Toshkent moliya instituti
12.6K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
#Forum_2021

📣 Volontyor yoshlar kerak!

🔰 “O‘zbekiston yoshlar Forumi-2021” haftaligi doirasidagi loyihalarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tajribali volontyor yoshlarni oʻz safiga qoʻshilishni taklif etadi!

✔️ Hududlarda o‘tkaziladigan loyihalarda volontyor boʻlmoqchi boʻlsangiz @VolontyorForumBot👈 orqali roʻyxatdan oʻting.

✔️ Respublika miqiyosidagi loyihalarda volontyorlik qilmoqchi boʻlsangiz @ForumVolontyoriBot👈 orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, Respublika loyihalari uchun roʻyxatdan oʻtishda aynan qaysi hududda va qaysi loyihada volontyorlik qilmoqchisiz? kabi savollarga eʼtiborli boʻlib javob berishingiz lozim.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Forum #Ilm_va_innovatsiyalar

Toshkent moliya institutida “Ilm va innovatsiyalar forumi – 2021” tadbiri boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 22-dekabr kuni Toshkent moliya institutida “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2021-yil sarhisobi asosida “Ilm va innovatsiyalar forumi – 2021” tadbiri tashkil etildi.

Batafsil

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum #Ilm_va_innovatsiyalar

Toshkent moliya institutida “Ilm va innovatsiyalar forumi – 2021” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Batafsil

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Freelancer #Forum

Moliyaviy barqarorlikka erishishni xohlaysizmi? 🤩

Biznesga sarmoya kiritishingiz, kontrakt to'lashingiz, xalqaro bozorda ishlashingiz va shu kabi rejalaringizni amalga oshirish uchun moliyaviy tomonlama qiynalyapsizmi? 🤔

Unda, joriy yilning 20-sentyabrida,
Toshket moliya institutida soat 9:30 da bo‘lib o‘tadigan forumga shoshiling 🥳

FREELANSERlik – bu siz uchun eng yaxshi imkoniyat!

Muvoffaqiyat tomon – 1 qadam
Forumda Mamlakatimizning yetakchi Frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro'yxatdan o’tish va birinchi buyurtmani olish bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar ko'rsatib o'tiladi.

Shoshiling, joylar cheklangan!

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
+998 55 501 03 02

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#Freelancer #Forum

Frilanserlik – bu kelajak kasbi

Bugun, 20-sentyabr kuni Toshkent moliya institutida “Frilanserlik – bu kelajak kasbi” mavzusida oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi.

Tadbirni institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.Islamkulov ochib berdi. Shuningdek, tadbirda dunyo miqyosida Upwork va TopTal kabi frilans platformalarida faoliyat yurituvchi frilanserlar: “EPAM Systems” kompaniyasining mahsulot boʻyicha menejeri Nuriddin Iminoxunov, “TechSells” kompaniyasi asoschisi Zafarbek Ibrohimovlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://tfi.uz/uz-Latn/news/frilanserlik_kelajak_kasbi

Fotogalereya

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#Bаku #Forum

2022-yil 28-29-sentyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida boʻlib oʻtgan "THE University of Impact Forum: Quality Education" forumida Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Forumda professor-oʻqituvchilarimiz tomonidan sifatli taʼlim boʻyicha dars mashgʻulotlarni tashkil etishga oid taqdimoti qizgʻin kutib olindi, ishtirokchilar bilan oʻzaro fikr almashishdi.

Telegram: @moliyauz_official
#Forum
#LIVE

Ayni paytda Oʻzbekiston-Tojikiston rektorlar 1-forumi oʻz ishini boshladi

Vazirlar dastlab Tojikiston oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion sohadagi yutuqlari aks ettirilgan ko‘rgazma bilan tanishishdi. Unda universitet yosh olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanma va ixtirolar o‘rin olgan.

Forumning ochilish marosida ikki davlat vazirlik va idoralar masʼullari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Batafsil👉https://edu.uz/uz/news/view/5196



Начал свою работу I узбекско-таджикский форум ректоров

Министры ознакомились с выставкой, где продемонстрированы достижения высших образовательных учреждений Таджикистана в научно-инновационной сфере и собраны научные разработки и изобретения, созданные молодыми учеными университетов.

В церемонии открытия форума приняли участие представители министерств и ведомств двух стран, а также руководители высших образовательных учреждений.

Подробно👉https://edu.uz/ru/news/view/5196

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#forum

Institutimiz vakillari “Bahorgi tijoratlashtirish” forumida faol ishtirok etishmoqda

Batafsil:
https://tfi.uz/uz-Latn/news/bahorgi_forum_2023

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#Forum

Ayni vaqtda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi o‘tkazilmoqda.

Unda institutimiz vakillari, xususan, rektor T.Teshabayev ham ishtirok etmoqda.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#forum

Institutning xalqaro doiradagi ilmiy tadqiqot va hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Toshkent moliya institutining xalqaro hamkorlik doirasidagi ilmiy tadqiqot va hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib bormoqda. Xorijiy aloqalar davomida institut qator xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan yuqori saviyadagi hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

Mazkur hamkorlik aloqalariga koʻra, joriy yilning 25-28-aprel kunlari Ural davlat iqtisodiyot universitetida XIII Yevrosiyo yoshlar iqtisodiy forumi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur forumda institutimiz vakillari ham ishtirok etishmoqda.

Forum doirasida Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev Ural davlat iqtisodiyot universiteti faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi hamda Institutimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor A.Islamkulov, “Digital finance” Inkubatsiya va akseleratsiya markazi direktori N.Kasimovalarga Xorijiy tashrif buyuruvchi professor unvonlari berildi.

@moliyauz_official
#live #forum

🇺🇿Ayni damda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston va Polsha oliy taʼlim muassasalari rektorlarining konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur xalqaro konferensiyada institutimiz vakillari ham ishtirok etishmoqda.

*****

🇵🇱Right now, The Conference of rectors of higher education institutions of Uzbekistan and Poland is being held at the Tashkent State University of Economics.

Representatives of our institute are also participating in this international conference.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#Forum

Institut vakillari “Fintex, banklar va riteyl” III Xalqaro PLAS-forumida ishtirok etishdi

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#forum

2023 yil 6-7 oktyabr kunlari Toshkent moliya instituti vakillari Akkreditatsiya va reyting bo‘yicha agentlik (IAAR) tomonidan Astana shahrida tashkil qilingan "Barqaror kelajak ta’limi - sifat va raqobatbardoshlik: amalda va istiqbollari" VII- Markaziy Osiyo xalqaro forumida faol ishtirok etishmoqda.

Forum doirasida sifatli ta’limni tashkil etishda milliy va xorijiy tajriba bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Xalqaro forum ishi davom etmoqda.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#yoshlar #greenmetrics #forum

Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalari “Green metrics” ranking agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari tashkil etilayotgan xalqaro forumda ishtirok etish uchun Buxoro shahriga yetib kelishdi.

Mazkur forumda 7 ta mamlakatning iqtidorli talabalari ishtirok etishadi.

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM