Ziyolilar kanali
1.4K subscribers
3.3K photos
1.29K videos
3.94K files
2.01K links
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
📚 Yillik konspektlar;
📚 Dars ishlanmalar;
📚 Test toplami;
📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
Erkin Vohidov hajviyalari ustida ishlash metodikasi.pdf
282.5 KB
Mavzu: Erkin Vohidov hajviyalari ustida ishlash metodikasi

Muallif: Pedagogika fanlari doktori, professor Q. Husanboyeva

Bizga obuna bo'ling: @metodist12345
👍1
Erkin Vohidov hajviyalari ustida ishlash metodikasi.pdf
282.5 KB
Mavzu: Erkin Vohidov hajviyalari ustida ishlash metodikasi

Muallif: Pedagogika fanlari doktori, professor Q. Husanboyeva

Bizga obuna bo'ling: @metodist12345
👍3
Uzoq kutilgan yangilik!

“Yil oʻqituvchisi” tanlovi qachon, qanday shartlar asosida oʻtkazilishi haqida juda koʻp murojaatlar kelardi. Biz hurmatli pedagoglarimiz, jamoatchilikdan takliflar ham soʻradik, har birini oʻrganib chiqdik.

Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori imzolandi.

Qarorga koʻra, “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.

“Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar oʻzlari dars beradigan bitta fandan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari esa boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida ishtirok etadi. Ishtirokchilar vazirlikning maxsus platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi;

ikkinchi bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;

uchinchi bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.

Tanlov yakunlariga koʻra, har ikki yilda bir marta oktabr oyida gʻolib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Ushbu sertifikat asosida gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Pedagogik mahorat markazlari direktorlari oʻrtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovida esa ishtirokchilarning 4 ta yoʻnalish boʻyicha faoliyati natijalari oʻrganiladi. Bular — hududda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha erishilgan natijalar, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha erishilgan natijalar, zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha erishilgan natijalar, Markazni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi.

Gʻoliblar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovlar haqida batafsil maʼlumot, yangiliklarni vazirlik sahifalari orqali berib boramiz. Biz ushbu megatanlovlarni adolatli, shaffof, faxriy pedagoglarimiz, ekspertlar va jamoatlik vakillari bilan hamkorlikda tashkil etamiz.

@hilola_umarova
👍5
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

12-13-aprel kunlari bo'lib o'tgan ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat imtihoni natijalari 10-maygacha e'lon qilinadi.

Shuningdek, 19-20-aprelda bo'lib o'tgan imtihon natijalari 20-maygacha e'lon qilinadi.

Imtihon natijalari alohida-alohida e'lon qilinishi oldindan ta'kidlangan. Shu jihatdan umumiy natijalar bir paytda e'lon qilinishi haqidagi fikrlar asossizdir.

Bundan tashqari ekspertlarning kamligi va talabgorlarning nihoyatda ko'pligi sababli natijalar e'lon qilinishi cho'zilib ketishi haqidagi xabarlar ham asossizdir.

Jiddiy sabablar kuzatilmasa, hammasi reja asosida amalga oshiriladi.
👍5
#ПКА_2025_Педагогларга_ёрдам_Иштирокчилар_рўйхати

Эртага, 2 май куни тоифа тест синовлари давом эттирилади!

2 май куни
Республикамизнинг барча ҳудудларида мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрлари учун январь-июнь ойларида ўтказилаётган педагоглар аттестациясининг малака (тест) синовлари давом эттирилади.

2-7 май кунлари
мазкур синовларда умумтаълим мактабларининг Бошланғич таълим ўқитувчилари иштирок этадилар.

Қуйидаги рўйхатлар орқали педагоглар тест топширадиган аниқ санасини, гуруҳини ва вақтини билиб олишлари мумкин!


Қорақалпоғистон Республикаси -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9417

Андижон вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9418

Бухоро вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9419

Жиззах вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9420

Қашқадарё вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9421

Навоий вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9422

Наманган вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9423

Самарқанд вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9437

Сирдарё вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9424

Сурхондарё вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9425

Тошкент вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9426

Фарғона вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9427

Хоразм вилояти -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9428

Тошкент шаҳри -
https://tttttt.me/pka_tdi_uz/9429

‼️Аттестацияга жалб қилинган педагогларга ортиқча оворагарчилик ва кутиб қолишнинг олдини олиш мақсадида аттестация синовларига Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган
СЎРОВНОМА билан ўзлари учун белгиланган вақтдан ярим соат олдин етиб келишлари етарли эканлигини эслатиб ўтамиз.

Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot
👍2
Сиртқи таълим шакли тугатилган таълим йўналишлар рўйхати.

Ушбу рўйхатда кўрсатилган педагогик таълим йўналишлари сиртқи таълим шакли тугатилди. Эндиликда фақатгина кундузги ва кечки таълим шаклларида қабул жараёнлари амалга оширилади.

Ҳуқуқий асос: Президентнинг “Педагог кадрлар тайёрлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-73-сонли фармони.
👍3
Agar menda ozgina bòlsa-da oliyjanoblik, axloqiy poklik, yaxshilik tuyģusi shakllangan bòlsa, bularning barchasi onamdan deb bilaman.

