Bu Jon - tanada vaqtincha ijarada.
Ijara vaqti esa ertami kechmi tugaydi.
Tasavvur qilib ko'raylikchi. Bizniyam vaqtimiz tugadi:
· 1-kun - yer shari aylanishda davom etaveradi. 99,99% foizidan ko'proq odam bilmaydi ham yo'q bo'lib qolganimizni.
· 3 kun - eng yaqinlarimizdan boshqa hamma hech narsa bo'lmagandek hayotini davom etaveradi.
· 1 oy - eng yaqinlarimizga ham, "bo'lganlarni unutib davom etishni" tavsiya berishadi.
· 1 yil - ba'zida rasm, musiqa yoki hid bizni eslatib yubormasa, deyarli unutilamiz.
· 10 yil - dunyo yo'qligimizga qaramay rivojlanishda davom etadi. Yangi binolar quriladi, yangi odamlar tug'iladi. Yilda bir necha martta qabrimizni ziyorat qilib turishadi.
· 50 yil - umrimizni sarflab qurgan uylarimizda bizni tanimaydiganlar yashaydi, diplomlarimiz esa sandiqda chang bosib yotadi. Bizni ko'rganlar ham barmoq bilan sanagudek qoladi.
Bizni unutishlari aslida fojiya emas.
O'ziligimizni unutganimiz - ana shu haqiqiy fojiya.
Tiriklik katta imkon va bugun biz tirikmiz, ijarachi...

Nega unda odamlar fikri shunchalik muhim ?
Nega orzularimizni qo'rquvlarga alishyapmiz ?
Nega g'ururni deb sevgimizdan voz kechyapmiz ?
Nega kechani yo ertani o'ylab, bugunimizni qurbon qilyapmiz ?
Bizni unutishlari aslida fojiya emas.
O'ziligimizni unutganimiz - ana shu haqiqiy fojiya.
Tiriklik katta imkon va bugun biz tirikmiz, ijarachi...
3❤9
Sulaymon alayhissalom Uzugi
Rivoyatlarda aytilishicha,
Hazrat Sulaymonning:
«Bu dunyodagi hamma narsa o‘tkinchi» — degan so‘zlar o‘yib yozilgan uzugi bo‘lgan.
Sulaymon a.s. hayotlarining qayg‘uli onlarida uzukdagi ana shu hikmatli bitikni o‘qib, taskin toparkanlar.
Bir kuni boshlariga shunday baxtsizlik tushadiki, uzukdagi so‘zlar ham dardga malham bo‘lolmaydi.
Sulaymon a.s. g‘azab bilan uzukni yechib, otib yuboradilar va dumalab borayotgan uzukning ichki tomonida ham allaqanday bitik borligiga nogahon ko‘zlari tushadi.
Hazrat Sulaymon o‘rnidan turib, uzugini qo‘liga oladi-da, bitikni o‘qiydi.
Uzugning ichki tomonida:
«Bu ham o‘tib ketadi» — degan yozuvlar bor edi.
Sulaymon a.s. achchiq kulimsirab, uzukni taqib, umrlarining oxirigacha uni yechmaydilar.

3❤10🔥5🦄2
Ota o'giti:
Bolam, Duolarni vatan qilki, zero yaxshilar qalbidanda xayrliroq joy topmassan.

4👍4
Donishmand suhbatidan:
Olamda hidlarning ba'zilari borki, arilarni qochirib, pashshalarni chorlaydi.
Kibr va manmanlik shundaylaridan. Samimiyat va soflikni haydab, manfaat va g'arazni chaqiradi.
Yana, bu hidni taratayotgan o'zi farqlamas. Atrofida to'planganlarga qarab xulosa qilishi mumkindir faqat.

4🔥5
O'limga hukm qilinib, hotirjam turgan donishmanddan ajablanib so'rashdi:
- Siz hech ham xavotir olmaysizmi ?
Donishmand:
- Bu yordam beradimi ?!
- Siz hech ham xavotir olmaysizmi ?
Donishmand:
- Bu yordam beradimi ?!
5❤1
#xulosaSizdan
Och tulki bir bog‘ yonidan o‘tib borar ekan, shovullab osilib turgan uzumlarni ko‘rdi.
Ularni yemoqchi bo‘lib sakradi, urindi, lekin bo‘yi yetmadi.
Hafsalasi pir bo‘lib ketar ekan, o'ziga o'zi:
«Bu uzumlar xom, baribir yeb bo‘lmasdi».
© Ezop

2👍4❤3
Astronomiya darsida Ustoz:
"Yerni bir millimetrli zarra deb olsak, Quyosh tizimi butun shahardek kattalikda bo'ladi.
Atrofida 8 sayyora aylanadigan Quyoshimiz bo'lsa Somon yo'li gallaktikasidagi 400 milliard yulduzdan biri xolos.
Koinotning insonga ma'lum qismining bir uchidan chiroq yoqilsa narigi tomonida 100 milliard yildan keyingina ko'rinadi.
Borliqdagi yulduzlar soni esa yerdagi qum zarralaridan ham ko'proq."
Orqa partada mudrab o'tirgan men:
"Tushlikka osh yesammikan yoki somsa ?"

