Ziyolilar kanali
1.4K subscribers
3.3K photos
1.29K videos
3.94K files
2.01K links
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
📚 Yillik konspektlar;
📚 Dars ishlanmalar;
📚 Test toplami;
📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
Moslashtiring.


1.O'qituvchining o'quv-tarbiyaviy faoliyatini puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko'ra olishi

2.Oʻqituvchining o'z fani va boshqa fanlarni chuqur bilishida, o'zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi

a)Anglash qobiliyati

b)Bilish qobiliyati

c)Konstruktiv qobiliyati
Moslikni toping. 1.Metodologik tahlil 2.Psixologik tahlil A)O'quvchilarning kayfiyati, xushyorligi, ularning salomatligi, jamoadagi sog'lom muhit, fanga bo'lgan qiziqishlari, dars berayotgan o'qituvchisiga munosabati kuzatiladi B)Ta'lim yo'nalishidagi hukumat qarorlari, talabalar, davlat tili, madaniyatning go'zal durdonalari, shu soha bo'yicha buyuk alloma va olimlarning qilgan ishlari, respublikadagi oxirgi o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlardan mashg'ulot davomida foydalanishlari kuzatiladi C)O'qituvchining tashqi qiyofasi, o'quvchilar bilan til topa olish mahorati, madaniyati, odobi bilan birgalikda dars jarayonida umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini o'quvchilarga bera olishi va uning nutq madaniyati kuzatiladi
👍2
1️⃣Didaktik (Yoki taʼlimiy) tahlil.
Tahlilning bu turida mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan murakkabga tomon yoʼnalishi, koʼrgazmaliligi va berilayotgan bilim, yangi axborotlarning hayotiyligi, ularning jonli va ravon tilda ochib berilishi nazarda tutiladi


2️⃣Uslubiy tahlil
Bunda oʼqituvchi faoliyatining ikki tomoni: birinchidan, oʼrganilayotgan mavzuga dasturda moʼljallangan soatda, uni qanday usullar ѐrdamida, talabalarning yoshi va shaxsiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yetkazib bera olishi, talabalarni oʼylashga, izlanishga majbur etishiva unga sharoit yaratishi;
• ikkinchidan, oʼqituvchi sifatidagi tajribalari qaysi darajada ekanligini namoyish eta olishi nazarda tutiladi. Oʼqituvchining ikkinchi tomoni tahlil etilayotganda, uning ijodkorligi, uslubiy mahorati koʼzga tashlanishi
lozim. Oʼqituvchining ilgʼor pedagogik va novatorlik tajribalari mana shu yerdan boshlanadi

3️⃣Metodologik tahlil
Ushbu tahlil mobaynida taʼlim yoʼnalishidagi xukumat qarorlari, talablar, davlat tili, milliy ruh, madaniyatning goʼzal durdonalari, shu soha boʼyicha buyuk alloma va olimlarning qilgan ishlari, fikrlari, respublikadagi oxirgi oʼzgarishlarning mashgʼulot davomida foydalanilishi asos qilib olinishi mumkin

4️⃣Psixologik tahlil
Bu tahlilda, avvalo, talabalarning kayfiyati, ularning sogʼligi, jamoadagi sogʼlom muhit, talabalarning xushyorligi fanga boʼlgan qiziqishlari, dars beraѐtgan oʼqituvchisiga munosabati, Talabalarning hozirjavobligi, sezgir va topqirligi, haroki, yangi va avvalgi materiallarni esda saqlashlari, obrazli va mantiqiy tafakkuri, talabalar fantaziyasi, oldida turgan masʼuliyatlariga talabalarning irodali yoki irodasizligi, ulardagi bilim, koʼnikma va malakalar
koʼlami kabi tomonlar kiradi. Oʼqituvchining favqulodda vujudga kelgan vaziyatdan oʼz obroʼsini saqlagan holda chiqa
olishi, oʼzini boshqara olishi ham inobatga olinadi

5️⃣Pedagogik tahlil
Tahlilning bu turi ancha murakkab va masʼuliyatli boʼlib, oʼqituvchining tashqi qiyofasi, talabalar bilan til topa olish mahorati, madaniyati, odobi bilan birgalikda dars jaraѐnida umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini talabalarga
bera olishi va uning nutq madaniyati ham nazarda tutiladi
👍4
ONA TILI VA ADABIYOT O`QITUVCHISI BOLALARGA OT SO`Z TURKUMI HAQIDA QOIDANI AYTIB BERISHINI SO`RADI BOLA QOIDANI O`Z BILGANLARI ASOSIDA AYTIB BERDI USHBU HOLATDA BLUM TAKSANOMIYASINING QAYSI BOSQIICHIGA TO`G`RI KELADI
O'quv dasturidagi asosiy tushunchalar darslar tizimi orqali o'tib bo'lgandan keyin, yoki darslikdagi biror bob tugagandan keyin nazorat o'tkazishi bilimlarni bazorat qilishning qaysi turika kiradi?
Anonymous Quiz
15%
kundalik nazorat
50%
tematik nazorat
35%
davriy nazorat
🥰🥰🥰   KALITLAR  🥰🥰🥰
        



Tarbiya xususiyatlarini - yaxlit,davr, tizim va texnologiya



vofyuntaristik xarakter bu… kopngilchanlik

Tarbiya qonuniyatlari - koʻp qirrali , uzluksiz , ikki tomonlama aloqa, yaxlit,uzoq muddatli, qarama- qarshiliklardan iborat JARAYON

Tarbiyalashdagi Pedagogik usul va vositalar
Pedagogik talab -qoida, meʼyor, xulq- atvorga rioya qilish talabi

Jamoada oʻzaro munosabat- oʻzaro hurmat, jamoada ishlash

Oʻrgatish - meʼyorni singdirish, kundalik faoliyatiga aylantirdi, doimiy bajarilishini tashkil etdi

Mashq qilish + alogirtm ,odat, tartibda qaytarilishi

Tarbiyalanadigan holatlar - ziddiyatlarda yoʻl tanlashi

Ragʻbatlantirish -Maʼnaviy va moddiy qoʻllab quvvatlash

Tanqid- salbiy holatlarga baho , tahlil qilinadi

Majburlash -salbiy baholash ifodasi, muhokamasi

Konstruktiv qobiliyat -puxta reja , bosqichlar reja

Kommunikativ qobiliyat -samimiy muloqot, tushunish , hamdardlik,ijobiy ruhiy iqlim yaratiladi

Perseptiv qobiliyat- kuzatadi, psixik holatiga singib idrok etish, vaziyat odilona baho

Empatik qobiliyat - bolaga muhabbat, holatini qalbdan his etib , tushunib ,achinish

Didaktik qobiliyat - samarali dars berish , qonuniyatni ,metodni bilib

Bilish qobiliyati - oʻz fanini va boshqa fanlarni bilish


Anglash qobiliyati - voqea va hodisalarni chuqur idrok, adolatli munosabat

Muzokara- urishgan tomonlar oʻzlari qaror qiladi

Arbitraj - Oʻqituvchi oʻzi hal qiladi nizoni , oʻzi hakam

Brainstorming (qorboʼron)-  ijodiy fikrlar toʻplanadi,tanqid va kesatiqlarsiz ,eng maqbul variant tanlanadi

Cays stadi-voqea yoki maʼlum vaziyatni tavsilotini namoyish qilad

Colliqua - xush kelibsiz mehmon, mehmon kelib , oʻz faoliyati haqida soʻzlab beradi

Qiziqishlar markazi - (muzey)
Kolleksiya va ekspozitsiyalar orqali oʻquvchilar qiziqishlari ortadi


Demonstratsiya -namoyish metodi, jarayon yoki qurilmani ishlashi koʻrsatilgan


Suhbat - savol-javob shaklidagi dialogik taʼlim metodi

Тushuntirish-material mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish

Maʼruza- yirik hajmdagi oʻquv materialini ogʻzaki bayon qilish

Kashfiyotchichilik- vaziyat yoki holatga nisbatan yangilik yoki oʻz nuqtai nazarini ilgari surish

Tasvir ilyustratsiya - Ramziy koʻrinish - chizma, rasm ,port,fotosurat,modellar

Maʼruza- yirik hajmdagi oʻquv materialini ogʻzaki bayon qilish


Amaliy metod - bilimni amaliy masalalar yechishda qoʻllash , nazariy bilim amaliyotda qoʻllanadi (praktika)


Мashq metodi - koʻp marta takrorlanish-amaliy yoki aqliy harakatni


Мashq metodi - koʻp marta takrorlanish-amaliy yoki aqliy harakatni


Labaratoriya- jihoz, uskuna , qurol, qoliblardan foydalanib tajriba oʻtkazish

Didaktik oʻyin- obyekt, hodisa ,jarayon modellashtirish

🔗 Kanalimiz manzili:
https://tttttt.me/oliymaqsad2
https://tttttt.me/oliymaqsad2
https://tttttt.me/oliymaqsad2
👍4
Saudiya osmonida bir quyosh balqdi,
Oʻgʻlonlarning yuragidan nur oldi -yondi.
Osiyoda tengsizligin isbotlab xalqning,
Sogʻinchlari faqatgina gol bilan qondi.

Maydon uzra qanot qoqdi Gʻurur otligʻ el,
Asilbekning gollarini koʻtarib uchdi.
Sadriddinning tezligidan xijolatda yel,
Muhammadlar yelkasidan ona yurt quchdi.

Moʻminxon ham odob bilan kubok koʻtardi,
Sardorlikni uddaladi, unga tasanno.
Boshdan oyoq olovlarni kim ham yutardi,
Har nafasin hayrat bilan kuzatdi Dunyo.

Islombekning shogirdlarin,millat yuzlarin,
Quvonchini mushtoq boʻlib butun el kutdi.
Bari aʼlo: dildan chiqar shunday soʻzlarim:
Arablarni Ne'matulloh qosh qoqib yutdi!
❤️❤️❤️ Ziyoda
20.04.2025

@mutaxassislarga
👍4
📘 Mazmunga boy, hajmi 1 qatorlik 15 ta eng qisqa hikoyalar

Dunyo bo‘yicha eng qisqa hikoyalar, 15 ta eng qisqa hikoya, ularning hajmi 1 qator, mazmuni o‘ziga xos yechimga ega kichik hikoyachalar.

Dunyo adabiyotida eng qisqa hikoyalarni drabbllar deb ataladi. Drabbl ingliz tilidan olingan bo‘lib “parcha, bo‘lak” ma’nosini bildiradi. Drabbl hikoyaning o‘ziga xos kichik janri bo‘lib epigraf o‘qiyotgandek his qilishingiz mumkin. Unda asosan, biror voqeaning qisqacha tarixi beriladi. Drabblni kutilmagan yechim bilan yakun topuvchi eng qisqa va tugal hikoya deyish mumkin.

Mana, drabbllar haqida ham bilib oldingiz. Quyida dunyo va o‘zbek adabiyotidagi eng qisqa hikoyalarni jamlab ulardan 15 tasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Vazir ustamasi imtihonida shu drabl deganidan savol tushdi .
Katta ehtimol bilan Attestatsiyada ham tushishi mumkin .

Marhamat, eng qisqa 15 ta hikoya:

📖1-hikoya. Hayrat (Ernest Xeminguey)
U xotinining qotiliga sut ichirardi.

📖 2-hikoya. Robiya (Muhammadxon Yusupov)
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

📖 3-hikoya. Eng qisqa hikoya (O. Genri)
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg‘i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

📖 4-hikoya. Qasd va xalos (Ernest Xeminguey)
Jonimga qasd qilish uchun o‘zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

📖 5-hikoya. Taqdir (Stiven Meretskiy)
Vaqtlararo sayohatchining xayoli: «Parol» nima edi-ya?

📖 6-hikoya. E’lon (Ernest Xeminguey)
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar.

📖 7-hikoya. Tarjimai hol (Larisa Kerklend)
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko‘ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

📖 8-hikoya. Umid (Muhammadxon Yusupov)
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”

📖 9-hikoya. Yolg‘izlik (Frederik Braun)
Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o‘tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…

📖 10-hikoya. Yotoqxona (Ernest Xeminguey)
Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…

📖 11-hikoya. Gunohkor (Drum bun)
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to‘rt ming suvoriydan yolg‘iz ugina urushdan vataniga sog‘-omon qaytdi.

📖 12-hikoya. Optimist (Muhammadxon Yusupov)
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…

📖 13-hikoya. 6 so‘zli hikoya (Ernest Xeminguey)
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.

📖 14-hikoya. Mas’uliyat (Arjumandbegim)
Yetti bolaning kiyimlari og‘irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.

