Toshkent moliya instituti
12.6K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
#SeminarTrening

Toshkent moliya institutida moliyaviy, akademik hamda tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida oliy taʼlim muassasasiga berilgan imkoniyatlar mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, davlat oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalarini mustaqil hal etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga mablagʻlarni jalb etish imkoniyatini kengaytirish hamda oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda oliy taʼlim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish, ular faoliyatida davlat maʼmuriy boshqaruvini keskin kamaytirish hamda shu orqali oʻzgaruvchan mehnat bozori talablariga javob bera oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi davlat oliy taʼlim muassasalarini shakllantirish maqsadida “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.

Joriy yilning 13-yanvar kuni Toshkent moliya institutida mazkur qarorlar ijrosini taʼminlash, institut xodimlariga, professor-oʻqituvchilariga oliygohga berilgan moliyaviy, akademik hamda tashkiliy boshqaruv sohasidagi mustaqilliklarning mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda institut xodimlari hamda professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, institutda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 19-noyabrdagi “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari uchun kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish boʻyicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kursini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 483-son buyrugʻi ijrosi yuzasidan barcha rahbar va pedagog kadrlar uchun kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish kabi mavzularda seminar trening tashkil etilmoqda.

Ushbu seminar-treninglar joriy yilning 22-yanvariga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#SeminarTrening

"Byudjet hisobi va hisobotini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Joriy yilning 14-yanvar kuni “Byudjet hisobi va gʻaznachilik ishi” kafedrasi tomonidan “Byudjet hisobi va hisobotini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar treningda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi, “Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbonov Shodlik Marsovich ishtirok etdi.

Amaliy seminarda kafedra professor-oʻqituvchilari bilan byudjet hisobi va hisobotini rivojlantirish bo'yicha o'zaro fikr-almashildi. Trening savol-javob va munozaraga boy tarzda o'tdi.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#SeminarTrening

“Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening

Joriy yilning 14-yanvar kuni Toshkent moliya institutida oliygoh professor-oʻqituvchilari uchun “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Jahon iqtisodiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi , falsafa fanlari doktori (PhD) Aziz Zikriyoyev hamda institutimiz professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Mazkur seminar treningda qanday qilib тatijalarni maqolaga aylantirish va uni Web of Science, Scopus platformalarida eʼlon qilish, universitet 3.0 (ishlanmalarni tijoratlashtirish) , grantlarni shakllantirish, ilmiy yangilik, gʻoyalar va ishlanmalarga mualliflik guvohnomasi olish, patentlar hamda bugungi kundagi dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar berildi.

Sayt | Telegram | Instagram
#SeminarTrening

Joriy yilning 15-yanvar kuni Toshkent moliya institutida oliygohning 2022-yildagi ilmiy-tadqiqot, innovatsion hamda xalqaro aloqalari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlari hamda uni amalga oshirishning ”Yo‘l xaritasi“ga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.X.Islamqulov olib bordi.

Trening davomida “Institutning ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash” bo‘limi boshlig‘i A.X.Pardayev ”Institutda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimi samarasini yana-da oshirish yo‘nalishlari" mavzusida va “Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘linmasi“ boshlig‘i N.N Mavlanov “2021-yilda amalga oshirilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish natijalari va 2022-yildagi vazifalar” mavzusida taqdimot qildilar.

Amaliy seminar davomida oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim tizimini tartibga soluvchi asosiy huquqiy-meʼyoriy hujjatlar, 2022-yilda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish faoliyatni samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar, kafedralarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyatning maqsadli koʻrsatkichlari rejasi hamda Institut va kafedralar reytingini aniqlashdagi muhim ko‘rsatkichlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#SeminarTrening

Soliqlar va sugʻurta fakulteti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi tashabbusi bilan ZOOM dasturi orqali “2022-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan asosiy oʻzgartirish va qoʻshimchalar (29.12.2021y OʻRQ-741-sonli Qonun asosida)” mavzusida onlayn seminar trening tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar Yunusobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi “Kameral soliq tekshiruvlari”boʻlimi katta inspektori Sharipov Shuxrat Oʻkmam oʻgʻli va “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi oʻqituvchisi Iqtisod fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsent Berdiyeva Oʻgʻiloy Abduraxmanovnalar maʼruzalari bilan qatnashishdi. Tadbirda Davlat soliq Qoʻmitasi hududiy boʻlimlari masʼul xodimlari, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va Soliqlar va sugʻurta fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#SeminarTrening

2022-yil 22-yanvar kuni soat 14:00 da Toshkent moliya institutining "Buxgalteriya hisobi va audit" fakulteti “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi “Zamonaviy moliyaviy hisobotni tuzishda BHMS va MHHS larning farqli jihatlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tadi.

Zoom: https://us02web.zoom.us/j/87508048076?pwd=V0lmWFRRL0R6Tm56QTdRUHNoMWI3QT09

Идентификатор: 875 0804 8076
Код: 1

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#SeminarTrening

Bugun, 27-aprel kuni Toshkent moliya instituti “Statistika va ekonometrika” kafedrasi tashabbusi bilan “Yoshlarda biznes g‘oyani shakllantirish va biznes boshlash yo‘llari” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.

Seminar teringnida biznesda bir necha yillik tajribaga ega, xorijiy davlatlarga o‘z mahsulotlarini eksport qiluvchi “Uluqi plastiss” rahbari Ulug‘bek Xolmatov ishtirok etdi.

Maʼruzachi talabalar bilan tadbirkorlik qilish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va fikrlar almashdi.

Davra suhbati jonli muloqot asosida olib borilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga hayotiy misollar bilan javob olishdi.

Telegram
#SeminarTrening

Toshkent moliya instituti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi dotsenti U.A.Yuldasheva hamda institut tomonidan tayinlangan trenerlar S.I.Qaxxorov va T.T.Oʻrinboyevlar tomonidan 2022-yil 28-aprel kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 260-sonli maktab pedagoglari hamda oʻquvchilari uchun “Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Ushbu oʻtkazilgan tadbirda moliyaviy takliflar va ularni tahlil qilish, oilada daromad va xarajatlarni rejalashtirish, bankomatlar va ulardan foydalanish boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi.

Shuningdek, moliyaviy firibgarlik kabi salbiy holatlar va ularning oldini olish boʻyicha tegishli tavsiyalar berib oʻtildi.

Tadbirda oʻquvchilar yuqorida keltirilgan muammolarga duch kelganda kimga va qanday tarzda murojaat qilish kerakligi haqidagi mutaxassislarga oʻz savollarini berishdi. Tadbirda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va bank moliya muassasalariga murojaat qilish tartib-qoidalari haqida maʼlumotlar berildi.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#SeminarTrening

“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi tashabussi bilan "Moliya" fakulteti talabalari uchun “i2bf Global Ventures” investitsiya kompaniyasi direktori Denis Kalishkin tomonidan seminar-trening tashkil etildi

18-oktyabr kuni "Xalqaro moliya-kredit" kafedrasi tomonidan "Moliya" fakulteti talabalari uchun seminar tashkil etildi. Tadbirda i2bf Global Ventures investitsiya kompaniyasi direktori Denis Kalishkin hamda "Xalqaro moliya-kredit" kafedrasi o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar doirasida Denis Kalishkin talabalarni AQSh, Yevropa, Lotin Amerikasi, Rossiya va Qozog'iston bozorlaridagi IT-kompaniyalar bilan ishlash bilan tanishtirdi, undan tashqari kasbga oid suhbatlar o'tkazdi va Global Ventures faoliyati haqida so’z yuritdi.

Batafsil: https://tfi.uz/uz-Latn/news/xalqaro_moliya_kredit

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#SeminarTrening

"HEMIS"ning yangi imkoniyatlari va undan foydalanish boʻyicha muhim maʼlumotlar boʻyicha amaliy seminar-trening tashkil etildi

Batafsil:
https://tfi.uz/uz-Latn/news/hemis_seminar_4_01_2023

👨‍💻TMI axborot xizmati

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SeminarTrening

Sifatli ta’lim – zamon talabi

Batafsil:
https://tfi.uz/uz-Latn/news/sifatli_talim_zamon_talabi

👨‍💻TMI axborot xizmati

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SeminarTrening

“Biznes qiymatini baholash muammolari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi

Batafsil:
https://tfi.uz/uz-Latn/news/biznine_qiymatini_baholash_muammolari

👨‍💻TMI axborot xizmati

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SeminarTrening

“Moliya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Biznes moliyasi” fanidan “Biznes reja tuzishning mohiyati” mavzusida semenar-trening tashkil etildi

Seminar-treningga spiker sifatida “Ipoteka bank” ATB Kredit kotibiyati boʻlim boshligʻi I.A.Isamadiyorov taklif etildi. Mutaxassis biznes rejani tarkibiy qismlarini, biznes reja tuzish amaliyotini, gʻoyalarni shakllantirishni asosiy jihatlarini yoritib berdi. Spiker mavzu boʻyicha asosiy maʼlumotni yoritib boʻlgach, talabalarni amaliyotdan qiziqtirgan savollariga javob berdi.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#SeminarTrening

Ertaga, 25-mart kuni “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasi tashabbusi bilan IT sohasida uzoq yillik tajribaga ega, "Software engineer", "GITA" dasturchilar akademiyasi asoschisi Qudrat Abdurahimov ishtirokida "Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?" seminar-trening tashkil etilmoqda.

📍Seminar-trening Toshkent moliya instituti 1-ma'ruzalar zalida bo'lib o'tadi.

👩‍💻👨🏻‍💻IT sohasiga qiziqadigan barcha talaba-yoshlarni taklif etamiz.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#SeminarTrening

Joriy yilning 3-may kuni "Xalqaro moliya-kredit" kafedrasi tomonidan "Bank ishi" fakulteti talabalari uchun seminar tashkil etildi. Tadbirda “ASIA ALLIANCE BANK” АТB Valyuta operatsiyalari va tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi boshlig'i J.Ibragimov ishtirok etdi.

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#SeminarTrening

Sug‘urta kompaniyasiga sayohat va seminar-trening

2023-yil 4-may kuni “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining tashabbusi bilan “Temir-yo‘l sug‘urta” kompaniyasida Soliqlar va sug‘urta fakulteti, 3-kurs SS-30 guruhi talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#SeminarTrening

Institut professori «O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi rahbar-xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda maʼruza qildi

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official