Yasalish asosi fe'l bòlgan yasama sòzning gap bòlagi vazifasini aniqlang.
Anonymous Quiz
20%
A) kesim
30%
B) aniqlovchi
46%
C) ega
4%
D) hol
👍4
Kattalarning yosh bolaga o‘xshab qolishi fojia emas. Xaqiqiy fojia bolalarning biz kattalarga o‘xshab qolishidir. Ushbu jumla haqidagi noto‘g‘ri hukm qaysi?
Anonymous Quiz
8%
Otlashgan sifat mavjud
30%
Kesimlarning biri ko‘makchi fe'lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan
47%
Imloviy xato yozilgan so‘z ega vazifasida kelgan
15%
Fe'lning harakat nomi shakli mavjud
Baxt Buildings qurilish kompaniyasining Namangan shaxrida qurilayotgan “BAXT CITY” loyihasi onlayn taqdimot kanalga qo’shiling va 10 ta Muzlatgich, 10 ta pilisos, 10 ta televizor, 10 ta to’k pech va eng asosiysi Baxt citydan 1 ta 2 xonali xonadon shu sovg'alardan birini yutib oling 🎁

Konkursda qatnashish uchun quyidagi havola orqali o'ting 👇👇👇

https://tttttt.me/Baxtbuildingsbot?start=203188618
Устозлар! Бу линк сиз ўйлаган ҳавфли турдаги линклар эмас. Наманган шаҳрида қурилаётган Бахт сити турар жой мавмуалари учун конкурс. Мен ўзим ўтиб кўрдим ва менда салбий ҳолат бўлмади. Ўйнаб кўринг, ғолиб бўлинг.

https://tttttt.me/Baxtbuildingsbot?start=203188618
🟦🟦🟦🟦 5E moduli o'zi nima. 5E modelidan dars jarayonida qanday foydalanish mumkin?

5E modeli - bu o'quv jarayonini samarali tashkil etish va o'quvchilarning faol ishtirokini ta'minlash uchun ishlatiladigan metodik yondashuv. Bu model 5 bosqichga bo'linadi, har biri o'quvchining o'qish jarayonidagi turli ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan:

1️⃣ Engage (Qiziqtirish): Bu bosqichda o'quvchilarda yangi mavzu bo'yicha qiziqish uyg'otish, ularni mavzuga jalb qilish kerak. Bu bosqichda ko'pincha savollar berish, mavzu bilan bog'liq qisqacha video yoki hikoya ko'rsatish kabi faoliyatlar amalga oshiriladi.

2️⃣ Explore (O'rganish): O'quvchilarni mustaqil yoki guruhda ishlashga undash. Bu bosqichda o'quvchilar mavzu bo'yicha tadqiqotlar olib boradi, turli eksperimentlar o‘tkazadi yoki muammolarni yechishadi. O'quvchilarga yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratish kerak.

3️⃣ Explain (Tushuntirish): Bu bosqichda o'qituvchi o'quvchilarga o'rganilgan materialni tushuntiradi. O'quvchilar o'zlarining fikrlarini ifodalashadi va o'qituvchi mavzuga oid tushunchalarni to'liqroq izohlaydi.

4️⃣ Elaborate (Kengaytirish): O'quvchilarga yangi bilimlarini yanada chuqurroq o'rganish imkoniyatini berish. Bu bosqichda o'quvchilar o'z bilimlarini turli vaziyatlarda qo'llashadi, masalan, yangi vaziyatlarga moslashtirish, boshqa mavzular bilan bog'lash yoki murakkabroq masalalar yechishni boshlash.

5️⃣ Evaluate (Baholash): O'quvchilarning o'zlashtirish darajasini baholash. Bu bosqichda o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazadilar, o'qituvchi esa o'quvchilarning tushunishini baholash uchun turli baholash metodlarini, masalan, testlar, savollar, yoki muhokamalarni ishlatadi.

5E modelidan dars jarayonida qanday foydalanish mumkin?

1️⃣ Darsning boshida (Engage): Mavzu bilan bog'liq savollar yoki vaziyatlar yaratish, o'quvchilarga qiziqarli narsalar ko'rsatish, ularda qiziqish va motivatsiyani uyg'otish. Masalan, tabiatshunoslik darsida yangi mavzu haqida qisqacha video ko'rsatish yoki savol berish.

2️⃣ Amaliy faoliyat (Explore): O'quvchilarni tajribalar o‘tkazish, guruh ishlarida ishtirok etish va yangi bilimlarni o'zlashtirishga undash. Masalan, fizikada eksperiment o'tkazish yoki matematik muammolarni guruhlarda yechish.

3️⃣ Izohlar va tushuntirishlar (Explain): O'quvchilarga yangi mavzu haqida batafsil tushuntirish berish, ularning savollariga javob berish va ularni tushunishga yordam berish. Bunda, o'quvchilar o‘z tushunchalarini o'rgatishga yordam berish uchun o'qituvchi yordam beradi.

4️⃣ Kengaytirilgan amaliyot (Elaborate): O'quvchilarga yangi bilimlarini kengaytirish va yanada murakkab vaziyatlarga qo'llash imkonini berish. Bu bosqichda o'quvchilar turli masalalarni muhokama qilishadi yoki boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan faoliyatlarga jalb qilinadi.

5️⃣ Baholash (Evaluate): O'quvchilarning o'qish jarayonida qanday rivojlanganligini baholash, ularning qayerda yordamga muhtojligini aniqlash. Bu bosqichda testlar, yozma ishlanmalar yoki guruh muhokamalari orqali baholash amalga oshiriladi.

❗️ P.S.: 5E modeli o'quvchilarning faol ishtirokini ta'minlash va ularga o'z bilimlarini chuqurroq o'zlashtirishga yordam beradigan samarali yondashuvdir.

https://tttttt.me/mutaxassislarga
👍31