Ziyolilar kanali
1.42K subscribers
3.29K photos
1.29K videos
3.93K files
1.99K links
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
📚 Yillik konspektlar;
📚 Dars ishlanmalar;
📚 Test toplami;
📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
Yana bir quvonchli xabar!
Ommalashtirish.uz sertifikatlari chiqa boshladi. Metodik ishlari ommalashgan ustozlarni tabriklaymiz!
Yutuqlar davomli bo‘lsin
🥰2👍1
9-sinf matematika (Rus tilidan).rar
213.3 KB
11-синфлар учун Математика фанидан тест вариантлари аниқланди

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан махсус сайт орқали 11-синф битирувчилари учун Математика фанидан ўтказиладиган тест вариантларини аниқлаш булди

❗️Бунда ўқувчилар 3- ва 8- вариантлар асосида имтиҳон топширишлари маълум бўлди
O‘zbekistonda bloger va inflyuenser tushunchalarining ta'rifi belgilanmoqda

Bu bo‘yicha qonun loyihasining muhokamasi yakunlandi. Unga ko‘ra:

Bloger — o‘z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa tusdagi kontentni, shu jumladan onlayn-platforma foydalanuvchilari tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs (onlayn-platforma foydalanuvchisi);

Inflyuenser — onlayn-platformadagi o‘z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda 10 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger.


👉 @xushnudbek 👈
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💜💜💜
Pedagog platformasida "Vazir jamg'armasi"ga nomzodlarning 2-bosqich natijalari e'lon qilindi.

Natijalarni "Murojaatlarim" bo'limida ko'rish mumkin.

Obuna bo'ling: ➡️ @pedagoguzedu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#расман

⚡️Қурбон ҳайитининг биринчи куни 6-июнь – жума кунига тўғри келади — Президент қарори

7-июн (шанба) куни олти кунлик иш ҳафтаси тартиби бўйича ишлайдиган ходимлар учун қўшимча дам олиш куни этиб белгиланди.👇

https://telegram.me/mutaxassislarga
❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
#abituriyent

Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.

📝 Arizalar tavsiyanoma.ijro.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

Talabgorlar 6 ta mezondan biriga tushsa, tavsiyanoma beriladi. Mezonlar ro’yxati bu yerda:
https://tttttt.me/xushnudbek/28024

Mazkur tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi. O’tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o’qishga kira olmagan xotin-qizlar joriy yilda tavsiyanoma olish uchun yana qayta murojaat qilishlari kerak.

‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️

Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi.

Ikkinchidan,
xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan:
https://tttttt.me/xushnudbek/24864

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali bu yerda:
https://tttttt.me/xushnudbek/25210

❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 31-mayga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. Bu haqda batafsil bu yerda:
https://tttttt.me/xushnudbek/27991

Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
2
#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 3–4–5-may kunlari kimyo va biologiya hamda 12-may kuni geografiya va 13-may kuni fizika fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
BAA osmonida porlaydi quyosh,
Oʻzbekona gʻurur yondirar tunda.
"Al Nahyan" maysasi berolsa bardosh,
Oʻzbek arslonlari toʻp surar unda.

Kapadze maydonga boshlar sherlarni,
Oʻzbekcha naʼrasi samoga yetar.
Shoirlar ilhom-la yozar sheʼrlarni,
Inshaalloh, bizni gʻalaba kutar.
Bir jang boshlanmoqda, olamshumul jang,
Bobomiz Temurday rejalar tuzdik.
Oʻzbek oʻgʻlonlarin shashtiga qarang,
Koʻplar yuragida tinchlikni buzdik.

Oʻttiz yetti million xalq bu maydonda,
Asriy orzularga yetkazsin Alloh.
Muborak kunlarda har xonadondan
Duolar karvoni yetar, inshaalloh.
Oʻtkir nigohidan qochmadi bir zum
Arablarning har bir qilgan hujumi.
Butun vujudimni jamladi koʻzim,
Qoʻlladi bizlarni koʻkning nujumi.

Kichik jussasida arslon vahshati,
"Al -Nahyon" boʻylab qush boʻldi Abbos.
Dunyodan terilgan raqib dahshati,
Hammasi bir boʻlib kuzatdi xolos.

Butun el oyoqqa turib qoʻlladi,
Jahon mundiali sari oldik yoʻl.
Yigitlar quvonchli yoshin yoʻlladi,
Hali bu yoshlarning aytarlari moʻl.

Soʻnggi lahzagacha yuraklar yonib,
Oʻtkirning seyvlarin dunyo tan oldi.
Qurbon hayitini kutamiz qonib:
Oʻzbek arslonlari tarixda qoldi!

05.06.2025. Soat: 23:30

Ziyoda Mamajonova
1👍1