📖 15-hikoya. Qo‘rquv (Nodirabegim Ibrohimova)
-Endi uxla, toychog‘im,- ona shunday deb chiroqni o‘chirdi. — Oyi! O‘chirmang, iltimos. Qorong‘ilikdan juda qo‘rqaman! — dedi ko‘zlari ojiz bolakay.
Matematika fani o'qituvchisi Baxodir aka darsda o'quvchilar zerikib
qolayotganini sezdi. U bolalarni darsga bo'lgan qiziqishlarini qayta uyg'otish uchun
turli texnologiyalardan foydalandi. Bu orqali o'quvchilarning faolligiga erisha oldi.
Bunday holatda o'qituvchi kasbiy kompetentlikning qaysi mehnat harakatini
bajargan hisoblanadi?
A) Davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarining maqsadlariga muvofiq oʻquv
rejalarini ishlab chiqish B)O'quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib
o'quv dasturini moslashtirish
C) Oʻz faoliyatini fanlararo kompetensiyalar predmetining korrelyatsiya va
integratsiya tamoyillarini inobatga olgan holdarejalashtirish.
D) Oʻquvchilarning bilimini baholash natijasida olingan maʼlumotlarni inobatga
olgan holda rejalarni muvofiqlashtirish.
Direktor o'rinbosari yosh mutaxassisning darslarini nazorat qildi. Dars
jarayonida yosh mutaxassis o'quvchilar bilimini nazorat qilib, yangi mavzuni
tushuntirdi. Yangi mavzuni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratdi. Bunda u
o'quvchilarning qabul qilish darajasi turli ekanligini hisobga olib, har bir o'quvchiga
mos ravishda vazifalarni taqsimlab berdi. Dras so'nggida yangi mavzu barcha
o'quvchi uchun birdek tushunarli ekanligi ma'lum bo'ldi. Shunda o'qituvchi ta'lim
samaradorligini ta'minlash uchun kerakli bo'lgan qanday ko'nikmalarni namoyon
etadi?
A)Mazmunli ta'lim muhitini tashkil qilish va o'zgartirish
B)Turli xil muhitda har xil emotsional holatlardagi odamlar bilan aloqa qila bilish
C)O'zining ta'lim faoliyatini tahlil qilish va baholash, modefikatsiya talab qiladigan
yo'nalishlarni aniqlash
D)Dars vaqtini oqilona boshqarish, shuningdek mas'uliyatli va onli ravishda
o'quvchilar ishini tashkil etish
O‘qituvchi “Yerning tuzilishi” mavzusini o‘rgatishda darslikdagi rasmlar, atlas
xarita, slayd va diagrammalardan foydalandi. Har bir qatlamni tushuntirishda u
tasvirni ko‘rsatib, unga sharh berdi va o‘quvchilar e’tiborini rasmga asoslangan
tushunishga qaratdi. Bu holatda o‘qituvchi qaysi metoddan foydalangan?
A)tushunbtirish metodi
B)tasvir metodi
C)namoyish metodi
D)amaliy metod
O'qituvchi yangi mavzuni tushuntirib bergach sinfdagi o'quvchilarni o'zi
guruhlarga bo'ldi. Doskaga jadval chizib uni mavzuga oid ma'lumotlar bilan
to'ldirishlarini so'radi. O'qituvchi bergan topshiriq Blum taksonomiyasining qaysi darajasida qo'llaniladi?
Anonymous Quiz
18%
Bilish
37%
Tushunish
28%
Tahlil qilish
18%
Sintez
👍1
Tushgan test O'qituvchi yangi mavzularni tushuntirib bo'lgach bolalarning bilimlarini TEST QUIZ yordamida tekshirib ko'rdi. Bunday holatda o'qituvchi kasbiy kompetentlikning qaysi mehnat vazifasini bajargan hisoblanadi? A)Ta'lim natijalarini diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish B)Ta'lim natijalarini baholash uchun turli usul va vositalardan foydalanish C)O'quvchilar erishgan yutuqlar natijalarini tahlil qilish D)O'quvchilar tomonidan bilimlarni egallash darajasini (hajmini) muntazam/tizimli ravishda kuzatib borish
👍3
?
Anonymous Quiz
41%
A
31%
B
8%
C
20%
D
🎲BLUM TAKSONOMIYASI NASIBA ABDULLAYEVA TESTI” testi
🖊 9 ta savol · 45 soniya
🎲❇️10 - sinf adabiyoti ❇️Tarjimalar ❇️35 ta quiz test ❇️https://tttttt.me/attestatsiya_01 ❇️Tuzuvchi Sharipova Munisa ❇️” testi
🖊 35 ta savol · 30 soniya
👍1