Toshkent moliya instituti
12.6K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
#moliyachi_kundaligi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Maqsad qilish insonlarga xos bo‘lib, uni kelajakning loyihasi, deb ta’riflash mumkin.

Bolalar velosiped olishni, yoshlar oliygohga kirishni, o‘rta yoshlilar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lib, keksaygan paytlarida moliyaviy erkin inson sifatida hayot kechirishni maqsad qilishlari barchamizga ayon. Bu maqsadlarga erishish odamlarni har tomonlama pulni tejashni boshlashga majbur qiladi. Bir qarashda pulni tejash unchalik ham qiyin emasdek tuyulsa-da, aksariyat odamlar pulni tejash jarayonida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadilar, natijada bu ularga yordam berish o‘rniga aksincha moliyaviy ahvoliga zarar yetkazadi.

# 1: Katta o‘zgarishlarga ehtiyoj yo‘qligiga ishonish

# 2: Tejalayotgan pulning qo‘l yetadigan joyda turishi

# 3: Pulni tejashda aniq maqsadning yo‘qligi

# 4: Arzon va sifatli bo‘lmagan buyumlarni sotib olish

# 5: Xarajatlarni to‘xtatish

Batafsil maqolani o'qish 👈

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

Xalqaro investitsion pozitsiya – mamlakatning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan moliyaviy holatini belgilovchi muhim ko'rsatkich bo'lib, xorijiy aktivlari (chet eldagi pul mablag'lari, mol-mulklar, berilgan qarzlar, bankdagi omonatlar va boshqalar) va boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarini (xorijliklarning mamlakatdagi pul mablag'lari, ularning mol-mulklari, olingan qarzlar, bankdagi omonatlar va boshqalar) o'z ichiga oladi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

Pul bilan to‘g‘ri muomala o‘rnatishning 10 ta belgilari

1 Siz har daromadingizdan bir qismini ajratib qo‘yasiz
Agar siz har daromadingizdan omonatingizni to‘ldirib borayotgan bo‘lsangiz, buning ikkita yaxshi tomoni bor. Birinchisi, siz xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirmoqdasiz va daromadingizni bir qismini jamg‘ara olayapsiz.

2 Sizda bir nechta "hamyon"lar bor
Siz moliyaviy muhim masalalarda xotira va vaziyatga tayanmaysiz. Shu sababli, pullaringizni kundalik ehtiyojlar uchun bank kartasida, fors-major holatlarida – elektron hamyonda, kvartira, avtomobil yoki dam olish kabi yirik xarajatlar uchun esa omonat hisobvarag‘ingizda saqlaysiz.

3 Siz qanday tejash kerakligini bilasiz
Kundalik xaridlardan pul tejashning bir nechta yo‘llarini bilasiz. Masalan, siz narxni tushirish uchun ko‘p miqdorda mahsulot sotib olasiz, supermarketga esa “och qorin”ga bormaysiz va sizning o‘ylovsiz xaridlarni amalga oshirishingiz uchun do‘kon egalari qo‘llaydigan barcha xiylalaridan xabardorsiz.

4 Siz isrofgarchilikdan o‘zingizni saqlaysiz
Pulni behudaga sarflashning bir necha yo‘llari bor: supermarketlarda paketlar, o‘zingiz bilan qahva sotib olish va boshqalar. Lekin siz qaysi xarajatlarni qisqartirish mumkinligini bilasiz.

5 Xarid qilish ro‘yxatini tuzasiz
Keraksiz xarajatlardan qochishning eng oson yo‘li oldindan kerakli narsalarni ko‘rib chiqish va uni qog‘ozga yoki telefoningizga yozib qo‘yishdir.

6 Kommunal xizmatlar, soliqlar va jarimalarni o‘z vaqtida to‘laysiz
Jarimalar – intizomsizlik uchun moliyaviy jazodir. Lekin bunday jarimalardan barcha hisoblarni o‘z vaqtida to‘lash orqali osongina saqlanish mumkin. Siz bu haqida bilasiz va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirasiz.

