib:
Oʻzbek arslonlari tarixda qoldi!

05.06.2025. Soat: 23:30

Ziyoda Mamajonova
1👍1
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🥰21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kontrakt yoki Grantda o‘qish haqida batafsil Xushnudbekdan

@mutaxassislarga
2
Bugun oʻzgacha kun, oʻzgacha saboh,
Saharxez qushlarning navosi oʻzga.
Katta bayram boʻlar bugun, inshaalloh,
Togʻ-u toshlargacha kiradi soʻzga.

Oʻtkir irodasin toblab pishirib,
Vujudin yurakka yigʻdirgan kun bu.
Goʻyoki dunyoni shart yigʻishtirib,
Abbos koʻzlariga sigʻdirgan kun bu.

Eldor gollarini kutar darvoza,
Otabek boshida Vatan vijdoni.
Muxlislar nomi ham boʻlib ovoza,
Atashar bizlarni baxt chempioni.

Abduqodir kulib raqibni kutar,
Samimiy nigohi yengadi bugun.
Hisob hech muhimmas, sabrimiz yutar,
Tushlarimiz rasman oʻngadi bugun.

Bugun tuzaladi Oston yarasi,
Em uchun Vatanning mehri bosilar.
Jaloliddin kabi sherlar narasi,
"Bunyodkor"ning ulkan tomini silar.

Bugun quyosh botmas mening yurtimda,
Oqsoqol otalar kaftlarida nur.
Onaman - Alloh yor boʻlsin oʻgʻlimga,
Shu kunlarni bergan Oʻzingga shukur.

Bu oqshom Dunyoning nigohi bizda,
Bugun Oʻzbekiston bir jon boʻladi.
Futbol poyezdini chiqarib izdan,
Toshkentga burishga imkon boʻladi.

Qatar muxlislari,afv eting bizni,
Gar sizni choʼchitsa urho -shevamiz.
Oʻzbekona mehmon etamiz sizni,
Faqat oʻyindan soʻng ,chindan, sevamiz.

Bugun yashil maydon uzra Xudo deb
Xayrulla oʻynaydi,Davron oʻynaydi.
Gullar oʻzlariga bermoqdalar zeb,
Arslonlar qoʻyniga sigʻmay quvnaydi.

Kapadze imosin eshita olgan
Sheryuraklar qushday uchadi bugun.
Uzoq yil yurakda tugilib qolgan
Yechilib ketadi armonli tugun.

Yurtboshim qadami yetadi bugun,
Yurt yuragi yongan goʻzal maydonga.
Dunyo hayrat bilan boqadi bu tun
Quyoshga aylangan Oʻzbekistonga!

Tarixchi, qoʻlingga qalamingni ol,
Zarhal harflar bilan yozib qoʻy shuni:
Bizlar uchun ona sutiday halol
Yangi oʻzbek futbolin tugʻilgan kuni!
Ziyoda Mamajanova
10.06. 2025


@mutaxassislarga
4🔥1