O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
14.1K subscribers
3.19K photos
686 videos
116 files
3.04K links
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti (rasmiy xabar)
National university of Uzbekistan

Manzil: Olmazor tumani, Farobiy ko’chasi, M Beruniy, 4

Rasmiy sayt: nuu.uz

Reklama uchun: @kapitaI_bank
Guruhmiz: @nuu_student_s
Sport: @nuu_sport
Download Telegram
Biologiya va ekologiya fakulteti talabalari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakultetida bitiruvchi kurs hamda kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida targ‘ibot-profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

🔺Unda universitet birinchi prorektori Tunis Xojiyev hamda Olmazor tumani katta profilaktika inspektori podpolkovnik Alisher Abdulhaqov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, «Jaholatga qarshi ma’rifat» tamoyili asosida yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatda sodir bo‘layotgan turli salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirda fakultet mas’ullari ham ishtirok etib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😁2🐳1
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🔺Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligi binosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Tunis Xojiyev ishtirok etib, talabalar bilan samimiy suhbatlashdi.

🔺Muloqot “Xavfsiz va sog‘lom yurt oyligi” shiori ostida tashkil etilib, unda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, turli zararli illatlarning oldini olish hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, uchrashuv davomida kiberxavfsizlik, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, kiberfiribgarlik va turli tahdidlardan ogoh bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli tavsiya va takliflarni oldilar.

☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida 22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan “Psixologiya — qalbga yo‘l” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Psixologiya yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.

☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥1🎉1
Maktubda ilgari surilgan ezgu g‘oyalar talaba-yoshlar davrasida

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan maktubining mazmun-mohiyatini talaba-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida davra suhbatlari tashkil etildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Tunis Xojiyev ishtirok etdi.

🔺Tadbir davomida Falsafa kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori Xurshid Toshov maktubning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar va yoshlar uchun ahamiyati yuzasidan talabalarga batafsil ma’ruza qildi. Shuningdek, Vatanga sadoqat, ilm olishga intilish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash masalalari muhokama qilindi.

🔺Suhbatlarda talaba-yoshlarni yuksak maqsadlar sari intilish, o‘z ustida muntazam ishlash, vaqtni mazmunli tashkil etish va kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishga undashga alohida e’tibor qaratildi.

☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5