7 Sizda moliyaviy maqsadlar va ularga erishish rejasi mavjud
Siz avtomobil yoki kvartira uchun pul yig‘asiz. Shu bilan birga, inflyasiyani hisobga olgan holda, sizga qancha pul kerakligini aniq bilasiz, maqsadga erishish uchun aniq muddatni belgilagansiz va jamg‘arma jadvaliga muvofiq har oyda miqdorni tejab borasiz. Bunday yondashuv moliyaviy maqsadingizga erishishingiz uchun muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi.

8 Siz har bir xariddan so‘ng sarf-xarajatlar hisobini yuritasiz
Pullarni aql bilan boshqarish qoidalaridan biri moliyaviy masalalarda beparvolikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ahamiyatsiz bo‘lsada, har bir xarajatni yozib borasiz. Bu qaysi xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik mukinligini tahlil qilishga va qolgan kunlar uchun xarajatlarni tartibga solishga yordamlashadi.

9 Siz oylik va yillik byudjetni rejalashtirasiz
Yillik moliyaviy reja yirik xarajatlarni soddalashtiradi. Siz muqarrar xarajatlarni va qanday miqdordagi pul o‘z ehtiyojlaringizni qondirish uchun ortishini bilasiz, yirik xarajatlarni taxmin qilasiz va ular uchun pul yig‘ishni boshlaysiz.

10 To‘lovlarni va xarajatlarni kuzatishni osonlashtiradigan mobil ilovalardan foydalanasiz
Bugungi kunda zamonaviy o‘zgarishlar murakkab moliyaviy munosabatlarni osonlashtiradi. Kommunal xizmatlar, davlat xizmatlari va kundalik ehtiyojlar uchun to‘lovlarni amalga oshiruvchi turli ilovalar mavjud bo‘lib, ularning ba'zilari cashback (summaning ma'lum bir foizini elektron hamyonga qaytarish – odatda 1-2%) ni taklif qiladi. Ilovalarda shaxsiy/oilaviy byudjetlarni hisobga olish uchun juda qulay bo‘lgan daromad va xarajatlar monitoringi ta'minlangan.

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

Siz qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qaror qildingizmi? Buning uchun nimadan boshlash kerak 🤔 ?

🔴 Birjada savdo qilishni boshlash uchun brokerlik hisobvaragʻini ochish kerak. Brokerlik hisobvaragʻi qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish uchun hamda barcha amalga oshirilgan operatsiyalarni kuzatib borish uchun kerak. Ushbu hisobvaraq bilan birja aʼzosi, sizning rasmiy vakilingiz – broker ishlaydi.

Broker kim va u oʻz faoliyatini qanday amalga oshiradi?

Agarda siz birjada savdo qilish va qimmatli qogʻozlarga investitsiya kiritishga qaror qilgan boʻlsangiz, unda siz brokerni tanlashingiz kerak boʻladi.

Broker mijoz hamda fond birja oʻrtasida vositachi sifatida faoliyat yuritadi hamda xaridor nomidan bitimlarni amalga oshiradi.

Broker har bir mijoz pul mablagʻlari hisobotini yuritadi, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq uning topshirigʻi bilangina qimmatli qogʻozlar bilan bitim va operatsiyalarni amalga oshiradi, amalga oshirilgan bitim va operatsiyalar haqida hisobot beradi.

Broker – qimmatli qogʻozlar bozoridagi “qoʻllar” boʻlib, u investor topshiriqlarini bajaradi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

Bazaviy inflyatsiya nima?

Bazaviy inflyatsiya – bu inflyatsiyaning bir qismi bo‘lgan va o‘zida ma'muriy hamda mavsumiy omillarning narxlardagi ta'sirini hisobga olmagan holda tovar va xizmatlar narxlarining erkin o‘zgarishini (dinamikasini) aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatdagi inflyatsiya darajasini ma'lum bir davr uchun yaqqolroq ifoda etadi.

Chunki bazaviy inflyatsiya iste'mol savatidagi:
🔴 mavsumiy;
🔴 qisqa muddatlarda narx-navosi tez-tez o‘zgarib turuvchi;
🔴 narx-navosi davlat tomonidan tartibga solinadigan ayrim tovar va xizmatlarning narxlarini inobatga olmaydi.

Shuningdek, ko‘p hollarda, bazaviy inflyatsiya deganda davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar va iqtisodiyotdagi ma'muriy choralarning ta'siridan holi, to‘g‘rilangan iste'mol narxlari indeksi (INI) tushuniladi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

🌐 Xalqaro investitsion pozitsiya bu nimani bildiradi ?

Xalqaro investitsion pozitsiya
– mamlakatning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan moliyaviy holatini belgilovchi muhim koʻrsatkich boʻlib, xorijiy aktivlari (chet eldagi pul mablagʻlari, mol-mulklar, berilgan qarzlar, bankdagi omonatlarva boshqalar) va boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarini (xorijliklarning mamlakatdagi pul mablagʻlari, ularning mol-mulklari, olingan qarzlar, bankdagi omonatlar va boshqalar) oʻz ichiga oladi.

🏦 Mamlakat xalqaro investitsion pozitsiyasi turli sektorlarining (davlat, xususiy va boshqa sektorlarning) aktiv va majburiyatlarga boʻlinib, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, portfel investitsiyalari, boshqa investitsiyalar boʻyicha qoldiqlarni oʻzida aks ettiradi. Oʻz navbatida, rezerv aktivlari boʻyicha qoldiqlari (majburiyatlar qismida muqobiliga ega boʻlmagani uchun) faqatgina aktivlar qismida koʻrsatiladi.

Batafsil: 👉@moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

USSD – internet tarmog‘iga ulanmagan holda masofadan turib bank kartasi bo‘yicha to‘lov va pul o‘tkazmalari operatsiyalarini bajarish imkonini beruvchi raqamli banking xizmat turlaridan biri.

Hozirda USSD so‘rovlar yordamida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud:

🏦 Bank hisob raqami balansini aniqlash;

☎️ Mobil operatorlar, kommunal xizmatlar, internet provayderlar, veb-saytlar, va boshqa qator xizmatlar, jumladan, davlat xizmatlari, jarimalar, kreditni so‘ndirish bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish;

⬆️ Boshqa foydalanuvchilariga pul mablag‘larini yuborish;

♻️ Bir hisob raqamidan boshqasiga pul mablag‘larini o‘tkazish;

🚘 “Avtoto‘lov” xizmatini yoqish va mobil hisob raqamingizni muntazam “aktiv” holatda tutish;

⚠️ To‘lovlar tarixini monitoring qilish;

📥 Bank hisob raqami bo‘yicha SMS-xabarnoma.

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

Tashqi qarz

Mamlakatning umumiy tashqi qarzi
mahalliy iqtisodiyotning xorijliklar (xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar va boshqalar) oldidagi amaldagi, (ya'ni hali to'lovlari amalga oshirilmagan) kelajakda ma'lum bir muddatda qaytarilishi talab qilinadigan majburiyatlarini o'zida aks ettiradi.

Tashqi qarz, davlat tashqi qarzi hamda xususiy sektor tashqi qarziga bo'linadi. Davlat tashqi qarzi, hukumat tomonidan jalb qilingan yoki uning kafolati ostida olingan tashqi qarzlarni o'z ichiga olsa, xususiy sektor tashqi qarzi, o'z navbatida, davlat majburiyat olmagan qarzlardan iborat.

Qarz beruvchi tomonidan taqdim qilingan moliyaviy mablag' qarzning asosiy miqdori deb atalib, unga ma'lum foizda ustama hisoblab boriladi.