2🤣12👍4❤2
Maqsadga erishgich.
Hech o'ylab ko'rganmisiz,
1. Nega ish yoki o'qish joyingizda berilgan vazifalarni bajarish oson ?
2. O'zingizga o'zingiz qo'ygan vazifalarni esa bajarish qiyin ?
a) aniq vazifa, muddat va nazorat bor;
b) eng asosiysi - vazifa muhiti va xuddi Siz kabi, Sizni tushuna oladigan insonlar bor.
Qiyinni qanday oson qilishni bilvoldik-a ?
Bir narsa haqida o'ylab qoldim:
Shunday klub bo'lsa qo'shilarmidingiz ?
Hech o'ylab ko'rganmisiz,
1. Nega ish yoki o'qish joyingizda berilgan vazifalarni bajarish oson ?
2. O'zingizga o'zingiz qo'ygan vazifalarni esa bajarish qiyin ?
1-holatda: a) aniq vazifa, muddat va nazorat bor;
b) eng asosiysi - vazifa muhiti va xuddi Siz kabi, Sizni tushuna oladigan insonlar bor.
Qiyinni qanday oson qilishni bilvoldik-a ?
Bir narsa haqida o'ylab qoldim:
Bir yopiq klub qilsakchi ? Maqsad yo'lida muhit yaratib, o'zimiz kabi Insonlar bilan bir birimizni nazorat qilsak...
Shunday klub bo'lsa qo'shilarmidingiz ?
3🔥10👍5❤1
Dardi dunyo bo'lganning, dunyo qadar dardi bo'ladi.
So'fiylar naqli
So'fiylar naqli
3👍8❤4
Hamroh
Sizga ham:
Qizig'i, bu ishlarni qilishga hech kim majbur qilmaydi, qilinishi ham talab qilinmaydi.
O'sha "Orzu" degan manzilga olib boradigan "Yo'l" - bu ovozlar.
"Orzu" ga borish uchun "Yo'l" da "Hamroh" kerak.
"Hamroh" turli nomlar bilan nomlanadi: ota-ona, ustoz, yor, do'st, jamoa ...
"Yo'l" ingizda Siz bilan safarga chiqa oladigan yoki allaqachon chiqqanlar bilan birlashish nasib qilsin.
Sizga ham:
Uyquga ketishdan oldin pastgina ovozda qilinishini kutayotgan ishlar pichirlaydimi ?
Qizig'i, bu ishlarni qilishga hech kim majbur qilmaydi, qilinishi ham talab qilinmaydi.
O'sha "Orzu" degan manzilga olib boradigan "Yo'l" - bu ovozlar.
"Orzu" ga borish uchun "Yo'l" da "Hamroh" kerak.
"Hamroh" turli nomlar bilan nomlanadi: ota-ona, ustoz, yor, do'st, jamoa ...
"Yo'l" ingizda Siz bilan safarga chiqa oladigan yoki allaqachon chiqqanlar bilan birlashish nasib qilsin.
2👍9❤1
Umrning eng yaxshi sarfi — uni o'zingdanda uzoqroq yashaydigan ishlarga bag'ishlashdir.
Uilyam Jeyms
Uilyam Jeyms
14👍10❤4
Albatta, to bir qavm o'zlarini o'zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o'zgartirmas.
13:11
13:11
14❤8👍5
Necha insonlarni ko’rdim, ustida libosi yo’q.
Necha liboslarni ko’rdim, ichida insoni yo’q.
Jaloliddin Rumiy

16👍7❤2🔥2💯1
#mulohaza
Ba'zan: "odamlar men haqimda nima deb o'ylashi"ni o'ylab umrim o'tib ketmayaptimi, deb o'ylab qolaman.

52👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foydali
📍 Oʻzbekiston hududi: 2800 yil — 19 davr
Bugungi Oʻzbekiston yerlari tarix davomida qaysi davlatlar tarkibida boʻlgan?
Ahamoniylardan Temuriylargacha, uch xonlikdan mustaqillikkacha — hammasi bitta xaritada, 2 daqiqada.
P. S. Negadir ertalabdan shu savol qiynadi

51❤6👍1
Dabdala bo'lsa ham ish dabdala,
Hafsala yo'qolmasin hafsala.
© R21
Hafsala yo'qolmasin hafsala.
© R21
⚡8
#qorquvhaqida
Do’stlari Sezarga tansoqchi olishni maslahat berib, o’zlari xizmatga tayyorligini aytganda,
Sezar quyidagicha javob beradi:
«Doim o’limdan qo’rqib yurgandan, bir marta o’lgan yaxshi.»
Plutarx, “Yuliy Sezar hayoti”

99🔥6