Ziyolilar kanali
1.4K subscribers
3.31K photos
1.29K videos
3.94K files
2.02K links
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
📚 Yillik konspektlar;
📚 Dars ishlanmalar;
📚 Test toplami;
📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
#Malaka_toifasi

📣
Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga koʻra:

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);
Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumtaʼlim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);
Ingliz tili (umumtaʻlim), Fransuz tili (umumtaʻlim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);
Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);
Jismoniy tarbiya (umumtaʻlim), Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);
Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);
Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);
Boshlangʻich taʻlim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);
Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, Oʻqituvchi-defektolog (umumtaʻlim), Oʻqituvchi-logoped (umumtaʻlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumtaʻlim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), Oʻqituvchi-defektolog (maktabgacha), Oʻqituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);
Qoraqalpoq tili
(Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4