Qarzning asosiy miqdoridan foydalanish evaziga qarz shartnomasiga amal qilish davrida qarz oluvchi tomonidan qarz beruvchiga hisoblangan ustama ko'rinishida foiz to'lovlari hamda qarzni qaytarish jadvaliga muvofiq asosiy miqdor to'lovlarini amalga oshiradi. Bunda tahliliy maqsadlarda tashqi qarzlar muddatlari bo'yicha qisqa (so'ndirilish muddati 1 yilgacha bo'lgan) hamda uzoq muddatli qarzlarga (so'ndirilish muddati 1 yildan uzoq bo'lgan) tasniflanishi mumkin.

©️finlit.uz

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

Bankomat orqali bank kartasini qaytarmaslik holatlari

📍pin kod ketma-ket uch marta noto‘g‘ri kiritilgan;

📍bank kartasi muddati tugagan (muddati o‘tgan) yoki bloklangan;

📍bank kartasi mexanik zarar ko‘rgan (chip zararlangan);

📍operatsiya tugaganidan keyin bank kartasini bankomatning karta rideridan 10-20 soniya ichida qaytarib olinmaslik;

📍bankomatning nosoz holatda bo‘lishi.

Bunday holatlarda amalga oshirish zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi:

Amaliyotni bekor qilishga harakat qiling:

"Bekor qilish" tugmasini bosing, bir necha daqiqa kutib turing - bu vaqt davomida "texnik nosozlik" avtomatik ravishda bartaraf etilishi mumkin.
Bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi bankka qo‘ng‘iroq qiling:

Bankomatning o‘zida bank nomi va bank kartangizni qaytarib olishingiz uchun nimalar qilishingiz zarurligini tushintirish uchun aloqa raqami haqida ma’lumotlar mavjud. Bankomat bank binosida joylashgan bo‘lsa, xodimlarga murojaat qiling.

©️finlit.uz

Telegram: @moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

Fond birjasi qanday faoliyat yuritadi?

Fond birjasi
– qimmatli qogʻozlar savdosiga moʻljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qogʻozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.

Fond birjasi faoliyatini kim tartibga soladi?

Tartibga soluvchi – mustaqil tashkilot boʻlib, u bozorda, yaʼni fond birjasida hammasi qonuniy asosda amalga oshishini nazorat qiladi. Oʻzbekistonda ushbu vazifalarni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bajaradi, u, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari (investitsiya maslahatchilari, brokerlar, dilerlar, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi) faoliyatini litsenziyalash bilan shugʻullanadi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

Ruhiy tanaffus orqali ijodkorlikni oshiring

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, boʻsh turgan miyada yangi gʻoya paydo boʻlishi ehtimoli koʻproq. Shunga qaramay, biz koʻproq eʼtiborga muhtojmiz deb oʻylaymiz. Elektron pochta va dedlaynlardan ruhiy tanaffus olishga harakat qiling va ongingizni chalgʻiting.

Bu tanaffuslar ijodkorlikni saqlash va yangi gʻoyalarga ochiq boʻlish uchun muhimdir. Siz ogʻib ish kuni davomida qisqa tanaffus qilishingiz yoki bir hafta, oy yoki yil davomida koʻproq ijodiy taʼtilni tanlashingiz mumkin.

Muddati qanday boʻlishidan qatʼi nazar, siz ongingizga uzoq muddatli va katta rejalar tuzish uchun boʻsh joy ajratganingizga ishonch hosil qiling.

©️BiznesRivoj

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#moliyachi_kundaligi

Qaysi hollarda banknotlar to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi?

Banknot umumiy hajmining 55 foizidan kam qismi saqlanib qolgan bo‘lsa;

tegishli himoya belgilariga ega bo‘lmagan banknotlar ya'ni "qalbaki" pullar;

banknotdagi uning nominal qiymatini aks ettiruvchi yozuv va raqamlarni o‘zgartirish orqali hosil qilingan "soxta" pullar ham "to‘lovga yaroqsiz" pullar hisoblanadi.

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official