Toshkent moliya instituti
12.5K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

Hukumat qarori (655-son, 22.10.2021-y.) bilan Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

🔰Qarorga koʻra, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari quyidagilar:

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi;
Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti.

🔘 Mazkur ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

➡️ Bakalavriat ta’lim yoʻnalishida oʻqitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

Batafsil 👉https://edu.uz/uz/news/view/3112

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori (674-son, 04.11.2021-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

🔰Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.

Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi.

Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda oʻqiyotgan talabalarga toʻlanadi.

➡️ Stipendiyalar uchun nomzodlarni koʻrsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning oʻquv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.

👨🏻‍💻OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uztizimiga har yili 1-15-avgust kunlari kiritiladi.

🗓 Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30-sentabr kunlari koʻrib chiqiladi.

💰Stipendiyalar 1-sentabrdan tayinlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube